Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetining ilmiy-uslubiy kengashi
Download 30.75 Kb.
|
1 2
Bog'liqTf IUK nizomi
- Bu sahifa navigatsiya:
- TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETINING ILMIY-USLUBIY KENGASHI NIZOMI Toshkent - 2022
- I. Umumiy qoidalar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI “ T A S D I Q L A Y M A N ” Rektor v.b._____________Maxkamov B.Sh. 2022 yil “___” ________________ TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETINING ILMIY-USLUBIY KENGASHI NIZOMI Toshkent - 2022 TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETINING ILMIY-USLUBIY KENGASHI NIZOMI Mazkur Nizom 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qarori fakultetning Ilmiy-uslubiy kengashi faoliyatini tashkil etish, unda ko‘rib chiqiladigan masalalar va vakolatini belgilaydi. I. Umumiy qoidalar Ushbu Nizom asosida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallarida Ilmiy-uslubiy kengashlari va fakultet ilmiy-usulbiy komissiyalari ishini tashkil etish tartibini, unda ko‘rib chiqiladigan masalalar va vakolatini ham belgilaydi va ular uchun namunaviy Nizom shaklida foydalanish tavsiya etiladi. Ilmiy-uslubiy kengash: fakultetlar va ular tarkibiga kiruvchi kafedralarning o‘quv jarayonini tashkil qilish; bakalavriatura ta’lim yunalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalarini tuzish va muhokama qilish; fanlardan o‘quv-uslubiy majmualarning to‘liqligi va mazmunini; o‘quv jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini va yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash; talabalarning mustaqil bilim olishlarini tashkil etish; ilmiy-uslubiy konferensiyalarni tashkil etish; professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, ular tomonidan tayyorlanadigan o‘quv qo‘llanmalar va darsliklarni muhokama qilish va nashr etishga ruxsat berish kabi masalalarni muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Ilmiy-uslubiy kengash yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha universitet Ilmiy kengashiga tegishli takliflar kiritadi va yillik bajarilgan ishlar bo‘yicha universitet Ilmiy kengashiga hisobot berib boradi. Download 30.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling