Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish fani bo’yicha Mustaqil ishi


Ikkilamchi tarmoqlar. Ikkilamchi tarmoq tuzilishi


Download 406.44 Kb.
bet3/4
Sana29.03.2023
Hajmi406.44 Kb.
#1306700
1   2   3   4
Bog'liq
телекоммуникация тармокларини бошкариш

Ikkilamchi tarmoqlar. Ikkilamchi tarmoq tuzilishi
Birlamchi tarmoq kanallari bazasida tuzilgan aloqa tarmog‘i ikkilamchi tarmoq deyiladi. Bunday ikkilamchi tarmoqlar ehtiyojga qarab turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.

Ikkilamchi tarmoq tuzilishi.
1 — birlamchi tarmoqning uzatish tizimi; 2 — ikkilamchi tarmoqlarning kommutatsiya tugunlari; 3 — ikkilamchi tarmoqlarning chetki punktlari; 4 — abonent kanallari yoki liniyalar; 5 — birlamchi tarmoq chegaralarini belgilovchi nuqtalar.
Ikkilamchi tarmoq quyidagi majmua bilan belgilanadi:
a) chetki qurilmalar, shaxsiy (individual) abonent liniyalaridan uzatiladigan ma’lumotni elektr signallariga aylantiradi, chetki qurilmani tarmoqning tugunli punkti bilan bog‘laydi;
b) ikkilamchi tarmoq kom m utatsiya qurilmasi;
d) m azkur ikkilamchi tarmoqqa um um iy birlamchi tarmoqdan ajratilgan kanallar. Umumiy foydalanish telegraf aloqasi tarmog‘ining AT tarmoqdan farqlanib turuvchi xususiyati shundaki, AT tarmoq real vaqt masshtabi tartibida ishlaganda, umumiy foydalanish tarmog‘i axborotlarni uzatishda ushlanib qolishiga yo‘l qo‘yadi.
Ikkilamchi tarmoqlar, uzatilayotgan ma’lumot turining belgisi bo‘yicha bo‘linadi (telefon, telegraf, ma’lum otlarni uzatish). YAATga quyidagi ikkilamchi tarmoqlar kiradi:
avtomatik telefon aloqasi, u bir vaqtning o’zida ma’lumotlarni uzatish, faksimil uzatish va videotelefon uchun ishlatilishi mumkin;
• korxona va tashkilotlar o’rtasidagi telegraf aloqasi;
• umumdavlat ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i;
• televideniye dasturlarini uzatish;
• radioeshittirish dasturlarini uzatish;
• gazetalarni uzatish fototelegrafi;
• faksimil aloqasi.
Ixtiyoriy aloqa tarmog‘i, aloqa liniyalari bilan bog‘langan chetki punktlar va tugunlar majmuasidir. Bunda mazkur tarmoqqa axborotlarni kiritish va chiqarish amalga oshiradigan tarmoqning ixtiyoriy punkti chetki punkt deb ataladi. Ikkilamchi tarmoqlar hududiy belgilar bo‘yicha ham b o’linishi mumkin. Zona — bu 8 million abonent raqamlarigacha ishga tushirilgan hududdir. To‘g‘ri kanallar bog‘lami (yuqori foydalanish yo‘llari) ASHTS o’rtasida kiruvchi va chiquvchi axborotlarning jamlangan yuklamasi 8—10 Erlni tashkil etsa, UDATfT abonentlari sifatida telefon aloqasining maxsus ichki muassasa tarmog‘iga ulangan abonentlar ham bo‘lishi mumkin. Mavqeyi bo‘yicha ikkilamchi tarmoqlar ichida ikkinchi o’rinda turuvchi, mamlakatlarning telegraf aloqasi hisoblanadi, u umumiy foydalanish va abonentlarni telegraflash tarmoqlarini birlashtiradi. Abonentlarni telegraflash korxonalar, muassasalar va xalq xo‘jaligining boshqa bo‘g‘inlari o’rtasida hujjatli «so‘zlashuvlarni» amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Birlamchi tarmoqning sezilarli qismini tashkil qiluvchi eng muhim tarmoqlardan biri televideniye dasturlarini uzatuvchi tarmoq hisoblanadi. Bu tarmoq keng yo‘lakli (polosali) televizion kanal asosida tuzilgan.
Bu tarmoqning axborotlar manbayi sifatida telestudiyalarning uskunalari xizmat qiladi, ularga esa ma’lumotlar, o’z navbatida, telestudiyalar yoki ko‘chma televizion qurilmalardan kiradi.
Televideniye dasturlarini uzatishda shaharlararo tarmoq orqali ma’lumot mos telemarkazlarga uzatiladi, so‘ngra u efirga televizion qabul qilgichlar uchun uzatiladi.
Televizion dasturlarni uzatuvchi shaharlararo tarmoq ko‘p yo‘lakli kanaldan foydalanishning yorqin misolidir. Studiyadan bog‘lovchi liniya orqali dastur eng yaqin tarmoqli tugunda (TT) uzatiladi, u yerdan tarmoqli tugunda tarmoqlanib birlamchi tarmoq kanallari bo‘yicha, radiouzatuvchi stansiya ulangan TTga keladi, so‘ng dastur radiouzatuvchi stansiya antennasi orqali efirga uzatiladi.

Download 406.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling