Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   178
Bog'liq
T

Модуляция-
ланмаган 
 
Модулятор
Бошқарувчи 
сигнал
b)
Актив 
муҳит
d)
Модулятор
Лазер резонатори


50 
magnitooptik hodisalar, shuningdek, turli xil fotoeffektlardan keng 
foydalaniladi. 
Elektrooptik hodisalar moddada tashqi elektr maydoni ta’sirida optik 
anizotropiya (modda xususiyatlarining turli yo‘nalishlarda farqlanish 
xususiyati) vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Natijada moddaning 
dielektrik singdiruvchanligi, demak, sindirish ko‘rsatgichi o‘zgaradi. 
Elektrooptik hodisalar odatda modda bo‘ylab tarqalayotgan yorug‘lik 
nurining ikkita nurga ajralishi hodisasi bilan birgalikda yuz beradi. Odatiy 
va noodatiy nurlar deb yuritiladigan bu nurlar turli tezlik bilan tarqaladilar 
va turlicha qutblangan bo‘ladilar. Agar bunday kristallarda o‘zaro 
perpendikulyar bo‘lgan x va y yo‘nalishlarni ajratilsa, yorug‘likning 
sindirish ko‘rsatgichi bu yo‘nalishlarning har birida, umuman olganda, 
turlicha bo‘ladi. Kristallning bu yo‘nalishlari bo‘yicha sindirish 
ko‘rsatgichilarini nХ, nУ orqali belgilaylik. Sindirish ko‘rsatgichi har 
ikkala yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro farqlanadigan bunday kristallarni ikki 
o‘qli kristallar deb ataladi. 
х va u yo‘nalishlar bo‘yicha optik jihatdan birjinsli, ya’ni nX ≈ nУ≈ 
n bo‘lgan kristallarni esa, bir o‘qli kristallar deb ataladi. Bir o‘qli 
kristallarda odatiy yorug‘lik to‘lqini uchun sindirish ko‘rsatgichi nО ═ nХ 
═ nУ, nooddatiy to‘lqin uchun esa, nn ═ nz ga teng bo‘ladi. 
Bu turdagi kristallarda yorug‘lik nurining z o‘qi bo‘yicha tarqalish 
chog‘ida uning tezligi qutblannish holatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Agar 
kristalga yorug‘lik nurining tarqalish yo‘nalishiga ko‘ndalang yo‘nalishda 
elektr maydoni qo‘yilsa, sindirish ko‘rsatkichlari nx va ny orasidagi 
tenglik buziladi va kristall ikki o‘qli bo‘lib qoladi. Natijada x va y o‘qlari 
bo‘yicha qutblangan yorug‘lik to‘lqinlarining muhit bo‘yicha tarqalish 
tezligi ham bir - biridan farq qila boshlaydi. 
u o‘qi bo‘ylab tarqalayotgan odatiy yorug‘lik to‘lqini uchun sindirish
ko‘rsatgichi elektr maydon kuchlanganligining ortishi bilan chiziqli tarzda 
o‘zgaradi: 
n0 (E) = n0+rpE, (5.2) 
bu yyerda rp - Pokkels elektrooptik doimiysi; E – elektr maydon 
kuchlanganligi; n0 – sindirish ko‘rsatgichining maydon bo‘lmagan holda, 
ya’ni E=0 bo‘lgan holdagi qiymati. 


51 
Sindirish 
ko‘rsatgichining 
elektr 
maydon 
kuchlanganligiga 
proporsional tarzda o‘zgarishidan iborat hodisani chiziqli elektrooptik 
effekt yoki Pokkels effekti deb yuritiladi. 
Shunday qilib, tashqi elekr maydoni ta’sirida boshlang‘ich bir o‘qli 
kristall ikki o‘qli kristall xususiyatlarini namoyon etadi va sindirish 
ko‘rsatgichining o‘zgarishi natijasida u optik jihatdan anizotrop bo‘lib 
qoladi. Yorug‘lik to‘lqini bunday kristall bo‘ylab muayyan masofani 
o‘tganida yorug‘lik to‘lqinining u va x yo‘nalishlar bo‘yichatashkil 
etuvchilari orasida 
∆φ = 2π n02 rp E L/λ (5.3)
ga teng faza farqi vijudga keladi. 
Nurlanaishning kristall bo‘ylab tarqalishi jarayonida turlicha 
qutblangan signallar orasidagi faza farqi o‘zgaradi. Natijada kirish va 
chiqish signallarining qutblanishi turlicha bo‘lib qoladi.
Yorug‘lik nurining tarqalish masofasi va bunga mos ravishda hosil 
bo‘lgan faza farqiga qarab, chiqish chiqish signalining qutblanishi 
quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan tarzda o‘zgaradi
∆φoe 

π/4 
π/2 
3π/4 Π 
5π/4 3π/2 7π/4 2π 
Qutblan-
ganlik 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling