Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   178
Bog'liq
T

OT turi (kvars 
shishasi) 
O‘zak 
diametri, 
mkm 
NA 
Tola 
o‘zagiga 
maksimal 
tushish 
burchagi, 
grad. 

n
 
Ko‘p modali OT 
50 – 200 
0,25 – 0,5 
20 – 30 
0,005 – 0,02 


32 
Bir modali OT 
5 – 12 
0,12 – 
0,25 
5 - 8 
0,002 – 0,01 
NA optik tolaning muhim xususiyati hisoblanib, yorug‘lik nuri tolaga 
qanday kiritilishi va tarqalishini ko‘rsatadi. 
NA qiymati katta bo‘lgan OT yorug‘likni yaxshi qabul qiladi, NA 
kichik qiymatli optik tolalarga faqatgina tor yo‘naltirilgan yorug‘lik 
to‘plamini kiritish mumkin. 
YUqori o‘tkazish polosali OT kichik NA qiymatiga ega. Shu tarzda, 
ularda modalar soni kam, dispersiya kichik va ishchi o‘tkazish polosasi 
keng bo‘ladi. 
NA katta qiymatga ega optik tolalarda mumkin bo‘lgan yorug‘lik 
yo‘nalishlari, ya’ni modalar sonining ko‘pligi natijasida modalararo 
dispersiya yuqori bo‘ladi [2]. 
Tolaning xususiy yo‘qotishlari 
Xususiy yo‘qotishlarga yutilish va sochilishdan hosil bo‘ladigan 
yo‘qotishlar kiradi. Yutilishdan hosil bo‘ladigan yo‘qotishlar ichki va 
tashqi bo‘ladi. Ichki yutilish yo‘qotishlarini toza kremniy materiali xosil 
qilishi mumkin. Xar bir material molekulyar tuzilishiga ko‘ra ma’lum 
to‘lqin uzunliklarida signallarni yutishi mumkin. Masalan, SiO
2
ni ultra 
binafsha diapazonda λ<0,4 mkm to‘lqin uzunligida elektron rezonanslari 
mavjud. Shuningdek, infraqizil diapazonda λ>7 mkm to‘lqin uzunligida 
tebranuvchi rezonanslari mavjud. Demak bu rezonanslar ko‘rinadigan 
chastota diapazonida yutish polosasi ko‘rinishida bo‘ladi. Ikkinchi va 
uchinchi oynalarda yutilishning bu turi 0,03 dB/km dan ko‘p bo‘lmagan 
yo‘qotishlarga olib keladi. Tashqi yutilish yo‘qotishlari yorug‘likni tola 
qo‘shimchalarida yutilishidan xosil bo‘ladi. Zamonaviy ishlab chiqarish 
texnologiyalari bu yo‘qotishlar ta’sirini juda kichik darajaga kamaytirgan. 
Bu yo‘qotishlar temir, mis , nikel, magniy, xrom qo‘shimchalarini tolaga 
qo‘shish natijasida xosil bo‘ladi. Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonida bu 
metallarni tarkibi bir milliard qismgacha kamaytirilgan. Shuning uchun 
ular umumiy tashqi yutish yo‘qotishlarining juda kichik qismini tashkil 
etadi. Bulardan farqli ravishda gidroksil ion (ON) lar qoldig‘ini 
mavjudligi, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida tolada suv qoldiqlarini qolishi 
tashqi yutish yo‘qotishlarini sezilarli darajada oshiradi. Optik tola tarkibida 
ON ionlari birni yuz milliondan kam qismini tashkil etish kerak.


33 
Zamonaviy optik tolalarda mikro qo‘shimchalar miqdori juda 
kichikligi uchun tashqi yutilish shovqinlari minimal bo‘lib, ularni xisobga 
olmasa xam bo‘ladi. Lekin ON konsentratsiyasi birdan million qismni 
tashkil etganda, 1390 nm to‘lqin uzunligida yo‘qotishlar 50 dB bo‘lishi 
mumkin. 
Nurni sochilishidan xosil bo‘ladigan yo‘qotishlar ichki yo‘qotishlar 
xisoblanib, optik tola o‘zagining defektlari: xavo puffakchalari, yoriqlar, 
tolani bir turda emasligi, ya’ni qo‘shimchalar qo‘shilishidan shisha 
zichligini tasodifiy o‘zgarishi tufayli yuzaga keladi. Bu omillar yorug‘lik 
oqimi yo‘nalishini o‘zgartirib, og‘ishiga olib keladi, natijada sinish 
burchagi oshib, yorug‘lik nuri qobiqdan tashqariga sochilib ketadi. Bundan 
tashkari optik tolani bir turda emasligi, ya’ni qo‘shimchalar mavjudligi 
yorug‘lik oqimini ma’lum qismini teskari tomonga aks etishiga - teskari 
sochilishga olib keladi (3.7 - rasm) [7].
1550 nm to‘lqin uzunligida Releevsk sochilishlari umumiy 
yo‘qotishlarning asosiysi hisoblanadi. Releevsk sochilishi to‘lqin 
uzunligiga teskari proporsional bo‘lib, to‘lqin uzunligi oshishi bilan 
yo‘qotishlar kamayadi.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling