Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Mijoz turiga nisbatan xizmatlarni klassifikatsiyalash


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   178
Bog'liq
T

Mijoz turiga nisbatan xizmatlarni klassifikatsiyalash. Mijoz 
turiga nisbatan xizmatlarni klassifikatsiyalash quyidagi xizmatlar 
guruhidan tashkil topgan: 
- boshqa 
aloqa 
operatorlariga 
ko‘rsatiladigan 
xizmatlar 
(provayderlarga); 
- korporativ mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat turlari; 
- individual foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan xizmat turlari. 
Bu guruhlar bir-biridan xizmatlar nomenklaturasiga va operator 
infrastrukturasini rivojlantirish darajasiga bo‘lgan talablarga nisbatan 
ajralib turadi.
Boshqa operatorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar nomenklaturasi bir 
qator ustunliklarga ega. Chunki boshqa operatorlar bilan munosabat yoki 
resurslarni ulgurji sotish uchun “ulgurji operator” – “chakana operator” 
sxemasi asosida quriladi yoki ma’lumotlar almashish xizmatiga olib 
keladigan teng kuchli munosabat asosida quriladi.
Korporativ mijozlar, yirik va kichik bo‘lishi mumkin. Kichik 
korporativ mijozlar, individual foydalanuvchilar ishlata oladigan xizmatlar 
(bazaviy telefon, kommutatsiyalangan ulanish, DSL va boshqalar) 
to‘plamidan foydalanishlari mumkin.
Mijozning 
ulanishi 
bo‘yicha 
xizmatlar 
klassifikatsiyasi
Mijozning 
ulanishi 
bo‘yicha 
xizmatlar 
klassifikatsiyasi 
bazaviy 
xizmatlarni taqdim etish usulini aniqlashtirishga imkon yaratib beradi va 
ushbu xizmatni yetkazib berish uchun ishlatiladigan infrastruktura asosida 
yotuvchi tarmoq ierarxiyasining quyi sathlarini ko‘rsatadi. Ulanish usullari 
quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- kommutatsiya qilinayotgan telefon kanallari yoki ISDN kanallari; 
- turli xil o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega SDH kanallari; 
- turli xil o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega Frame Relay kanallari; 
- turli xil o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega ATM kanallari


240 
- turli xil o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega Ethernet kanallari; 
- xDSL (ADSL, SDSL, SHDSL) texnologiyalari; 
- passiv optik tarmoqlar (Passive Optical Network, PON); 
- koaksial sim va optik tola asosidagi gibrid tarmoqlar (HFC); 
- simsiz aloqa tarmoqlari. 
Yuqorida keltirilgan klassifikatsiyalar asosida tavsiflab berilgan 
xizmatlarni aniqlashtirish mumkin. Masalan, «Internet tarmog‘iga Frame 
Relay kanali bo‘yicha va ADSL texnologiyasini ishlatgan holda ulanish» 
ikkita turli xil xizmatlarga bo‘linadi. Ulardan birinchisi operatorlar va 
korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan, ikkinchisi korporativ va 
individual mijozlar uchun mo‘ljallangan.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling