Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimini qurishning umumiy masalalari. Guruh : 413-19 Bajardi: zarif jo’rayev toshkent 2023


Tarmoqning ma’muriy boshqaruv tizimi.Ma’muriy boshqaruv tizimlari modeli


Download 318.6 Kb.
bet5/6
Sana13.04.2023
Hajmi318.6 Kb.
#1350922
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mustaqil ish

Tarmoqning ma’muriy boshqaruv tizimi.Ma’muriy boshqaruv tizimlari modeli.
Tarmoqni ma’muriy boshqaruv tizimi tarmoqni boshqaruv markazlari texnik vositalaridan foydalangan holda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) Boshqaruv tizimining yordamchi funksiyalarini bajarilishini qo’llab turuvchi tarmoqni ma’muriy boshqaruv tizimining umumiy funksiyalari:
-boshqaruv tizimi elementlari orasida ma’lumot uzatish transport funksiyalari;
-ma’lum bir ajratilgan vaqt ichida ma’lumotni saqlash;
-ruxsat etilmagan foydalana olishdan himoya qilishni boshqarish;
-statistikani avtomatik olib borish (setemetriya);
-operatorlarning avtomatlashtirilgan ish joylaridan ma’lumot kirish-chiqishini ta’minlash;
-ma’lumotlar bazasini boshqarish;
-servis funksiyalari bajarilishini aks ettirish.
b) Tarmoqning ma’muriy boshqaruv tizimi;
-uskuna konfiguratsiyasini boshqarish;
-elementlarning rad etish holatlarida tarmoqda tashkiliy ishlar variantlarini ishlab chiqish;
-tarmoqning rivojlanishini boshqarish;
-avariya holatlarini kuzatish va ularni boshqarish;
-ko’rsatilgan aloqa xizmatlari uchun to’lov miqdorini aniqlash, tariflar va daromadlarni hisob-kitob qilish, tarmoqni tijorat strukturasidek boshqarish ( investitsiyalar va daromad);
-bog’liq resurslar zahirasini boshqarish;
-ko’rsatilgan aloqa xizmatlari uchun avtomatlashtirilgan to’lov o’tkazish;
-operatorlar faoliyatiga nisbatan yuridik xarakterga ega bo’lgan ma’lumotlar taqdim etishni ta’minlash.
Ma’muriy boshqaruv tizimlari (MBT). ITU-T, IETF (Internet), IEEE tavsiya qilgan Ma’muriy boshqaruv tamoyillari.
Hozirgi vaqtda MBT qurilishining texnologiya va tamoyillari ko‘p hollarda turli xalqaro tashkilotlarning ko‘psonli standartlariga asoslanadi. Bunda TTT (texnik ta’minlash tizimlari)MBTning asosiy tarkibiy bo‘limi sifatida ko‘riladi.
Tarmoqlarning ma’muriy boshqaruv standarti va ko‘rinishlarini yaratish ishiga ko‘maklashuvchi tashkilotlar:
ISO – Internatsional Organization for Stadardization
(Standartlash xalqaro tashkiloti)
ETSI – Europen Telekommunications Standards Institute
( Yevropa Telekommunikatsiyaviy standartlar institute)
NIST – National Institute of Standards and Technologi
(Standart va texnlogiyalar milliy instituti)
NMF – Network Management Forum
(asosan ta’minlovchi firmalardan tashkil topgan tarmoq boshqaruvi bo‘yicha Forum)
OSF – Open Software Foundation (ochiq dasturlash fondijamg‘armasi).
Hozirgi paytda telekommunikatsiyalarni ma’muriy boshqarish tamoyillari bo‘yicha boshqaruv materiallarning ikki oilasi mavjud:
a) xalqaro standardlar ISO/ITU-T;
b) xalqaro hamjamiyatda boshqaruv sohasida o‘zining soddaligi va ancha ilgari tadbiq etilganligini hisobga olgan SNMP protokoliga asoslangan va de-faktor bo‘lgan internet standartlari.
OSI/ISO standartlarida ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining etalon modeli ko‘rsatilgan.Tarmoq boshqaruvi bo‘yicha ISO standartlari yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarni rivojida muhim omil sanaladi.Hozirgi vaqtda ma’muriy boshqaruv va boshqaruv ta’siri uchun ma’lumotlar tizimi tarkibi, boshqaruvchi obyektlarga informatsion modellarni taqdim etish va ularni ishlab chiqishda rahbarlikdan to muayyan holatlarni monitoring hamda testlashgacha bo‘lgan ko‘p masalalarni qamrab oladi.(22).ISO standartlariga u yoki bu sohada X seriyali xalqaro elektraloqa ittifoqi-elektr aloqa standartlashtirish sektori (MSE-T, ingliz tilidagi adabiyotlarda- ITU-T) muvofiq keladi.Elektraloqa tarmoqlarini boshqarish turli nuqtai nazarlari M seriyali ITU-T tavsiyanomalaridaqayd etilgan. Unda TMN (Telecommunication Management Network) modeli ta’riflangan. M seriyali tavsiyanomalar o‘z asosida elektraloqa sohasidagi obyektlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashtiradi va X seriyali tavsiyanomalarga, ya’ni ISOning tarmoq bo‘yicha boshqaruviga to‘liq asoslanadi. Bu yerda tarmoq boshqaruvining sodda protokoliga asoslangan internet boshqaruv tarkibini (Simple network management protocol, SNMP) qayd etish zarur. SNMP so‘rov/javob, talab/javob, mijoz/serverga o‘xshash protokollardir. SNMP (REG1157) 80-yillarda TCP/IPtarmoqlarini boshqarish va monitoring qilish uchun tadbiq etilgan. SNMPga asoslangan o‘z soddaligi va arzonligi bilan “agentlar” tarmoq boshqaruvi elementlari bo‘lgan ta’minlovchi-firmalarining ko‘pchiligiga tadbiq etildi.Shuning uchun bu protokol xalqaro standart bo‘lmasa ham, internet tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha de-fakto standarti bo‘lib qoldi.Ikki oila o‘rtasidagi nisbatni quyidagicha izohlash mumkin:
OSI boshqaruv- murakkab, tadbiq etishda qimmat, sifatli boshqaruvni ta’minlaydi.
SNMP protokoli, uning versiyalari sodda, tadbiq etishda arzon, boshqaruv sifati kamroq(amalda faqat monitoring).

Download 318.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling