Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti
Axborot texnologiyasining rivojlanish tarixi
Download 0.61 Mb.
|
TDS MI 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki omillar
- 1 – bosqich.
- 4 – bosqich.
Axborot texnologiyasining rivojlanish tarixi
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ular quyidagilar: Ichki omillar. Tashqi omlilar. Ichki omillar- bu axborotni poydo bo’lish turlari, xosalari, axborot lar bilan turli amallarni bajarish, uni jamlash uzatish, saqlash va h.k. Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnika – uskunaviy vositalari orqali axborot bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning yeng muhim omillaridan biri bo’lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha bosqichlarni bosib o’tdi. 1 – bosqich. XIX asirning 2 – yarmigacha davom yetgan. Bu bosqichda «qo’llik» axborot texnologiyalari taraqqiy yetgan. Uning vositasi pero, siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya ya’ni aloqa odamdan – odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan. 2 - bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat. 3 – bosqich. XX asirning boshlariga mansub bo’lib, «yelektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o’zgardi. Unda asosiy urg’u axborotni tasvirlash shaklidan uning mazmunini shakllantirishga ko’chiliriladi. 4 – bosqich. XX asir o’rtalariga to’g’ri kelib, «yelektron» texnologiyalar qo’llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi YEXM lar va ularning asosida tashkil yetiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir. 5 – bosqich. XX asirning oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari taraqqiy yetdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo’ljallangan turli dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi. Tarmoq so’zining ma’nosi narsalarning, qurilmalarning yoki odamlarning o’zaro bog’langan tizimi yoki guruhini anglatadi. Kompyuter tarmoqlari esa eng kamida o’zaro ulangan ikkita kompyuterlar tizimi tushuniladi. Tarmoq shartini bajarilishi faqatgina o’zaro bog’lanish emas, balki o’zaro ma’lumot almashish jarayoni amalga oshirilishi shart. Tarmoq arxitektura esa yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuterlarni bog’lanishi orqali hosil qilingan tarmoqni qanday asosda qurilganini, qanday qurilmalardan foydalanilgani, qaysi protokollar ishlatilgani, tizimda qanday muhitlardan foydalanib ma’lumotlar uzatilishi yoki har bir jarayonni fizik va mantiqiy holatlarni bajarilishini pog’onalarga ajratib bajarilishi tushuniladi. Har bir tarmoq arxitekturasi belgilangan standartlar asosida yoki xech qanday standartga asoslanmagan holatda ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, kompyuter tarmoqlarini OSI etalon modeli asosida qurish bilan global miqyosida ma’lumot almashishni ta’minlash mumkin. Sababi dunyoda ko’plab mamlakatlarning kompyuter tarmoqlari ushbu etalon asosida ishlaydi. Agar OSI modeliga asoslanmagan qandaydir belgilanmagan standartga asosan kompyuter tarmoqlari loyihalansa, o’sha tizim ichidagi qurilmalar o’zaro ma’lumot almasha oladi, OSI asosidagi tarmoq bilan esa ma’lumot almasha olmaydi, sababi uning standarti boshqacha. Quyida 1-rasmda kompyuter tarmoqlari OSI modeli asosida qurilgan arxitekturasi keltirilgan. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsa, turli xil tarmoq arxitekturalari ko’plab standartlar asosida ishlab chiqiladi, masalan, matnni formati, matni raqamli ko’rinishga o’zgartirish, raqamli matnni signal ko’rinishiga o’zgartirish yoki aksincha, signalli axborotlarni simsiz muhitda uzatish, qabul qilish jarayonlari ma’lum standartlar asosida ishlab chiqiladi. Tasavvur qiling ikki standart asosida ishlab chiqilgan tizim orasida ma’lumot almashish qanchalar murakkab bo’ladi. Shuning uchun ham global tarmoqlarni loyihalash va qurish uchun yagona standartdan foydalanish har doim afzal hisoblanadi. Bu xuddi ko’plab millatlarni bitta zalda ingliz tilida gaplashishi qanchalik osonligini ko’rsatadi. Agar har bir millat o’zining tilada gaplashsa, ularni tushunish uchun qancha tarjimon kerak bo’ladi yoki ba’zi tillar uchun tarjimon topilmasligi ham mumki. Shuning uchun ham tarmoqlarni qurishda yagona arxitekturaga asoslanish tarmoqni sodda va kam xarajatlar asosida qurish imkoniyatini beradi. Tarmoq elementlari va pog’onali arxitektura. Mavzu: Ma’lumotlarni uzatish interfeysi. Interfeyslar konsolidatsiyasi.Reja:Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling