Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   178
Bog'liq
T

Xizmat 
sifati 
konsepsiyasi 
(Quality 
of 
Service, 
QoS). 
Telekommunikatsiya xizmatlarining sifati bo‘yicha asosiy tushunchalarni 
ko‘rib chiqamiz. ITU-T I.112 tavsiyalarida, telekommunikatsiya 
xizmatlarining barcha majmuasi ikki turga bo‘lingan: 
- ma’lumotlarni eltish (bo‘lib yetkazish) (Bearer Service, BS); 
- aloqani taqdim etish (Teleservice, TS). 
Service tushunchasi quyidagilarni qamrab oladi: 
- har xil aloqa turlari (telefon, ma’lumotlarni uzatish, faksimil, 
xujjatlarni izlash va boshqalar); 
- asosiy va qo‘shimcha xizmatlar; 
- har xil kommutatsiyalash usullarini qo‘llagan holda ma’lumotlarni 
uzatish (kanalli kommutatsiya, paketli kommutatsiya va gibrid); 
- turli uzatish muhitlarini taqdim etish (simli, optik tolali, radio va 
boshqalar); 
- standart tezliklari bilan farqlanuvchi (64 Kbit/s, 384 Kbit/s, 2.048 
Mbit/s dan kichik, teng yoki katta) turli kanal va traktlarni taqdim etish
- ijaraga olingan, maxsus kelishilgan vaqt davomida, seans vaqtida 
resurslarni taqdim etish. 
Ma’lumotlarni yetkazish xizmati (Bearer Service), “foydalanuvchi-
tarmoq” interfeyslari orasida foydalanuvchilarga ma’lumotlarni hech 
qanday tahlilsiz va uning tarkibini qayta ishlamasdan shaffof holda 
uzatishni ta’minlaydi. 
Aloqani taqdim etish xizmati (Teleservice), bu shunday xizmat turiki, 
terminal qurilmalar va tarmoq protokollarining xususiyatlarini hisobga 
olgan holda foydalanuvchilarni aloqaning barcha imkoniyatlari bilan 
ta’minlaydi.


245 
Mana shu ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, ma’lumotlarni taqdim etish 
xizmatlari, aloqani taqdim etish xizmatini tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ma’lumotlarni eltish xizmatlari OTO‘B modelining uchta quyi sathi 
funksiyasini, aloqani taqdim etish xizmatlari esa shu modelning yuqori 
sathining bir qismini yoki barcha yettita sathining vazifasini amalga 
oshiradi. 
Kompyuter tarmoqlari va ma’lumotlar uzatish tarmoqlari uchun X 
seriyali 
tavsiyalarda 
(X.25, 
X.28, 
X.32, 
X.36) 
qo‘shimcha 
(Supplementary) xizmatlar aniqlangan.
Telekommunikatsiya xizmatlari sohasidagi ierarxiya tushunchasi 3.1-
rasmda keltirilgan (E.800 tavsiyasi). Xizmat ko‘rsatish sifati amaliy natija, 
xavfsizlik, ta’minlanganlik va foydalanishga qulaylik tushunchalarini 
birlashtiradi. Amaliy natijalar guruhi - ulanish, butunlilik va uzluksizlik 
bitta tushuncha bilan ifodalanadi - “foydalanish” (3.1-rasmning o‘ng 
tarafidagi yuqori burchagida to‘g‘ri burchak bilan ajratilgan). 
Xizmat ko‘rsatish sifati xuddi xususiyatlar majmuasi kabi ko‘riladi: 
- ta’minlanganlik; 
- foydalanishning qulayligi
- xizmat ko‘rsatish xavfsizligi; 
- xavfsizlik; 
- ulanish; 
- uzluksizlik; 
- butunlik 
(tarmoq 
orqali 
transportlashda 
foydalanuvchi 
ma’lumotlarining mosligi) kiradi. 
Foydalanish - xizmat ko‘rsatish xususiyati bo‘lib, har doim 
foydalanuvchiga zarur bo‘lgan seans vaqtida xizmatni taqdim etishdan 
iborat. 
Foydalanish tushunchasining mohiyati quyidagicha aniqlanadi: 
- kirish – xizmat ko‘rsatish xususiyati foydalanuvchiga zarur 
bo‘lganda har qanday joyda va lahzada taqdim etilishi kerak; 
- butunlik - operatorning uzatish sifatini pasaytirmagan holda 
xizmatlarni taqdim etish qobiliyati; 
- uzluksizlik - ma’lum bir ekspluatatsiya sharoitida, talab qilingan 
vaqt oralig‘i davomida, operatorning uzluksiz xizmat ko‘rsatishni taqdim 
etish xususiyati.
Xizmat ko‘rsatish sifatining qolgan uchta xususiyati quyidagi 
ta’riflar orqali ifodalanadi:


246 
- ta’minlanganlik – foydalanuvchilar xizmatlarni qo‘llaganda aloqa 
operatorining xizmatlar majmuasini taqdim etishi va yordam berish 
qobiliyati; 
- foydalanishning qulayligi - qo‘llashning soddaligidan iborat 
bo‘lgan xizmat ko‘rsatish xususiyati; 
xavfsizlik - bu xizmat ko‘rsatishning ruxsat etilmagan kirishlardan, 
yomon niyatlarda foydalanish va noto‘g‘ri foydalanish, ataylab (g‘arazli) 
buzish, tabiy ofatlar va insonlar xatosi kabilardan himoyalanganlik 
xususiyati.
Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishlab turish sifati (Network 
Performance - NP), trafikka xizmat ko‘rsatish samaradorligini 
xarakterlaydi. 
Telekommunikatsiya 
tarmoqlaridan 
foydalanuvchi 
odatda, 
telekommunikatsiya tarmoqlarining tuzilishi va zarur bo‘lgan xizmatlar 
qanday yetkazilishi bilan qiziqmaydi. Ayni shu paytda u shunga o‘xshagan 
xizmatlar bilan uni solishtirgan holda his qilib mazkur xizmat sifatini 
baholaydi. 
Talablarni asoslash, foydalanuvchilarning kutishi va operatorning 
xarajatlarini optimallashtirish uchun quyidagilarni ta’minlash zarur: 
- xizmatlar sifatiga tegishli bo‘lgan terminlarni qat’iy shakllantirish; 
- kutish haqidagi obyektiv ma’lumotlarni, foydalanuvchi talablarini 
taqdim etish.
Xizmat ko‘rsatish sifati, “xizmat ko‘rsatish bilan foydalanuvchilarni 
qoniqqanlik darajasini aniqlovchi yig‘indi effekt” kabi ITU-T E.800 
tavsiyasiga binoan aniqlangan.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan xizmat ko‘rsatish sifati, parametrlar 
majmui sifatida ifodalanishi mumkin. Bu parametrlar xizmat va 
foydalanuvchi terminlarida ham ifodalanadi va tarmoq tuzilishiga bog‘liq 
emas. Ular foydalanuvchi tomonidan qabul qilinadigan effektning 
afzalligiga mo‘ljallangan va foydalanuvchiga xizmatlar, xizmatlarga 
ulanishda (ITU-T I.350 tavsiyasi bo‘yicha) osongina obektiv o‘lchashni 
kafolatlashi lozim. 
Tarmoq xarakteristikasi (NP), foydalanuvchilar orasida aloqani 
ta’minlash qobiliyati kabi aniqlanadi. NP deganda hisoblanishi va 
o‘lchanishi mumkin bo‘lgan parametrlar yig‘indisi tushuniladi. Tarmoq 
xarakteristikasi eng avvalo egasi tomonidan qo‘llaniladi. Ular tizimni 
ishlab chiqish, xalqaro yoki milliy darajada tarmoqni loyihalash, 
ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. 


247 
Telekommunikatsiya 
tarmoqlari 
foydalanuvchilarga 
ma’lumotlarni 
yetkazish vazifasini amalga oshiradi.
3.1-jadvalda xizmat ko‘rsatish sifati va tarmoq xarakteristikasi 
orasidagi farq ko‘rsatilgan.
3
.1
-r
as
m

X
izma
t k
o’
rs
at
is

si
fat
i s
oh
as
id
a va t
el
ek
omm
un
ik
at
si
ya t
arm
oq
lar
in
i i
sh
la
sh
i h
aq
id
ag

tu
sh
u
n
ch
an
in
g
i
era
rx
iy
as



248 
3.1- jadval 
Xizmat ko‘rsatish sifati va tarmoq xarakteristikalari orasidagi farq 
Xizmat ko‘rsatish sifati (QoS) 
Tarmoq xarakteristikalari (NP) 
Foydalanuvchiga mo‘ljallangan 
Tarmoq operatoriga mo‘ljallangan 
Xizmatlarning 
xususiyatlarini 
tavsiflaydi 
Ulanish 
elementlarining 
xususiyatlarini tavsiflaydi 
Foydalanuvchi tomonidan qabul 
qilinadigan effektga mo‘ljallangan 
Ishlab 
chiqish, 
loyihalash, 
ekspluatatsiya qilish va texnik 
xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. 
Xizmatlarga 
ulanish 
nuqtalari 
orasida o‘lchanadi
Ulanish 
elementlarining 
imkoniyatlari va ikki tomonlama 
ulanishni tavsiflaydi 
Har bir xizmat xususiyatlar majmuasi bilan xarakterlanadi, ularning 
asosiylari xizmat ko‘rsatish sifatini aniqlaydi. 
Tarmoq xarakteristikalari (parametrlari) foydalanuvchi qabul 
qiladigan 
xizmat 
ko‘rsatish 
sifatini 
aniqlaydi. 
Bunday 
tarmoq 
xarakteristikalariga trafik, chaqiriqlarning yo‘qolishi, aloqa yo‘nalishidagi 
samarali chaqiriqlar koeffitsienti va boshqalar misol bo‘lishi mumkin.
QoS va NP parametrlari orasida o‘zaro bog‘lanish bor. Tarmoq 
orqali foydalanuvchilarga samarali xizmat ko‘rsatish uchun ular orasidagi 
qiymatlarni mosligini o‘rnatish asosiydir. NP parametrlarini aniqlash, 
ulanish elementlari chegarasida kuzatish mumkin bo‘lgan hodisalarga va 
holatlarga asoslangan. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling