Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari


Ikki qutbli telekommunikatsiya tarmoqlarining yashovchanlik ko‘rsatkichlar


Download 144.26 Kb.
bet5/6
Sana16.04.2023
Hajmi144.26 Kb.
#1361146
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARI VA TARMOQLARI

Ikki qutbli telekommunikatsiya tarmoqlarining yashovchanlik ko‘rsatkichlar. Ikki qutbli telekommunikatsiya tarmoqlari lokal faktorlar, ko‘chkilar, er silkinishi, sel, toshqin va boshqalar ta’siri natijasida ishdan chiqishi mumkin. YAshovchanlikni ta’minlash bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilgandan so‘ng bunday xodisalar etarlicha kam bo‘lishi mumkin, lekin bunda aloqani ta’minlash odatda ko‘p vaqt talab qiladi.
Ikki qutbli telekommunikatsiya tarmoqlarining ishlash jarayoni yaroqli ishlash davri va aloqada uzilishlar (qayta tiklanish) ketma-ketligidan iborat bo‘ladi, bunda uzoq vaqt mobaynida faqat bitta mos ta’sir faktori ro‘y berishi mumkin. Bunday jarayonni tayyorlik koeffitsienti (bog‘langanlik ehtimolligi) orqali tavsiflash mumkin emas. Xizmat ko‘rsatilayotgan boshqarish tizimi (foydalanuvchi) uchun u yoki bu ta’sir faktori yoki ular to‘plamining zarbasi oqibatida mazkur aloqaga nima bo‘lishi tasavvuriga ega bo‘lish muhimdir. Bunday tasavvurni ikki qutbli tarmoqqa ta’sirlar (zarbalar) faktori oqibatidagi yashab qolish ehtimolligi Rv, shuningdek, aloqani tiklanish oldindan aytiladigan davomliligi Tv yordamida ega bo‘lish mumkin.
Ko‘p qutbli tarmoqlarining yashovchanlik ko‘rsatkichlari. Ko‘p qutbli telekommunikatsiya tarmoqlari, umumiy holda faraz qilingan shikastlovchi faktorlar ta’siri natijasida butunlay ishdan chiqmaydi. Ko‘p qutbli tarmoqlar yashovchanligini baholash uchun ikkilik tizim ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin emas. SHu bilan birga, ishonchlilikka o‘xshashligi bo‘yicha tarmoq yashovchanligining qoniqarli ko‘rsatkichlari mos faktorlar ta’siri sharoitlarida berilgan davr mobaynida bog‘lanishlarni saqlab qolgan, qutblar juftligining o‘rtacha ulushi yoki matematik kutilmasi bo‘ladi.
Agar telekommunikatsiya tarmoqlaridagi o‘zaro intiluvchi hamma qutblar juftligi orasida yashovchanlik tahminan bir xil bo‘lsa, u holda uni bitta qutblar juftligi orasidagi yashab (saqlanib) qolish ehtimolligining o‘rtacha qiymati orqali tavsiflash mumkin. Son jihatdan bu o‘rtacha qiymat berilgan ko‘p qutbli tarmoqlarda saqlanib qolgan qutblar juftligining o‘rtacha ulushiga teng bo‘ladi.
Tarmoq qutblari orasida aloqaning o‘ta farqli yashovchanligida har bir ikki uch guruh bo‘yicha saqlanib qolgan aloqalarning o‘rtacha ulushi hisoblanadi. Aloqalar bir xil yashovchanlik belgisi di bo‘yicha guruxlanishi mumkin.

Download 144.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling