Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti tt 11-19 (s) guruh talabasi Shaymardanov Sirojiddinning ishlab chiqarish amaliyotdan tayyorlagan hisoboti
Amaliyot o’tash tashkiloti (“Alfiya” MCHJ) bilan tanishuv
Download 5.19 Mb.
|
Amaliyot hisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr xafsizligini ta’minlash.
Amaliyot o’tash tashkiloti (“Alfiya” MCHJ) bilan tanishuv.
Men Turayev Mehrojbek ishlab chiqarish amaliyotini “Alfiya” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o’tkazdim. Tashkilot 1996-yil tashkil etilgan. Tashkilot rahbari Tursunov Botir. “Alfiya” mas’uliyati cheklangan jamiyati Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, G’alaba MFY, G’ofur G’ulom ko’chasi 6/15-uyda joylashgan. Korxona muhr va tamg’a tayyotlash va matbaa faoliyati bilan shug’ullanadi. Amaliyot o’tash muddati 12-iyundan 22-iyulgacha davom etdi. Shu davr ichida menga xavfsizlik qoidalari, korxonadagi qurilmalar, tartib-intizom va ish jarayoni haqida to’liq ma’lumot oldim. Korxonadagi amaliyot rahbarim butun amaliyot davomida o’quv-uslubiy hamda amaliy yordam qilib bordilar. Elektr xafsizligini ta’minlash. Sanoat korxonalarida o‘rnatilgan kompyuter, yordamchi mashina mexanizmlar, shkaflar, boshqarish pultlari hamda elektr asboblar va boshqa jihozlarning hammasi, agar ularni ishlatish uchun foydalanadigan elektr quvvati 42 V dan yuqori kuchlanishga ega bo‘lsa, albatta erga ulangan bo‘lishi shart. Komp’yuter va boshqa tashkiliy texnikalarda ishlovchilar uchun me’yorlar va sanitariya qoidalari. Ushbu sanitariya qoida va me’yorlari har xil tarmoqlarda keng ishlatiladigan komp’yuter (KT) va tashkiliy texnika (TT)larda ishlovchilarning meqnatini tashkil etib, qulay meqnat sharoitini yaratib berishga yo‘naltirilgan. Talab va qoidalarning amalda bajarilishi mehnat sharoitini qulaylashtirib, ish qobiliyatini oshirish va ishlovchilarning sog‘ligini saqlab qolishga yordam beradi. 1. KTsi ma’lumotlarni kiritish (to‘plash), uni ishlash va natijani uzatishga, TT ma’lumotlarning nusxasini olishga mo‘ljallangan. KT va TTda ishlovchilar aqliy mehnat qiluvchilar toifasiga kiradi. KT da ishlaydiganlarga quyidagilar kiradi: matematik programmalovchi, boshqaruvchilar, muhandis elektronchilar, texnik sozlovchilar, rejalashtirish va hisob-kitob operatsiyalari (hisob-kitobchilar, iqtisodchilar) bilan band bo‘lganlar. 2. KT si bilan ishlaydiganlar ishlab chiqarish muhitini zararli va xavfli omillari hamda mehnat jarayoni ta’siriga uchrashi mumkin: - elektromagnit maydoni - EMM (radiochastota, past quvvatli rentgen nurlanishi, ultrabinafsha va infraqizil nurlanish); - elektrostatik maydonlarining kuchlanganligi; - havoning ionizatsiyalanishi; - kimyoviy omil, azon, lazerli printerlar ishlatilganda toner bo‘yoq moddasining changi; - meteorologik omil: joy iqlimining o‘ziga xosligi, yil fasli, ventilyassiya hamda isitish tizimi va boshqalar; - mexanik va elektr qurilmalarida ishlaganda hosil bo‘ladigan shovqin; - elektr tokidan jarohatlanish xavfi; - ruhiy hissiyotlar, zo‘riqishining ortib ketishi; - ko‘rish analizatorining zo‘riqishi; - barmoqlar va panjaning muskuli hamkorligida tez sur’atda bajariladigan bir xil chegaralangan harakat; - tananing majburiy, bir xil ishchi holatda turishi, gipokeneziya. TTlar bilan ishlashda havoning ionlashuvi, elektromagnit maydonining kuchlanganligi, azon, bo‘yoq moddasining changi, majburiy ishchi holat, zararli va xavfli omillar hisoblanadi. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling