Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti tt 11-19 (s) guruh talabasi Shaymardanov Sirojiddinning ishlab chiqarish amaliyotdan tayyorlagan hisoboti


Download 5.19 Mb.
bet9/14
Sana15.10.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1704067
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Amaliyot hisoboti

Tarmoq qurilmalari. Tarmoqda ishlatiladigan qurilmalar 2 ta asosiy turga bo‘linadi:
1. apparatli qurilma; 2. dasturiy qurilma.
Bu qurilmalarni asosiy vazifalari tarmoq orqali uzatilayotgan ma‘lumotlarni uzatish va qabul qilishdan iborat.Bu qurilmalar quyidagilardir:
- HUB (uzatish signallarini kuchaytiruvchi va qayta ishlovchi);
- BRIDGE (ko‘prik); 
- ROUTER (marshrutizator); 
- SWITCH (kommutator); 
- GATEWAY (shlyuz); 
- MODEM.
1. HUB qurilmasi aktiv qurilma bo‘lib uzatilayotgan ma‘lumotlarni signal darajasini kuchaytirish imkoniyatiga ega.

1-rasm. HUB qurilmasi
Ko‘pincha HUB qurilmasi ishlatuvchilari ko‘p bo‘lmagan lokal tarmoqlarda ishlatiladi (4, 8 ta). HUB umumiy shinaga ega bo‘lib, agar portlar sonini oshiradigan bo‘lsak ma‘lumotlarni uzatish qobiliyati kamayib ketadi. -UTP kabeli uchun HUB 4, 8, 16 ta masofasi 100 m: - RG 58 kabeli uchun HUB 4, 8 ta masofa 185 m.
2.BRIDGE (мост – ko’prik) qurilmasi 2 ta yoki undan ortiq bo‘lgan tarmoqlarni bir biriga ulash uchun ishlatiladi (ko‘prik vazifasini o‘taydi).


2.1-rasm. Bridge (ko’prik) sxemasi
3.ROUTER (marshrutizator) qurilmasiham BRIDGE (ko‘prik) qurilmasi kabi 2 ta yoki undan ortiq bo‘lgan tarmoqlarni birlashtiradi yoki ajratadi. Farqi ROUTER (marshrutizator) qurilmasi katta tarmoqlarda ishlatiladi. Bundan tashqari marshrutizator qurilmasi kerakli tarmoqni yoki kerakli yo‘lni tanlash imkoniyatiga ega. Bu holda kirishga kelayotgan ma‘lumotlar tanlash orqali o‘z yo‘llarini topadi.

3-rasm. Router (marshrutizator) qurilmasi
4. SWITCH (kommutator) qurilmasi yordamida kichik tarmoqlarda ishlash mumkin. HUB dan farqi, o‘tkazish qobiliyati yuqoriligidir. Bunda bir nechta juft qurilmalar ma‘lumot almashish imkoniyatiga ega.

4-rasm. Switch (kommutator) qurilmasi
5.GATEWAY (shlyuz) qurilmasi har xil turdagi tarmoqlarni bir biriga ulash uchun ishlatiladi. Birlashtirish jarayonida kelayotgan ma‘lumotlar borishi kerak bo‘lgan portga yoki adresga uzatiladi va shu qurilmadan o‘tish jarayonida protokollari o‘zgartiriladi.

5-rasm. Gateway (shlyuz) qurilmasi
6.MODEM. Modemning bajaradigan asosiy ishi, raqamli signallar ko‘rinishidagi ma‘lumotlarni kerakli tezlik va aniqlik bilan uzatishdan iboratdir. Modemlar axborot manbasidan, aloqa kanalining parametrlariga ega bo‘lgan va berilgan tuzilishga ega bo‘lgan signallarni muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.

6-rasm. Modem qurilmasi

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling