Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Asosiy va qo‘shimcha xizmatlar. Katta foyda keltiruvchi va


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   178
Bog'liq
T

Asosiy va qo‘shimcha xizmatlar. Katta foyda keltiruvchi va 
marketing funksiyasini amalga oshiruvchi xizmatlar. Asosiy xizmatlar 
bilan birga beriladigan qo‘shimcha xizmatlar, asosiy xizmatlardan 
keladigan foyda bilan bir xil, ba’zi hollarda ko‘proq ham bo‘lishi mumkin. 
Ba’zi hollarda qo‘shimcha xizmatlar foyda keltirmasligi ham mumkin
ba’zi hollarda esa, ya’ni asosiy xizmatlarni hisobga olmagan hollarda zarar 
keltirishi ham mumkin. Bu holni asosan mijozlarni asosiy xizmatga jalb 
qilishda ishlatilishida ko‘rish mumkin.
Bir necha bunday qo‘shimcha xizmatlarni keltirib o‘tamiz.
1. O‘zining tarmog‘ida Internetga kommutatsiyalanadigan ulanish 
serverini o‘rnatish. Bu xizmat turi operatorlar uchun foydali bo‘lib, tarif 
turiga qarab Internetdan foydalanuvchilardan qo‘shimcha foyda olishadi. 
Biroq umumiy foydalanish telefon tarmog‘ining (UFTT) barcha 
foydalanuvchilari tomonidan operator tarmog‘ida amalga oshirilayotgan 
qo‘ng‘iroqlar operator tarmog‘ida terminlashtiriladi. Shuning uchun har bir 
shunday qo‘ng‘iroq uchun operator qo‘shimcha “terminlashtirilgan 
minut”ga ega bo‘ladi. Bu “terminlashtirilgan minut” operatorlar orasida 
kelishish asosida bo‘lib, buning uchun qaysi operator bilan kelishish 
amalga oshirilganiga qarab operatorlar to‘lovlarni amalga oshiradilar. 
Shuning uchun Yevropa va AQSh da hozirda “Internetga bepul ulanish” 
xizmati mashhur bo‘lib ketgan. Bu shunchaki bepul emas, foyda Internetga 


242 
ulanishdan olinmaydi, balki mijozning operatorlar to‘lovi asosida 
so‘zlashuvlarga vaqtinchalik xaq to‘lash hisobiga amalga oshiriladi.
2. Intellektual xizmatlarni taqdim etish ikki barobar foyda keltiradi. 
Birinchidan, bu xizmat turlari yaxshigina foyda keltiradi, shuningdek 
bunday har bir qo‘ng‘iroq avvalgi misolimizda ko‘rganimizdek 
qo‘shimcha foyda keltirgan holda operator kirish trafigidan oshib ketadi.
3. Xosting xizmati, masalan, mijozlarning 
Web-
serverlari unchalik 
katta foyda keltirmaydilar. Biroq katta kontent-provayderning 
Web-
sahifasi, ma’lum bir ma’lumotga murojat qiluvchi boshqa operatorlarning 
mijozlari hisobiga chiquvchi IP – trafigi oshib ketishi mumkin. Bu esa 
boshqa Internet (Internet Service Provider, ISP) provayderlari bilan 
tuzilgan axborot almashish shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha foyda 
keltirishi mumkin. Shuning uchun odatda bepul 
Web-
xosting ham katta 
foyda olib kelishi va trafikni oshishiga olib kelishi mumkin.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling