Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti “axborot ta’lim texnologiyialari” kafedrasi


I BOB. TA’LIM BERISH JARAYONIDA ELEKTRON-KUTUBXONA O’QUV RESURSINING AHAMIYATI


Download 26.66 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi26.66 Kb.
#1602398
1   2   3   4   5
Bog'liq
I bob laziza

I BOB. TA’LIM BERISH JARAYONIDA ELEKTRON-KUTUBXONA O’QUV RESURSINING AHAMIYATI.


1.1.Masofaviy ta’lim jarayonida elektron o’quv resursini tadbiq etish.
Hozirgi globallashuv davrida internet tarmog'i orqali real vaqt tizimida o'qitish tezlik bilan rivojlanib borayotgan ta'lim olish turlaridan biri hisoblanmoqda. Elektron ta'lim tizimi ixtiyoriy masofadan hech bir to'siqlarsiz ta'lim berish va ta'lim olish imkoniyatini yaratadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, an'anaviy ta'lim tizimiga nisbatan real vaqt tizimidagi masofaviy ta'lim tizimida o'qitish samaradorligi yuqoriroqdir. Real vaqt tizimidagi masofaviy o'qitish tizimida video ma'ruzalardan foydalanish eng samarali o'qitish usulidir. Bu albatta ta'lim olish samaradorligini yanada oshiradi va yetuk kadrlar tayyorlashga zamin bo'ladi degan fikrdaman.
Hozirgi kunda ta'lim jarayoniga axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) shiddat bilan kirib kelishi bilan birga, u ta'limning samaradorligini oshirishda eng qulay omillardan biri bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham ilg'or mamlakatlar ta'lim tizimida kompyuter texnikasidan, zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalaridan unumli foydalanishga qaratilgan izlanishlar to'xtovsiz kechmoqda.
Elektron ta’lim resurslari hamda masofaviy ta’lim o‘quv-metodik ta’minotining samarali integratsiyasini ta’minlashi, talabalarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni topish, o‘rganish hamda muammoli masalalarni hal etish orqali ularda ma’lum tadqiqot ishlarini amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirishi, ta’lim oluvchilarning kurs, malakaviy bitiruv ishlarini bajarishda, magistrlik dissertatasiyalarini tayyorlashda o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlab olish, axborot hamda ma’lumotlarni tahlil eta olish kabi malakalarni shakllantirishi uchun sharoit yaratishi kabi didaktik vazifalarni ham amalga oshiradi.
Elektron ta’lim resurslaridan foydalanishda o‘quvchilar faol ishtirok etadi, topshiriq ustida ishlaydilar, o‘zgalarning fikr - mulohazalarini muhokama qiladilar, tinglaydilar, savollar beradilar, bir-biridan yordam so‘raydilar, yordam berishni o‘rganadilar. Elektron ta’lim resurslarining samaradorligi, avvalo, undan foydalanishga puxta tayyorgarlik ko‘rishga bog‘liq. O‘qituvchi uchun darsga tayyorlanish eng mas’uliyatli va eng muhim ish hisoblanadi. Elektron ta’lim resurslarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va o‘quv jarayonida keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda ta’lim sohasida qo‘llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron o‘quv nashrlarning turli xillari yaratilib, ular o‘z tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy o‘qitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda. Elektron ta’lim resurslarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
• matnning elektron versiyasi;
• kitobning gipermatnli elektron versiyasi;
• grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;
• animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;
• animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud
darsliklar.

Download 26.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling