Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish fani bo’yicha Mustaqil ishi


Birlamchi aloqa tarmog‘i tuzilmasi


Download 406.44 Kb.
bet2/4
Sana29.03.2023
Hajmi406.44 Kb.
#1306700
1   2   3   4
Bog'liq
телекоммуникация тармокларини бошкариш

Birlamchi aloqa tarmog‘i tuzilmasi
Hududiy belgi bo‘yicha birlamchi tarmoq magistral, ichki zona va mahalliy tarmoqlarga bo‘linadi.
Mahalliy birlamchi tarmoq — shahar yoki tum an hududida quriladi, mos ravishda SHTT yoki QTT deb yuritiladi.
Ichki zona birlamchi tarmoq — yetti raqamga ega raqamli bitta zona hududiga quriladi. Birlamchi ichki zona tarmog‘i mahalliy birlamchi zona tarmoqlarining o’zaro bog‘lanishini ta’minlaydi.
Magistral birlamchi tarmoq — mamlakatning barcha hududida quriladi va barcha birlam chi ichki zona tarmoqlarini o’zaro birlashtiradi. Magistral birlamchi tarmoqni texnik ekspluatatsiya qilishni tashkil etish uchun va barcha ikkilamchi tarmoqlarning o’zaro hamkorlikda ishlashi uchun birlamchi magistral tarmoq hududlarga bo‘lingan, ularning markazlari sifatida birinchi sinf hududiy tarmoq tugunlari (HDT-1) xizmat qiladi. HDT-1 katta hajmdagi kabel va radiorele uzatish liniyalarining kesishishlarida joylashtiriladi. HDT-1 dan tashqari magistral birlamchi tarmoqlarda birinchi sinf qayta ulash tarmoq tugunlari (QUTT-1), birinchi sinf ajratish tarmoq tugunlari (ATT-1) va magistral tarmoq stansiyalari (M TS-1) quriladi.

Birlamchi magistral tarmoq
QUTT-1 uncha katta bo‘lmagan kabel va radiorele uzatish liniyalarida tashkil etiladi, ular uzatish tizimining chetki apparaturasi bilan tugashi mumkin, boshqa uzatish liniyalari uchun esa xizmat qilinuvchi kuchaytirgich punktlari (XKP) tashkil qilinishi mumkin. M agistral stansiya tarmog’i respublika markazlarida o’rnatiladi. Har bir ichki zona birlamchi tarmoqda ikkinchi sinf tugunlari QUTT-2, ATT-2, HDT-2 lar quriladi.

Birlamchi ichki zonaviy tarmoq.
Ichki zona tarmoq stansiyasi (IZTS) mahalliy tarmoqda quriladi.
YATTning tarmoq tugunlari, uzatish tizimining chetki stansiya apparaturasi bilan jihozlanadi, bularga: tranzit va guruhli traktlar hamda kanallarni qayta ulash apparaturasi; uzatish tizimi va zaxirasining qurilmalari; elektr ta’minoti uskunalari kiradi.

Birlamchi mahalliy tarmoq

Download 406.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling