Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta'lim” fakultеti 4 bosqich stt 19-01 (uz)


Optik aloqa tizimlarining tuzilishi, ish prinsipi


Download 1.18 Mb.
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1479729
1   2   3   4
Bog'liq
Multimedia axborotli oqimlar.

Optik aloqa tizimlarining tuzilishi, ish prinsipi

Nihoyat, 1970 yil "Korning Glass" firmasi mutaxassislari to‘lqin uzunligi qq063 mkm bo‘lgan nur uchun yutish koeffisiyenti 20 db/km dan kichik bo‘lgan nur uchun nur o‘tkazuvchi tolalarni yaratdilar. Bunday tolalar uzun to‘lqinli optik aloqa liniyalarida ishlatsa bo‘ladigan sifatlarga ega edi. Shuning uchun 1970 yil tolali optikaning tug‘ilgan yili deb sanala boshlandi. Ana shundan so‘ng tolali optika aloqasi misli ko‘rilmagan tezlik bilan rivojlanib ketdi, ular ishlatiladigan sohalar ko‘paya boshladi: telefon tarmoqlari orqali ishlaydigan televideniye, aviatsiya va dengiz flotida, bort aloqasi, hisoblash texnikasi, texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish tizimi va h.k.larda ham ishlatila boshlandi. Bundan tashqari, nurli tolalarning tashqaridan tushuvchi elektromagnit to‘lqinlarning ta'sirini sezmasligi, vaznlari kam va ixchamligi ham aniqlandi. Shunday qilib, optik aloqa tizimlarining negizi shaffof va toza shishadan qilingan tola bo‘lib, u yaxshi xizmat qiladi.



Shisha tola nur tarqatishga juda qulay muhit bo‘lsa ham, uning kamchiliklari bor:
1) u ochiq havoda (p2<1) bo‘lgani uchun unga tashqi muhit ta'sir ko‘rsatadi, uning ustiga changlar o‘tirib iflos qiladi, bu esa nurning so‘nishiga olib keladi;
2) tolani ushlab turuvchi tayanchlarning kontaktlarida qo‘shimcha so‘nish paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, shisha tola mo‘rt bo‘ladi.
Agar uning ustiga qandaydir muhofaza qatlamlari yotqizilmasa, sinib ketishi juda oson. Bu kamchiliklar ikki qatlamlik hisobiga bartaraf etiladi. Shishali tolalar cho‘zib olinib (qqT=2000°s ga yaqin), barabanlarga o‘rab olinganliklari uchun bunday tolalarda nurning troyektoriyasi egri chiziq bo‘lib, uning aniq qaytadigan chegarasi bo‘lmaydi. Qobiq tarafga yo‘nalgan nur tola o‘qi tarafiga qarab egila boshlaydi va u yana o‘zak markaziga qarab tarqaladi. Shisha tolalar orqali axborot yuborilganligi uchun ularning so‘nish koeffisiyenti minimal bo‘lishi zarur, chunki optik aloqa liniyalari (1-100) km masofalarga cho‘zilishi mumkin. Buning uchun ularning yutish koeffisiyenti qq01-1db/km bo‘lishi kerak. Bunday katta talabga faqat a'lo sifatli optik shishalar, ayniqsa shishasimon kvarslar javob beradi. Kvars boshqa shishalardan o‘zining bir jinsliligi va nurning Relecha sochilish koeffisiyenti kichikligi bilan ajraladi.

Internet tarmoqlarida amalga oshiriladigan ilovalarga World Wide Web (WWW), elektron pochta, haqiqiy vaqtda Internet orqali axborot almashish (chat rooms), oqimli video, muzikali saytlarga ulanish kiradi. WWW qo’llanilgan holatda foydalanuvchi kompyuter ekranida matn va grafik ob‘ektlarni ko’radi, belgilangan ob‘ektga sichqoncha tugmasini bosadi va mos kelgan sahifa ekranda paydo bo’ladi.



Boshqa ilovalar oqimli video xizmati hisoblanadi. Oqimli video - video yozishni bajarish uchun manba va qabulqilgich mos keluvchi qurilmaga ega bo’lishi kerak. Internet protokollari va vositalarini qo’llash bilan video oqim manbadan qabul qiluvchiga jo’natiladi. Bu xizmat talab bo’yicha video (Video on Demand, VoD) ilovalardan biri singari ko’rilishi mumkin.
Oxirgi serverda joylashgan, o’chirilgan ma‘lumotlar fayllariga ulanish usullaridan biri, mijoz so’rovi bo’yicha fayl nusxasini uzatish hisoblanadi. Bu maqsadda Internet tarmoqlarida standart protokol FTP (File Transfer Protocol) -fayllarni qayta uzatish protokoli qo’llaniladi.
FTP protokoli server va mijoz orasida ma‘lumotlar fayllarini almashish uchun qo’llaniladi. Har bir oxirgi nuqta fayllarni uzatish va olish/so’rash imkoniga ega. Bunday fayllarga matn, grafika, tasvirlar, ovoz, video va multimediyali axborot bo’lishi mumkin. Shuningdek FTP protokoli, mijoz kompyuteriga dasturiy ta‘minotni yuklash uchun ham qo’llaniladi. Foydalanuvchi FTP protokoli yordamida olinadigan fayllarni to’g’rilashi mumkin (o’chirish, nomini o’zgartirish, nushalash va boshqalar).
Texnik nuqtai nazardan WWW, yagona HTTP (Hypertext Transfer Protocol) protokoli yordamida muloqot qilinadigan ko’pgina mijozlar va serverlar sifatida ko’riladi. Internetda gipermatnni aks ettirish, yaratish va saqlashni yengillashtirish uchun HTML (Hypertext Markup Language) dasturlash tili qo’llaniladi. HTTP va HTML protokollarining kombinatsiyasi Internet global tarmog’i orqali matn, grafika, ovoz, video va boshqa multimediyali fayllarni uzatishni ta‘minlaydi.
Elektron pochta IP tarmoqda eng eski ilovalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda millionlab odamlar har kuni elektron pochta orqali axborot almashadi. Bu almashish SMTP (Simple Mail Transfer Protocol – pochta xabarlarini eltishni oddiy protokoli) protokoli yordamida amalga oshadigan mijoz va server orasida ma‘lumolar almashishni yana bir ko’rinishi hisoblanadi.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling