Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Optik aloqa tizimlarining tasnifi


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   178
Bog'liq
T

1.4. Optik aloqa tizimlarining tasnifi 
Qo‘llaniladigan modulyasiya turiga ko‘ra tolali optik aloqa (TOA) 
tizimlari analog va raqamliga bo‘linadi. Analog TOA tizimlarida 
modulyasiyaning analog usullari: intensivlik bo‘yicha modulyasiyalash, 
amplituda, chastota va faza modulyasiyasi turlari ko‘llaniladi. Optik 
nurlanish manbalarining yuqori nochiziqliligi va analog uzatish uchun 
talab etiladigan shovqin bardoshlilikni ta’minlash texnik murakkabligi 
sababli analog TOA tizimlaridan foydalanish chegaralangan. Shunga 
qaramay bir qator soxalarda qo‘llaniladi (optik kabelli televidenie, 
telemetriya, operativ va xizmat aloqa tizimlarida). Raqamli TOA 
tizimlarida modulyasiyalashning diskret usullaridan foydalaniladi. Bunda 
signal tashuvchining biron-bir parametri diskret o‘zgaradi, yani 
boshlang‘ich parametrning qiymatlar sohasi kvantlash sathlariga bo‘linadi, 
xar bir kvantlash sathiga mos ravishda aniq diskret signal qo‘yiladi. 
Signallarni uzatish masofasi va vazifasi ko‘ra TOA tizimlari 
magistral, mintaqaviy, maxalliy-shahar va qishloq aloqa tizimlariga 
bo‘linadi. Magistral TOA tizimlari signallarni 1000 km ga, zona TOA 


19 
tizimlari signallarning 600 km ga uzatish, shahar TOA tizimlari shahar 
telefon tarmog‘ining bog‘lovchi liniyalarini zichlashtirish uchun xizmat 
qiladi. 
1.5. Tolali optik aloqa tizimlarining optik kanallarini 
zichlashtirish usullari 
TOAT liniyalarini quyidagi zichlashtirish usullari mavjud: vaqt, 
chastota va to‘lqin uzunligi bo‘yicha.
Vaqt bo‘yicha zichlashtirish. Bu usulda bir necha informatsion 
oqimlarni bitta oqimga birlashtirish nazarda tutiladi. Birlashtirish elektrik 
signallar va optik signallar darajasida amalga oshirilishi mumkin. Elektrik 
signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan TOAT liniya traktining 
tuzilish sxemasi 2.1-rasmda ko‘rsatilgan . 
2.1-rasm. Elektrik signallar darajasida vaqt bo‘yichazichlashtirilgan 
TOA tizimining liniya trakti. 
A va V kirishdan tushayotgan elektrik signallarning ikki qism 
impulslari (N manba bo‘lishi mumkin) birlashtiruvchi qurilma (BQ) 
yordamida vaqt bo‘yicha aniq ketma-ketlikka ega guruhli signalga 
birlashtiriladi. Guruhli signal optik uzatgich OUzda optik tashuvchini 
modulyasiyalaydi. Optik nurlanish OT bo‘ylab tarqaladi va optik qabul 
qilgich OQq da qaytadan elektr signaliga o‘zgartiriladi. So‘ng bu signal 
ajratuvchi qurilma (AQ) yordamida A
1
va V
1
chiqishlariga beriladigan 
impulslarga ajratiladi.
Optik va raqamli oqimlarni birlashtirish sxemasi 2.2–rasmda 
ko‘rsatilgan.
BQ 
OUz 
OQq 
AQ 
А'
В'
А 
В 
OT 


20 
2.2-rasm. Optik signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan 
TOA tizimining liniya trakti. 
N manbadan elektrik raqamli oqimlar N optik uzatgich OUzga 
tushadi. OUz da elektr signallar optik signallarga o‘zgartiriladi. Optik 
signallarni birlashtirishdan oldin ularni Δt;2Δt;3Δt;...( N -1) Δt ga 
kechikishi ro‘y beradi. Bunday kechikishdan keyin optik siljitgich (OS) 
chiqishida optik impulslar ketma-ketligiga ega bo‘lamiz. Qabyl qilishda 
bunga teskari jarayon amalga oshiriladi.
Vaqt bo‘yicha zichlashtirishda qisqa (10
-9
S va undan kichik) 
yorug‘lik impulslarini uzatish talab etiladi. Lekin subnanosekundli 
impulslarni uzatish TOAT uzatib qabul qiluvchi apparaturalarining 
optoelektron 
qurilmalarining 
oxirgi 
imkoniyatiga 
yaqin 
bo‘lgan 
tezkorligiga juda yuqori talablar qo‘yadi. Bundan tashqari optik tolaning 
dispersiya xususiyatlari tufayli uzatish tezligi, o‘tkazish oralig‘i ham 
chegaralangan. Vaqt bo‘yicha zichlashtirishning asosiy afzalligi bu OT 
o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish koeffitsientining ortishi va 
to‘liq optik aloqa tarmoqlarini yaratish imkoniyatining mavjudligi 
hisoblanadi.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling