Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Optik signalni modulyasiyalash usullari
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
1.8. Optik signalni modulyasiyalash usullari
Ma’lumki, axborotlar oqimini optik tola bo‘ylab uzatish optik eltuvchi - yorug‘lik to‘lqinini axborot signaliga monand tarzda 48 o‘zgartirishni taqazo etadi. YOrug‘lik nurlanishning bir yoki bir necha parametrlarini elektr (tok yoki kuchlanish), tovush, mexanik yoki optik signal ta’sirida vaqt yoki fazo bo‘yicha berilgan qonuniyatga ko‘ra o‘zgartirishdan iborat, mazkur jarayonni optik nurlanishni modulyasiyalash jarayoni deb ataladi. Yorug‘lik nurlanishini soddalik uchun yassi monoxramatik to‘lqin deb faraz qilinsa, uning vaqt va fazo bo‘yicha tarqalishi fizik optikadan yaxshi malum bo‘lgan quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: E(x,t)=Emcos[2π( t- n/Sox+φo)], ( 5.1 ) bu yyerda E - yorug‘lik to‘lqini elektr maydonining kuchlanganligi; Em - mazkur elektr maydon kuchlanganligining amplitudasi, - tebranishlar chastotasi, t - vaqt, n - muhitning sindirish ko‘rsatgichi, So - yorug‘likning vakuumdagi tezligi, x - nurlanishnig tarqalish yo‘nalishi bo‘yicha koordinata, φo - tebranishlarning boshlang‘ich fazasi. Bu tenglamadan ko‘rinadiki, optik eltuvchini axborot signaliga mos ravishda modulyasiyalash jarayonini yorug‘lik to‘lqinining amplitudasi, chastotasi, fazasi va qutblanish vektorining yo‘nalishini o‘zgartirish orqali amalga oshirish mumkin. Optik signal tola bo‘ylab tarqalib, so‘ngra fotoqabulqilgichga tushadi. Zamonaviy fotoqabulqilgichlar yorug‘lik nurlanishini faqat intensivlik bo‘yicha qayd etadi. Shu sababdan intensivlik bo‘yicha modulyasiyalash jarayonidan eng keng foydalaniladi. Boshqa turdagi modulyasiyalash jarayonlaridan foydanalanilganida, dastlab u yoki bu usulda modulyasiyalangan nurlanishni intensivlik bo‘yicha modulyasiyalangan signalga o‘zgartirish talab etiladi. Modulyasiyalangan yorug‘lik nurlanishini olishning turli xil usullari mavjud. Ulardan birinchisi to‘g‘ri modulyasiya usuli bo‘lib, unda yorug‘lik manbai – yorug‘lik diodi yoki lazer diodi nurlanishining modulyasiyasiga ulardan oqib o‘tadigan injeksiya tokini o‘zgartirish yo‘li bilan erishiladi (5.1,a- rasm). Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling