Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   178
Bog'liq
T

Materiallar nomi 
Sindirish 
ko‘rsatkichlari, n 
YOrug‘likning turli 
materiallardagi 
tezligi, s
m
 km/sek. 
Vakuum 
1,0 
300 000 
Xavo 
1,0003(1) 
300 000 
Suv 
1,33 
225 000 
Kvars 
1,46 
205 000 
SHisha 
1,5 
200 000 
Olmos 
2,5 
120 000 
 


26 
O‘zak va qobiqning kerakli sindirish ko‘rsatkichlarini olish uchun 
kvars shishasiga qo‘shimchalar qo‘shiladi. Masalan: germaniy va fosfor 
sindirish ko‘rsatkichini oshiradi, bor va ftor esa aksincha uni kamaytiradi. 
3.1-rasm. Optik tolaning tuzilishi
Tolaning qo‘shimcha qobiqlari himoya qobig‘i xisoblanadi. 3.1-
rasmda tashqi plastik qoplama ko‘rsatilgan [14]. Tashqi plastik qoplama 
optik tolaning xususiyatlariga ta’sir etuvchi mexanik va atrof muhit 
ta’sirlaridan uni himoya qiladi. 
Yorug‘likning sinish jarayoni. 
Optika qonuniyatlari yorug‘lik nurining to‘g‘ri chiziqli tarqalishiga, 
tola muhiti bilan o‘zaro ta’sirlashuviga va izotroplik xususiyatiga – 
muhitda barcha yo‘nalishlarda yorug‘likning bir xil tarqalishiga (shisha bir 
turdagi va izotropli muhit hisoblanadi) asoslangan. Bu qonuniyatlarga 
yorug‘likning qaytish/sinish qonunlari va ularga asoslangan hodisalar 
ta’lluqli. 
Yorug‘lik bir materialdan boshqasiga o‘tganda uning tarqalish tezligi 
o‘zgaradi, ya’ni to‘lqin nazariyasi nuqtaidan bu xarakat yo‘nalishining 
o‘zgarishiga olib keladi. Bu hodisa - yorug‘likning to‘g‘ri yo‘nalishdan 
og‘ishi sinish deb ataladi. 
Yorug’lik 
nuri 
Qobiq 
Tashqi plastik qoplama 
O’zak 


27 
Sinish hodisasini misollarda ko‘rib chiqamiz. Sinish hodisasiga baliq 
ovlashda ham duch kelinadi. Suv ostidagi baliqni ko‘rganimizda, uning 
xaqiqiy joylashuvini emas, balki unga yaqin joylashuvini ko‘ramiz (3.2-
rasm). Agar baliqqa pastga vertikal qarasak, yorug‘likning sinishi ro‘y 
bermaydi va baliqning asl joylashgan joyini ko‘ramiz. Agar unga burchak 
ostidan qarasak, sinish hisobiga asl joylashgan joyini ko‘rmaymiz, bunda 
baliq nazarimizdagi ko‘rinishdan chuqurroqda joylashgan bo‘ladi [2]. 
3.2-rasm. Yorug‘likning sinishi. 
3.3-rasm. Prizmada yorug‘likning sinishi. 
Prizmaga oq yorug‘lik tushirilganda, prizma bu yorug‘likni sindiradi va 
kamalakning turli ranglariga ajraladi. Qizil rang eng kuchli og‘adi va 
kichik tarqalish tezligiga ega. Sinish prizma kirishida bo‘lganidek, 
chiqishida ham xosil bo‘ladi [2]. Optik toladan signallarning uzatilishida 
ham yuqorida ko‘rib chiqilgan sinish hodisasi ro‘y beradi. Bu quyida 
batafsil tushintirilgan. 
To‘liq ichki qaytish.


28 
Yorug‘lik nur sindirish ko‘rsatkichi katta muhitdan sindirish ko‘rsatkichi 
kichik muhitga o‘tganda, ikki muhit chegarasida nur 3.4-rasmda 
tasvirlangandek perpendikulyardan og‘adi. Tushish burchagi Ө
1
kichik 
bo‘lganda (3.4,a-rasm) singan nur to‘liq qobiqqa o‘tib ketadi. Tushish 
burchagini oshirgan sari sinish burchagi Ө
2
90
0
ga intiladi. Sinish burchagi 
Ө

=90
0
ga teng bo‘lgan xoldagi tushish burchagi – kritik burchak Ө
kr
deyiladi. Yorug‘lik nuri kritik burchak Ө
kr
ostida tushganda singan nur 
ikki muhit chegarasi bo‘ylab tarqaladi (3.4,b-rasm). Yorug‘lik nuri kritik 
burchakdan katta burchak ostida tushganda, nur ikkinchi muhitga 
o‘tmasdan, ikki muhit chegarasidan to‘liq qaytadi (3.4,v-rasm). Bunda 
tushish burchagi sinish burchagiga teng Ө

= Ө
2
bo‘ladi. Snellius qonuni 
bo‘yicha tushgan va qaytgan nurlar o‘rtasidagi munosabat: 
n
1
sin Ө
1
= n
2
sin Ө
2

Ө
2
= 90
0
da kritik tushish burchagi quyidagiga teng: 
Ө
kr
= arc sin (n

/ n
1

(3.1) 
Ө
kr
dan katta burchak ostida tushgan nurlar to‘liq qaytadi. 
3.4-rasm. Bir necha tushish burchaklari uchun nurning tarqalish yo‘li, 
n
1
>n
2
, bu yerda n
1
va n
2
ikki turli muhitlarning sindirish ko‘rsatkichlari. 
Bu jarayon, ya’ni yorug‘lik energiyasining turli sindirish ko‘rsatkichli 
ikki muhit chegarasidan to‘liq qaytishi to‘liq ichki qaytish (TIQ) hodisasi 
deyiladi. TIQ hodisasi yorug‘lik uzatgich bo‘ylab optik signallarni 
tarqalishining fizik asosi hisoblanadi. Uni amalga oshirish uchun optik tola 
n

n

n

n

n

n

Ө
1
Ө
1

кр
Ө
1
Ө
1
Ө
2
a) 
б) 
в) 
Ө
2
Ө
2
Tushgan 
nur 
Sinish 
natijasida 
hosil bo’lgan 
nur 
Ikki muhit 
chegarasi 
Perpendikulyar 
Ө
1

2
Ө
1


29 
o‘zagining sindirish ko‘rsatkichi n
1
qobiqning sindirish ko‘rsatkichi n
2
dan 
katta bo‘lishi kerak. 
O‘zak va qobiq tayyorlanadigan materiallarning sindirish 
ko‘rsatkichlari nisbatini optimal tanlash orqali yorug‘lik nurining o‘zak 
ichida to‘liq ichki qaytishi ro‘y beradi va nurni faqatgina optik tola o‘zagi 
bo‘ylab zigzagsimon tarqalishi ta’minlanadi. 
Masalan, optik tola uchun xos bo‘lgan n
1
=1,48, n
2
=1,46 bo‘lsa, u 
holda (3.1) qo‘llab, kritik tushish burchagini aniqlash mumkin:
Ө
kr
= arc sin (1,46/ 1,48) = arc sin (0,9864) = 80,6
0

SHunday sindirish ko‘rsatkichlari nisbatiga ega, kritik tushish 
burchagi Ө
kr
=80,6

ga teng, tushish burchagi Ө

esa Ө
kr
=80,6

dan katta, 
masalan Ө
2
=81
0
bo‘lganda nur ikkinchi muhitga o‘tmay, boshlang‘ich 
muhitda to‘liq ichki qaytadi. Optik tola bo‘ylab signallarning tarqalishi ana 
shu prinsipga asoslangan. Ana shunday sindirish ko‘rsatkichlari, kritik 
chastota va tushish burchagi qiymatlariga ega optik tola orqali optik 
signallarning tarqalishi 3.5-rasmda ko‘rsatilgan.
3.5-rasm. Optik tolada to‘liq ichki qaytish jarayoni. 
3.5-rasmda kritik burchakdan katta burchak ostida Ө > Ө
kr 
o‘zak-
qobiq chegarasiga tushgan nurlar (nur 1) chegarada to‘liq ichki qaytadi. 
Tushish va sinish burchaklari teng Ө
1
= Ө
2
bo‘lgani uchun, nur 1 takroriy 
qaytishlarga uchrab, o‘zak muhiti bo‘ylab zigzaksimon tarqaladi. 

Ө
кр

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling