Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Ekspluatatsion jarayonida tolani cho‘zilishi
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tola ustidagi muxofazalovchi qoplamini tozalash
Ekspluatatsion jarayonida tolani cho‘zilishi uchun faktor bo‘lib
hisoblanadi va u orqali ekspluatatsion mexanik ishonchlilik aniqlanadi. kabel ichidagi optik tolaning kuchlanganlik holati o‘z navbatida mexanik ishonchliligini kamayishiga olib keladi va turli sabablar hisobiga bo‘ladi, bular: optik kabel tayyorlash texnologiyasi buzilish, ya’ni lozim bo‘lgan tola uzunligini to‘g‘ri tanlamaslik yoki kabel tayyorlovchi uskunani ishlashidagi turli to‘xtashlar, kabel yotqizilish texnologiyasini buzilishi, er ko‘chishlari kabi seysmik o‘zgarishlar, ekspluatatsiya jarayonida osilgan kabellarni muzlashi va x.k. Yuqorida keltirilgan ma’lumotdan shuni xulosa qilish mumkinki, kabel ichida va yotqizilgan liniyalarda optik tolalarni cho‘zilishi nazorati asosiy parametr bo‘lib hisoblanadi. Kabel ichidagi tolalarni cho‘zilish bo‘yicha xozirgi zamon diagnostikasi uchun tolalar ichida yorug‘lik nurini spektrlarni brillyuen sochilishini analiziga asoslangandir. Bunday usul yordamida tolalarni cho‘zilishini baholashda liniyalarni mustaxkam bo‘lmagan uchastkalari aniqlandi va u yordamida ekspluatatsiya jarayonida tolalarni mexanik mustaxkamligi baholanadi. Liniyadagi optik tolalarni cho‘zilish chegaralarini baholashda 100 kmm liniya 25 yil mobaynida uzilish extimolligi 0.001 bo‘lgan qiymat uchun liniyaning ekspluatatsion mustaxkamligini kafolatlash uchun uning nisbiy cho‘zilishi yoki ruxsat etiladigan cho‘zilish qiymati 0.2...0.25% dan oshmasligi kerak. bu qiymat tolani ruxsat etiladigan cho‘zilish kritariya bo‘lib, u brillyuen reflektometri yordamida aloqa liniyalarining mustaxkam bo‘lmagan uchastkalarini o‘lchov natijasida aniqlash imkonini beradi. Tola ustidagi muxofazalovchi qoplamini tozalash kuchi ham tolaning mexanik tafsilot lariga taaluqli bo‘lib, aloqa liniyalarida qo‘llanuvchi optik tolani aloqa liniyalarini qurilishi, ta’mirlab qayta tiklash ishlari hamda aloqa liniyalariga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida bunday ishlarni bajarishni bir muncha engilroq va effektiv bo‘lishini ko‘rsatuvchi bo‘lib hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan ishlarni bajarishda optik tolalarni oson ravishda ochib tashlash, optik tolalarni payvandlab ulashda hamda ulanuvchi tolalarni tekis ravishda kesish ishlaridan tashkil topadi. Optik tolani muxofazalovchi qoplamini tozalash kuch qiymati 36 optik tolalarning pasportida ko‘rsatiladi. Bunday kuch qiymati quruq va namgarchilik atmosferasi ostida bo‘lgan tolalar uchun bir xil qiymatga ega. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling