Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Fotoo‘tkazuvchanlik, fotoxrom va fotokristalik hodisalar


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   178
Bog'liq
T

Fotoo‘tkazuvchanlik, fotoxrom va fotokristalik hodisalar 
Moddaga tegishli optik xususiyatlarning o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan 
fotohodisalar qatoriga fotoo‘tkazuvchanlik, fotoxrom va fotokristalik 
effektlarni ham ko‘rsatish mumkin. 
Fotoo‘tkazuvchanlik hodisasining mohiyati shundaki, yorug‘lik 
oqimi ta’sirida yarim o‘tkazgich xossasiga ega bo‘lgan moddaning elektr 


53 
o‘tkazuvchanligi o‘zgaradi (ortadi yoki kamayadi). Bu o‘zgarish 
moddaning optik parametrlariga, jumladan, uning sindirish ko‘rsatgichiga 
ta’sir ko‘rsatadi. Bu hol ushbu hodisadan yorug‘lik nurlanishini 
modulyasiyalash maqsadida foydalanish imkonini beradi. 
Fotoxrom effekti maxsus aralashmali noorganik shisha, organik 
polimerlar kabi moddalar rangining qisqa to‘lqinlar diapazonidagi 
ultrabinafsha yoki ko‘zga ko‘rinuvchi qisqa to‘lqinli nurlanish oqimi 
ta’sirida o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi. Bu holda moddani dastlabki 
holatiga qaytarish uchun unga infraqizil diapazonli yorug‘lik bilan ta’sir 
etish yoki uni isitish talab etiladi. 
Amorf tuzilishli yarim o‘tkazgichlarda kuzatiladigan fotokristalik 
effekt shunday hodisaki, unda yuqori intensivlikka ega bo‘lgan yorug‘lik 
oqimi ta’sirida moddaning kristallanish tarzida va shu tariqa sindirish 
ko‘rsatgichining o‘zgarishi yuz beradi. 
Optik modulyatorlarning turlari: Elektrooptik, akustooptik, 
magnitooptik. 
YOrug‘lik nurlanishini tashqi va ichki modulyasiyalash jarayonini 
amalga oshiruvchi qurilmalarni – optik modulyatorlar deb ataladi. 
Ularning ish mexanizmi optik eltuvchiga ta’sirning yuqorida ko‘rib 
o‘tilgan turlaridan biridan foydalanishga asoslangan bo‘lishi mumkin. 
Shunga ko‘ra modulyatorlarning quyidagi turlari mavjud: 
- optik muhitda sodir bo‘ladigan elektrooptik jarayonlardan foydalanishga 
asoslangan elektrooptik modulyatorlar; 
- optik muhitda sodir bo‘ladigan akustooptik jarayonlardan foydalanishga 
asoslangan akustooptik modulyatorlar; 

optik 
muhitda 
sodir 
bo‘ladigan 
magnitooptik 
jarayonlardan 
foydalanishga asoslangan magnitooptik modulyatorlar; 
- yarim o‘tkazgichli tuzilmalarda sodir bo‘ladigan elektrooptik 
jarayonlardan foydalanishga asoslangan yarim o‘tkazgichli modulyatorlar. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling