Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Optik nurlanish manbalariga qo‘yiladigan talablar


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   178
Bog'liq
T

 
1.7. Optik nurlanish manbalariga qo‘yiladigan talablar 
OA tizimlari nurlanish manbalariga qo‘yiladigan umumiy talablar 
quyidagilar: 
- nurlanish manbasining to‘lqin uzunligi optik tolalarning 
yo‘qotishlarining minimum spektral taqsimlanishlaridan biriga to‘g‘ri 
kelishi kerak; 
- manba tuzilishi chiqishda bir muncha yuqori quvvatli optik 
signallarni nurlanishini va uni optik tolaga samarali kirishini ta’minlashi 
kerak; 
- manba yuqori ishonchlikka ega bo‘lishi va ko‘p muddatga xizmat 
qilishi kerak; 
- o‘lchamlari, og‘irligi va sarf qiladigan quvvati minimal bo‘lishi 
kerak; 
- texnologiyalarning oddiyligi arzon narxlarni va yuqori ishlab 
chiqaruvchanlikni ta’minlashi kerak. 
Muayyan tizim xususiyatlari nurlanish manbalari tavsiflariga bir 
qator o‘ziga xos talablar qo‘yadi. Bu talablar bir modali optik toladan 
foydalanish bilan axborotlarni uzoqmasofalarga uzatadigan yuqori tezlikli 
tizimlarda juda qat’iy hisoblanadi. Birinchi navbatda gap nurlanishning 
spektral tavsiflari xaqida ketadi. Bir modali optik tolada dispersiya tufayli 
nurlanish impulslarining kengayishi nurlanishni spektr kengligiga va 
signalllarni uzatish tezligiga proporsionaldir. 
Kogerent usulli zamonaviy OA tizimlarida nafaqat qisqa spektrli, 
balki λ
0
to‘lqin uzunligi uzoqmuddatga barqaror bo‘lgan manbalar zarur. 
Agarda qo‘shni kanallar o‘rtasidagi spektr oralig‘i katta bo‘lmasa, λ

to‘lqin uzunligining yuqori barqarorligi spektr bo‘yicha ajratilgan 
tizimlarda ham zarur. 
Tabiiyki, yuqori tezlikli tizimlarda nurlanish manbalarining dinamik 
tavsiflariga ham muhim talablar qo‘yiladi. Boshqa parametrlarini (moda 
tarkibi, yo‘nalish diagrammasi va boshqalar) jiddiy o‘zgarishisiz nurlanish 
fazasi, 
chastotasi 
yoki 
jadalligining 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 


38 
modulyasiyalanishiga imkon beruvchi optik nurlanish manbalaridan 
foydalanish juda qulay. 
Nisbatan past tezlikda signallarni yaqin masofalarga uzatuvchi 
tizimlarda: shahar, zona, binolar ichida va boshqa OA tizimlarda 
qo‘llaniladigan nurlanish manbalarining tavsiflariga nisbatan pastroq 
talablar qo‘yiladi. Bu tizimlarda pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli optik 
tolalardan foydalaniladi. O‘tkazishni chastota polosasi optik tolalarning 
modalararo dispersiyasi orqali aniqlanadi. Shuning uchun yuqorida aytib 
o‘tilgan OA tizimlarida kogerent manbalardan foydalanish o‘z ma’nosini 
yo‘qotadi. 
OA tizimlari uchun optik nurlanish manbalarining uch sinfi ma’lum: 
yarim o‘tkazgichli, tolali va xajmli mikrooptik manbalar (mikrolazerlar). 
Ularning hammasi u yoki bu darajada yuqorida ko‘rsatilgan talablarga 
javob beradi, lekin faqat yarim o‘tkazgichli manbalar, ya’ni yorug‘lik 
diodlari va lazerlardan keng foydalaniladi. Yarim o‘tkazgich nurlanish 
manbalarining jadal rivojlanishi birinchi navbatda yuqori samaradorlik 
bilan elektr toki energiyasini bevosita optik nurlanishga aylantirishi
yuqori tezlikda tok bilan kuch berilishidan nurlanish parametrlarini 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirish imkoniyatini mavjudligi, og‘irlik va 
o‘lchamlarini kichikligi kabi OA tizimlari uchun muhim bo‘lgan ijobiy 
xususiyatlarning birikuviga bog‘liq. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling