Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti “axborot ta’lim texnologiyialari” kafedrasi


Download 26.66 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi26.66 Kb.
#1602398
1   2   3   4   5
Bog'liq
I bob laziza

Masalaning qo’yilishi. Mazkur individual loyiha ishi kompyuterli o’qitish tizimi uchun «AKT sohasida kasb ta’limi yo’nalishi talabalari uchun elektron-kutubxona» o’quv resursini ishlab chiqishga qaratilgan, yaratiladigan dasturiy mahsulot AKT sohasida kasb ta’limi yo’nalishidagi fanlar bo’yicha ma’lumotlarni va me’yoriy hujjatlarni o’z ichiga oladi. Ushbu elektron-kutubxona o’quv resursidan AKT sohasida kasb ta’limi yo’nalishidagi fanlarni o’zlashtirishda TATU SF 1-2-3-bosqich talabalariga qulaylik yaratish nazarda tutiladi.
Mavzuning dolzarbligi. Fanning elektron o’quv resurs deganda, Davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan talablar asosida talabalar tomonidan egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni kompetentlik darajasida rivojlantirishni, o’quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o’rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan elektron ko’rinishdagi o’quv–metodik manbalar, didaktik vositalar va materiallar, mezonlarini o’z ichiga oladi. Bugungi kunda kompyuter bilan ishlash sohalarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning kompyuter texnologiyalarini qo’llashni o’rgatish uchun online dasrliklar yaratishga bo’lgan talab oshib bormoqda. Bu qarashlarning barchasi individual loyiha ishi mavzusi dolbzarbligini belgilaydi.
Ishning maqsadi. Zamonaviy ta’lim tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga, ta’lim jarayoniga axborot va kommunikasiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi.
Individual loyiha natijasi sifatida Davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan talabalar tomonidan egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishni, o’quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o’rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv – uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, o’qitish texnologiyasi, baholash usullari va mezonlarini o’z ichiga olgan AKT sohasida kasb ta’limi yo’nalishidagi talabalar uchun ushbu yo’nalishda o’qitiladigan fanlardan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun multimediali elektron o’quv resurs yaratish maqsad qilib olingan.
Elektron o’quv resurs Davlat ta’lim standarti asosida tuziladigan fan dasturiga muvofiq hamda shaxsga yo’naltirilgan, rivojlantiruvchi va zamonaviy axborot-kommunikasiya muhitidagi mustaqil ta’lim olish texnologiyalari, tamoyillari hamda tegishli Nizom talablari asosida ishlab chiqiladi.

Download 26.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling