Teleradio eshittirish
Tadqiqot va loyihalashda axborot texnologiyalari
Download 63.69 Kb.
|
TELERADIO ESHITTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomatlashtirilgan ilmiy tadqiqotlar tizimlari.
- Avtomatlashgan loyihalash tizimi.
Tadqiqot va loyihalashda axborot texnologiyalariIlmiy tadqiqotlar va loyiha-konstruktorlik ishlarining samaradorligi ko‘p jihatdan avtomatlashtirishning umumiy darajasi bilan bog‘liq. Bu ikki yo‘nalishdagi avtomatlashtirilgan hal qiluvchi rol yangi axborot texnologiyalariga tegishlidir. Ilmiy faoliyatdaasbobuskunalardastlabki o‘rinlardan birini ishg‘ol etadi. Shu bois ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish uchun ularni avtomatlashtirish muhim ahamiyatga ega. Chunki bu hol eksperimentni nafaqat avtomatlashtirishga,balki o‘rganilayotgan obyektlar, hodisa va jarayonlarni modellashtirishni amalga oshirishga ham imkon beradiki, ularni an’anaviy vositalar bilan o‘rganish juda qiyin yoki imkoni yo‘q. Bu vazifani hal etishga lmiy tadqiqotlarning avtomatlashgan tizimlari (ITAT) xizmat qiladi. Loyihalashtiruvchi muhandislar ham o‘z asbob-uskunalariga ega. Biroq bu klassik vositalar eskirgan. Texnik vositalarni ishlab chiqishda quyidagi muhim tendensiyalar aniq ko‘zga tashlanadi: ishlab chiqilayotgan mahsulotlar soni har o‘n besh yilda ikki barobar ko‘paymoqdamahsulotlarmurakkabligi esa har o‘n yilda va yangi namunalarni yaratishda tahlil qilinadigan ilmiy-texnik axborot hajmi har sakkiz yilda ikki barobarga oshmoqda.Avtomatlashtirilgan ilmiy tadqiqotlar tizimlari.ITATda axborot texnologiyalari quyidagi vazifalarning bajarilishi uchun foydalanishi mumkin: • jarayonlarni boshqarish va asl, tabiiy (natural) eksperimentlarni o‘tkazish natijalarini qayta ishlash; • murakkab jarayonlarni modellash; • ekspertiza o‘tkazish va uni qayta ishlash; • hisobot va hujjatlarni idora kichik tizimida qurilgan komponentlar sifatida tayyorlash; • eksperimental ma’lumotlar bazasini qo‘llab-quvvatlash; • axborot-izlash, bibliografik va ekspert tizimlarini barpo etishda texnik vosita sifatida chiqish.Avtomatlashgan loyihalash tizimi.Bundan 60 yil muqaddam paydo bo‘lgan avtomatlashgan loyihalash tizimi (ALT) o‘z mazmuninio‘zgartirib, uzluksiz tadrijiy rivojlandi. Dastlab u tugalavtomatlar metodining strukturali tahlili bilan bog‘landi. Keyinchalik asosiy e’tibor avtomatlashgan loyihalashga qaratildi. Loyiha-konstruktorlik ishining asosiy turlari quyidagicha: bevosita loyihalash, chizib-yozish, eksperimentlash, tuzatishlar kiritish va hokazo. Bunda ishlab chiqishga ketadigan vaqtning yarmini hujjatlarni tayyorlash, sxema, chizmalarni chizish va tayyorlash, ularni tahrir etish va to‘g‘rilashga ketadi. Loyihalash jarayonida juda ulkan grafik axborotni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Uni yaratish va qayta ishlash ikki tarkibiy qism: bir tomondan sistemali va mantiqiy loyihalash va ikkinchi tomondan konstruktorlik loyihalashi hamda chizmachilikdan tashkil topadi. Bu ikkala bosqich juda mayda ishlarni o‘z ichiga oladiki, ular avtomatlashtirilishi mumkinAyniqsa, ikkinchi bosqichda mayda ishlar hajmi ancha ko‘p.Download 63.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling