Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari


Telekommunikatsiya tizimlarining ikkilamchi (kommutatsiyalanadigan) tarmoqlari


Download 144.26 Kb.
bet2/6
Sana16.04.2023
Hajmi144.26 Kb.
#1361146
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARI VA TARMOQLARI

Telekommunikatsiya tizimlarining ikkilamchi (kommutatsiyalanadigan) tarmoqlari - telefon, telegraf, ma’lumotlar uzatish va boshqalar - berilgan xabar turlarini uzatish yoki almashtirishni bevosita ta’minlash uchun yaratiladi. Ikkilamchi tarmoqlar telekommunikatsiya xizmatlarini hamma abonentlarga - tizim foydalanuvchilariga etkazadi. Ikkilamchi tarmoqlar soni, tizimni loyihalashda ko‘rsatilgan axborot turlari soni bo‘yicha aniqlanadi.
Har bir ikkilamchi tarmoq mazkur tarmoq foydalanadigan, birlamchi tarmoq kanallaridan, axborotning berilgan turini qayta o‘zgartirish, qayta ishlash va telekommunikatsiya kanaliga kiritish apparaturalari, kommutatsiya qurilmalari, shuningdek boshqarish tizimidan tashkil topadi. Tizim (tarmoq) elementlari orasida o‘zaro bog‘lanish topologiyasiga bog‘liq holda ikkilamchi tarmoqni u yoki bu strukturali deyish mumkin. Biz asosan ishonchliligi va yashovchanligi elementlarni ketma-ket va parallel ulash formulalari bo‘yicha hisoblanishi mumkin bo‘lgan strukturalarni ko‘rib chiqamiz. Bundaylarga to‘liq bog‘lanishli tarmoq, to‘rsimon va boshqa uzelli strukturalar kiradi.
Telekommunikatsiya tarmoq uzellari va liniyalari bilan birga tizim strukturasining muhim elementi bu telekommunikatsiyaning oxirgi uzellaridir.
Telekommunikatsiyaning oxirgi uzellari odatda, mazkur tizim ikkilamchi tarmoqlari ta’minlaydigan hamma turdagi xizmatlarni foydalanuvchilarga taqdim etadi. Oxirgi uzel asosiy strukturaviy elementlari quyidagilardan tashkil topadi: kanal hosil qilish punkti yoki stansiyasi (uzatish tizimi, kanallar krossi), ikkilamchi tarmoqlar soniga mos holda telefon, telegraf, faksimil yoki boshqa turdagi stansiyalar (punktlar), radiouzel (uzatuvchi va qabul qiluvchi radiomarkazlar), yo‘ldoshli aloqa stansiyasi, uzelning abonent tarmog‘i, uzelni boshqarish punkti, elektr ta’minot stansiyasi va x.k.
Abonentlar bilan bevosita bog‘lanadigan kanal xosil qiluvchi stansiyalar va punktlar- telefon, telegraf, ma’lumotlar uzatish va boshqalar - odatda ular xizmat ko‘rsatadigan boshqarish organlariga yaqin erlarga joylashtiriladi. Agar kanal hosil qiluvchi stansiya aholi foydalanishiga mo‘ljallangan bo‘lsa, ular mos aholi punktining markaziga joylashtiriladi. Telekommunikatsiya uzellari va tizimlarining rivojlanish xarakterli belgisi - uning elementlari integratsiyasining chuqurlashishidir.
Telekommunikatsiya tarmoqlarining strukturasi haqidagi keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, uning elementlari o‘zaro bog‘langan holatdadir. Demak, ularning raddiyalari, buzilashlari yoki nosozliklari o‘zaro korrelyasiyalangan bo‘lishi mumkin. Masalan, agar kabel magistrali ishdan chiqsa hamma kanallar bo‘yicha ikkilamchi tarmoqlardagi bog‘lanish to‘xtaydi; tarmoq uzelining buzilishi unga kiruvchi hamma magistrallar bo‘yicha aloqani to‘xtatadi; ikkilamchi tarmoqning umumiy kommutatsion qurilmasi ishdan chiqsa, bu tarmoqning hamma aloqalari ishlamaydi; oxirgi uzelning yadrosi ishdan chiqsa, u orqali bog‘lanishlarning hamma turi to‘xtaydi. Hamma bu o‘zaro bog‘lanishlar tarmoq ishonchliligi va yashovchanligi ko‘rsatkichlarini hisoblashga, ularni oshirish usullariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.



Download 144.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling