Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Axborotlar almashish turi bo‘yicha xizmatlarni


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   178
Bog'liq
T

Axborotlar almashish turi bo‘yicha xizmatlarni 
klassifikatsiyalash
Mijozlar va hamkorlar bilan munosabatlar teng huquqli bo‘lishi va 
teng huquqli bo‘lmasligi mumkin va shunga bog‘liq holda u quyidagi 
turlarga bo‘linadi:
- o‘zining tarmog‘idagi resurslardan foydalana olish (o‘zining 
tarmog‘idagi resurslar orqali boshqa tarmoq resurslaridan foydalanish); 
- ikki tomonlama axborot almashish; 
- tranzit; 
- axborot almashish markazi (hisoblash markazi bilan yoki u 
bo‘lmagan holda). 
Tarmoq resurslaridan foydalana olish huquqi – bu korporativ va 
individual mijozlar bilan o‘zaro munosabatning asosiy formasi, biroq bu 
xizmat operatorlarga ham ko‘rsatilishi mumkin. Shu bilan birga agar 
operator o‘zining tarmog‘i orqali boshqa tarmoq resurslariga ulanishni 
ta’minlasa, u holda ulanish hududiy, mahalliy va xalqaro turlarga 
bo‘linishi mumkin.
Axborotlar almashish haqidagi ikki tomonlama kelishishda (trafik 
terminatsiyasi), operatorlar xizmatlarni taqdim etishlari yoki hamkorning 
xizmatlaridan 
foydalana 
olishlari 
mumkin. 
Bunda 
ular 
trafik 
terminatsiyasidan yoki xizmat turiga bog‘liq holda trafikdan foyda 
oladilar. Bunday almashish kelishishga bog‘liq holda mahalliy, hududiy va 
xalqarolarga bo‘linishi yoki bo‘linmasligi mumkin. Tranzit haqida 
kelishish, ikkita yoki bitta operator (yoki korporativ mijoz) bo‘lgan 
nuqtalar orasida axborot uzatish uchun operator tarmog‘i resurslarini 
ishlatish imkonini beradi va hududiy prinsip bo‘yicha bo‘linishi mumkin. 
Uzatilayotgan trafik tarifikatsiyasi mavjud bo‘lmagan holda bunday 
xizmat turi ajratilgan kanalni ijaraga berish bilan mos tushadi.


241 
Operatorda tranzit haqida katta miqdorda ikki tomonlama kelishish 
bo‘lgan holda, operator tarmog‘i asosidagi ma’lumotlar almashish Markazi 
(balkim – clearing house) bo‘lishi mumkin. Bu holda Markaz 
xizmatlaridan foydalanadigan operatorlar, boshqa operatorlar bilan o‘zaro 
ma’lumot almashish to‘g‘risida ikki tomonlama kelishish tuzmaydilar. 
Umuman olganda ular boshqa operatorlar bilan ma’lumot almashish uchun 
Markaz 
tomonidan 
yetkazib 
berilayotgan 
tranzit 
xizmatlardan 
foydalanishadi. Tabiiyki, bunday turdagi Markazni tashkil etish har biri 
bir-biri bilan ikki tomonlama kelishish bitta Markaz bilan kelishishga 
qaraganda kamroq foydaliroq bo‘ladi. Bu infrastruktura va umumiy 
harajatlarni kamaytirish hisobiga yuzaga keladi va bu qo‘shimcha xizmat 
turlarini yuzaga keltiradi.
Agar korporativ mijozlar uchun o‘zining ofislarini birlashtirib 
turadigan va turli xil ulanish texnologiyalari qo‘llaniladigan mobil va uy 
foydalanuvchilari uchun ma’lumotlar almashish Markazi xizmatini ko‘rib 
chiqadigan bo‘lsak, bu holda bu xizmat turi mijozning virtual hususiy 
tarmog‘i xizmatini namoyon etadi.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling