Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   178
Bog'liq
T

Nazorat savollari 
1. Aloqa arxitekturasini tushuntiring. 
2. Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modelining vazifasi 
nimadan iborat? 
3. OTO‘B etalon modeli sathlarining vazifasini tushuntiring. 
4. Axborotni uzatish muhiti sifatida qanday liniyalardan foydalaniladi? 
5. Misli kabellarning qanday turlari mavjud va ular qayyerda 
qo‘llaniladi? 
6. Optik tolalarning qanday turlari mavjud? 
7. Qaysi optik tola turi katta o‘tkazish oralig‘iga ega? 
8. SDH ning vazifasi va sathlarini tushuntirish.
9. SDH qanday afzalliklarga ega? 
10. Transport tarmoqda SDH ni qo‘llash qanday istiqbolga ega?
11. To‘lqinli zichlashtirish texnologiyasining mohiyati nimada? 
12. CWDM, DWDM, HDWDM texnologiyalari nimasi bilan farqlanadi? 
13. IP – texnologiyasining vazifasi va xususiyatlarini tushuntiring. 
14. ATM - texnologiyasining vazifasi va yacheykasining tuzilishini 
tushuntiring. 
15. Multiservisli aloqa tarmoqlarida Ehternet texnologiyasini qo‘llash 
qanday istiqbolga ega? 
16. MPLS texnologiyasining vazifasi nima? 
17. MPLS tarmog‘i elementlarini tushuntiring. 
18. MPLS belgisi va uning formati tuzilishini tushuntiring? 
19. MPLS ni asosiy komponentlari qanday sathlarga bo‘lingan? 
20. MPLS stek protokollarining vazifasi nimadan iborat? 
 
3.3. Multimediali aloqa tarmoqlarida xizmat ko‘rsatish sifatini 
ta’minlash usullari va vositalari 
Xizmatlar 
klassifikatsiyasining 
prinsiplari. 
Hozirda 
aloqa 
operatorlarining xizmatlari ko‘pincha bir darajali prinsip bo‘yicha 
klassifikatsiyalanadi va bunday xizmatlarning ro‘yxatlarida IP, VPN, DSL, 
telefon aloqalarini ko‘rish mumkin. Xizmatlarning aniq bo‘lmagan 
klassifikatsiyasi tijorat siyosatidagi va marketingdagi muammolarga olib 
keladi, bu yaratilgan infrastruktura va kapital xarajatlar samaradorligida va 
muddatlarida namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun aloqa operatori xizmatlarning ko‘p o‘lchamli 
strukturasini ishlatgan holda, klassifikatorlar tizimlariga asoslanib, 
klassifikatsiyalash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 


237 
Ularning asosiylari muhimlilik darajasi bo‘yicha quyida keltirilgan: 
- uzatilayotgan 
axborot 
turini 
tartibi 
bo‘yicha 
xizmatlar 
klassifikatsiyasi (kontent); 
- mijozning xizmatga ulanishini ta’minlash usuli bo‘yicha xizmatlar 
klassifikatsiyasi; 
- mijoz turi bo‘yicha xizmatlar klassifikatsiyasi; 
- axborot almashish turi bo‘yicha xizmatlar klassifikatsiyasi. 
Bundan tashqari, yuqorida keltirib o‘tilgan klassifikatsiyalardan 
tashqari, xizmatlarning har bir turi uchun ularni quyidagi belgilar bo‘yicha 
ajratish mumkin:
- tadbiq etish va muhimlilik darajasi bo‘yicha – asosiy xizmatlar va 
qo‘shimcha (narxlar qo‘shilgan xizmatlar) xizmatlar, bunda ko‘rsatilgan 
qo‘shimcha xizmatlar faqatgina asosiy xizmatlar mavjud bo‘lgandagina 
ko‘rsatiladi;
- marketing funksiyasi bo‘yicha – foyda olish uchun qaratilgan 
xizmatlar va mijozlarning e’tiborini o‘ziga tortishga qaratilgan xizmatlar 
(bunda mijozlarning e’tiborini qaratish usuli bilan mijozlarni xizmatlardan 
foydalanishi hisobiga foyda olinadi). 
Uzatilayotgan axborot turiga qarab xizmatlarni klassifikatsiyasi 
asosiy hisoblanadi. Biroq klassifikatsiyaning boshqa usullari ham kerakli 
hisoblanadi, chunki taqdim etilayotgan xizmatlarning xususiyatlarini 
ajratib beradi, bunda u uning qo‘llanilish sohalarini aniq ko‘rsatib beradi.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling