Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Yupqa pardali va yarim o‘tkazgichli optik modulyatorlar


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   178
Bog'liq
T

Yupqa pardali va yarim o‘tkazgichli optik modulyatorlar 
Yupqa pardali modulyatorlar eng istiqbolli hisoblanadi. Elektrooptik 
hodisalar sodir bo‘ladigan moddalar sifatida litiy niobati va tantalati 
hamda 
ularning 
qorishmalaridan 
foydalaniladi. 
Yupqa 
pardali 
modulyatorlar yaratishda chegaraviy chastotani bu turdagi asbobning 
hajmiy analoglaridagiga nisbatan oshirish mumkin bo‘ladi (108) Gs 
gacha). Bu turdagi modulyatorlar kichik qiymatli kuchlanish bilan 
boshqariladi. 
Optik aloqa tizimlarida yarim o‘tkazgichli modulyatorlardan ham 
foydalaniladi. 
Yarim o‘tkazgichli p-n o‘tishlarda teskari yo‘nalishda qo‘yilgan 
kuchlanish ta’sirida hajmiy zaryad sohasida erkin zaryad tashuvchilar 
konsentratsiyasning o‘zgarishi tufayli chiziqli elektrooptik effekt sodir 
bo‘ladi. 
Bu 
hol 
dielektrik 
singdiruvchanlik, 
demak, 
sindirish 
ko‘rsatgichining modulyasiyalanishiga sabab bo‘ladi. Nurlanishni p-n 
o‘tish tekisligi bo‘ylab yupqa qatlamga kiritish zarur bo‘lgani uchun bu 
effektni hajmiy modulyatorlarda ro‘yobga chiqarish qiyinchilik tug‘diradi. 
Yupqa pardali tuzilmalarda bu talab oson bajariladi. GaAs, GaP kabi yarim 
o‘tkazgichlardan foydalanilganida boshqarish kuchlanishining qiymatini 
bir necha voltgacha kamaytirish mumkin. 
Yarim o‘tkazgichlarda yorug‘lik nurlanishining yutilishi ikki xil 
mexanizm asosida – erkin zaryad tashuvchilarning bir energetik sathdan 
boshqa energetik sathga o‘tishi yoki elektronlarning valent energetik 
sohasidan o‘tkazuvchanlik energetik sohasiga o‘tishi hisobiga yuz beradi. 
 
Intensivlik bo‘yicha modulyasiyalangan optik signalni fotoqabul 
qilgich tomonidan qabul qilish jarayonlari
Yarim o‘tkazgichlarda yorug‘lik nurlanishi yutilishining xuddi shu 
mehanizmlari 
nurlanish 
intensivligini 
modulyasiyalashda 
amaliy 
qo‘llanish topdi. 


58 
5.5-rasm. Raqamli signal bilan modulyasiyalangan optik nurlanishni qabul 
qilish sxemasi 
Ishchi kuchlanishining kichik qiymatlari (bir necha volt), tuzilishi- 
ning 
soddaligi, 
ishonchlilik, 
texnologik 
maqbullik 
bu 
turdagi 
modulyatorlarning 
afzalliklaridan 
hisoblanadi. 
Fotodiod 
bilan 
detektorlanadigan tok avval kam shovqinli dastlabki kuchaytirgichda 
kuchaytiriladi, so‘ng shovqin ta’sirini kamaytirish va qaror qabul qiluvchi 
sxema kirishida etarlicha yuqori sathli signalni olish uchun (chegaralovchi 
qurilma-CHq) filtrlanadi. Qaror qabul qilish sinxroimpulslarni tiklovchi 
qurilma (SITq) yordamida amalga oshiriladi. Ko‘pincha qabul qilish 
sxemasiga SAB-sathni avtomatik boshqarish bloki kiritiladi. SAB 
kuchaytirgichlarni 
kuchaytirish 
koeffitsientini, 
ko‘chkisimon 
FD 
qo‘llanilganda ko‘payish koeffitsientini va kirish sathi o‘zgarishlarini 
kompensatsiyalaydi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling