Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti “axborot ta’lim texnologiyialari” kafedrasi


Download 26.66 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi26.66 Kb.
#1602398
  1   2   3   4   5
Bog'liq
I bob laziza


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti
AXBOROT TA’LIM TEXNOLOGIYIALARI” KAFEDRASI
Ta’limda raqamli texnologiyalar” fanidan



3- mustaqil ISHI

Topshirdi:

AKT-20-01 guruh talabasi
Najmiddinova L.

Tekshirdi:

kat. o`q. Shodmonov D.

Samarqand-2023

Kirish


Axborot texnologiyalari sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanib, takomillashib borayotgan bugungi kunda ta’limni axborot texnologiyalari asosida tashkil etish, uning mazmunini talabalar ongiga to`laqonli singdirish dolzarb muammo sifatida ko`tarilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida o`qitishning muammoli usuli axborot-retseptiv va reproduktiv metodlari bilan birgalikda keng qo’llaniladi. Bu muhitda elektron ta’lim resurslari ta’lim mazmunini taqdim etish, talabaning bilish faoliyatini boshqarish va nazorat qilish vositalari sifatida foydalaniladi. Shu munosabat bilan ta’lim muassasalari o`quv dasturlariga mos zamonaviy dizayn talablari asosida elektron ta’lim resurslarini yaratish lozim bo`ladi. Bu jarayonda ayni o`quv materiali bir qancha vositalar bilan taqdim etilishi mumkin. Masalan o`quv materiallari nashr, audio, video, CD-disklar ko`rinishida bo`lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni (2017- yil 7- fevraldagi PF-4947-sonli) ning maqsad va talablaridan kelib chiqqan holda hozirgi kunda uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar milliy ta’limtarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos “milliy modelni” hayotga tadbiq qilishga, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan. Shuningdek, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘zaro hamkorlik va foydali aloqalarni rivojlantirish orqali kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklarni yo‘qotishga alohida e’tibor berilmoqda.
Ta’lim tizimini isloh qilish kelajakda o‘qituvchilik kasbini egallaydigan yangi avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy- siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Mazkur vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati o‘ta salmoqlidir. Pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘rganish, amalda qo‘llash ta’lim-tarbiya sifatini oshirish talabidan kelib chiqadi. Pedagogik texnologiyaning mohiyati-ta’lim jarayonini jadallashtirish, o‘quvchi va talabalarning o‘zlashtirishi hamda uning natijalari suratini tezlashtirishi, ijobiy natijalarga erishishni kafolatlashga qaratilgan pedagogik jarayonni anglatadi.

Download 26.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling