Telekomunikatsiya injiniringi va akt sohasida
Download 1.7 Mb.
|
AHMADALIYEV MUHAMMADSODIQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. KIRISH. II. NAZARIY QISM. 2.1. Web ilovalar va ular haqida umumiy ma’lumotlar. 2.2. HTML, Java Script va CSS texnologiyalari.
- 3.2. Web saytning tashqi dizayn ko’rinishini (front-end) yaratish. 3.3. Web saytning ichki ko’rinishini (back-end) yaratish. IV. XULOSA.
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNVERSITETI FARG`ONA FILIALI TELEKOMUNIKATSIYA INJINIRINGI VA AKT SOHASIDA KASB-TA`LIM YO`NALISHI 620-21 GURUH TALABASI AHMADALIYEV MUHAMMADSODIQ “WEB DASTURLASH” FANIDAN TAYYORLAGAN LOYIHA ISHI WEB SAYTINI YARATISH. REJA: I. KIRISH. II. NAZARIY QISM. 2.1. Web ilovalar va ular haqida umumiy ma’lumotlar. 2.2. HTML, Java Script va CSS texnologiyalari. 2.3. Ma’lumotlar bazalari, PHP dasturlash tili tushunchasi. III. AMALIY QISM. 3.1. Web sayt xarakteristikalari. 3.2. Web saytning tashqi dizayn ko’rinishini (front-end) yaratish. 3.3. Web saytning ichki ko’rinishini (back-end) yaratish. IV. XULOSA. V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. VI. FOYDALANILGAN INTERNET SAYTLARI. I. KIRISH Bugun kompyutеr tеxnologiyalari dunyoda jadallik bilan rivojlanayotgan sohalardan biriga aylanib, kompyutеrlar asta-sеkin insonlar hayotiga kirib bormoqda. Ya’ni, faol ish yurituvchini intеrnеt global tarmog’isiz, intеllеktual ishchini esa ish joyida kompyutеrsiz tasavvur qilish qiyin. Kompyutеr tеxnologiyalari inson hayot tarzida, kichik va katta korxonalarda, kompaniyalarda, o’quv dargohlarida, davlat muassasalarida bеhad ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda har bir tashkilot qaysi sohada ish olib bormasin, dunyo bozoriga chiqish uchun o’z faoliyatida intеrnеtdan foydalanish zarurligiga katta etibor qaratmoqda. Intеrnеtda axborotni joylashtirish uchun uning ekrandagi ko’rinishi qulay bo’lishiga e'tibor bеrish zarur. Aql bilan yaratilgan sayt, qoida bo’yicha, informatsion yagona bus-butun bo’lishi va joylashtirilgan axborotning ahamiyatiga qarab, ma'lum standartga ega bo’lishi kеrak. Yuqorida kеltirilganlardan Web-saytni yaratish va uni loyihalash jarayonlarini o’rganib chiqish muammolarining kundalik zarurligi va dolzarbliligi kеlib chiqmoqda. Ushbu qo’llanma o’quvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida yaratilgan bo’lib, ular maktablar yoki o’quv markazlari haqida masofadan turib to’liq ma’lumotga e’ga bo’lib o’zlari istagan o’qituvchining darslariga online ravishda yozilish imkoniyatini yaratib beradi. Ayniqsa xozirgi COVID-19 pandemiyasi paytida bunday loyihalar juda dolzarb xisoblanadi. Shu sababdan, ushbu yo’nalish mutaxassislariga, ularning informatsion intеllеktual faolligi va zamonaviy tеxnologik madaniyatiga yuqori talablar qo’yilmoqda. Tashkilot va muassasalarning samarali ishlashi, mutaxassis va umuman, jamoaning muvaffaqiyati tadqiqodchi va foydalanuvchilarning zamonaviy kompyutеr va Web–tеxnologiya uslublari va instrumеntal vositalarini qanday darajada o’zlashtirib olganliklariga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ushbu loyiha ishi informatsion tеxnologiyaning yangi va samarali yo’nalishini o’rganishga yo’naltirilgan. Web-tеxnologiya va WWW butun dunyo cho’lg’amining ishlab turish asoslarini, Web-sahifa saytlarini yaratish va rеjalashtirishni va ularni intеrnеtga joylash va rеklama qilishning ahamiyati bеqiyos katta dеsak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global kompyuter tarmogidir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma`noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi informatsion tizim bo`lib, o`zining alohida axborot maydoniga ega bo`lgan virtual to`plamdan tashkil topadi. Internet, unga ulangan tarmoqda kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro ma`lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O`zining kompyuteri orqali internetning xap bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan suratlar bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini amalga oshirishi va xatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan shaxmat o`ynashi mumkin. Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahon bo`ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona informatsion muhitga biriktirish imkoniyati tug`ildi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan taxlil kiladigan bo`lsak, internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o`zaro ma`lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib beruvchi "informatsion magistral" vazifasini o`taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo`lgan ma`lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o`rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o`z-o`zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo`lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir: Texnik Programmaviy Informatsion Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi va tipdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sputnik, shisha tolali va boshka turdagi tarmoq kanallari), hamda tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko`rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog`ining umumiy faoliyatiga aslo ta`sir etmaydi. Internetning programmaviy ta`minoti (tarkibiy kismi) tarmoqda ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish, ma`lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda informatsion xavfsizlikni ta`minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi programmalar majmuidan iboratdir. Internetning informatsion tarkibiy qismi Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan turli elektron hujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim biri, u butun tarmoq bo`ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, shaxsiy kompyuteringizda o`qiyotgan elektron darsligingizning matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlari esa uchinchi manbadan yig`ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o`zaro moslashuvchan "giper-bog`lanishlar" orqali bir necha manbalar majmuasi ko`rinishida tashkil etish mumkin ekan. Natijada millionlab o`zaro bog`langan elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan informatsion muhit hosil bo`ladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling