Televizion tenologiyalar
Download 86.57 Kb.
|
Akademik nutq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shuning uchun endigina dasturlashni o’rganuvchilar uchun ko’proq ingliz va rus tillarini o’rganishlari kerakligini aytib o’taman
- Dasturchi ozi mustaqil ravishda oqiydigan odamning malakali tarzda puxta egallashi mumkin bolgan bilim, konikma va konikmalarni oz ichiga olgan fan sohasiga ixtisoslashgan.
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKEMT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI “TELEVIZION TENOLOGIYALAR” yo’nalishi 511_22 guruh talabasi XALIMJONOV YUSUFBEKning “Akademik nutq” fanidan tayyorlagan Referat ishi O’qituvchi: GAYUBOVA KOMILA Toshkent – 2022 Reja: 1.Dasturchilikka bo’lgan qiziqishlar. 2.Prezidentimizning bu sohaga bergan yordamlari. 3.Dasturchilikdagi yangiliklar. 4.Xulosa 1.Dasturchilikni o'zbek tilining o'zida o'rganishning imkoni hozircha yo'q. Chunki o'zbek tilidagi saytlarda dasturlash, dasturchilikka oid ma'lumotlar juda kam. O'rganishni endi boshlagan dasturchilarning bir muammoga duch kelganda kimdan savol so'rashi masalasi esa deyarli yechimi imkonsiz muammo hisoblanadi. Qachonlardir dasturlashni o'rganish uchun o'zbek tilining o'zi kifoya qilishi mumkin. Buning uchun dasturchilik haqida ko'plab ma'lumotlarni jamlagan saytlar huddi hozir klip va kino saytlari ommalashgandek rivojlanishi kerak. Shuning uchun endigina dasturlashni o’rganuvchilar uchun ko’proq ingliz va rus tillarini o’rganishlari kerakligini aytib o’taman. Oxirgi paytlarda dasturlash atrofida anchagina shovqin ko'tarildi va yoshlarning katta qismi ushbu kasbni o'rganishga qiziqish bildirishmoqda. Har kuni yuzlab yoshlar dasturlashni o'rganishga qaror qiladi, lekin ularning juda kam qismi bu kasbning ustasiga aylanishni uddasidan chiqishmoqda. Dasturchi o'zi mustaqil ravishda o'qiydigan odamning malakali tarzda puxta egallashi mumkin bo'lgan bilim, ko'nikma va ko'nikmalarni o'z ichiga olgan fan sohasiga ixtisoslashgan. Dasturchilar - Kompyuter texnologiyalari, zamonaviy dasturlar, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqa jarayonlar sohasidagi mutaxassislar. Dasturchi - matematik modellar asosida algoritmlar va dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadigan odamning kasbi. Umuman olganda ko’p insonlar dasturlash kasbida pul topisg juda ham oson deb o’ylashmoqda va bu ularning eng katta hatolaridan biri hisoblanadi. Dasturlash bu shunchaki oddiy kasb emas. Bu kasbning ham o’ziga yarasha qiyinchilik tomonlar i ham talaygina. Albatta, dasturlashda tez vaqt Ichida katta daromad topishingiz mumkin buning uchun siz astoydil ter to’kishingizga to’g’r i keladi .buning uchun har bir dasturchi o’zining bor imkoniyatlarini ishga solgan holda har bir ishini chin ko’ngildan bajarsa, u dasturchidan har qanday muvaffaqqiyatni kutish mumkin hisoblanadi. Dasturchilar ilk topgan pullarini o’zlarining rivojlanishi uchun ishlatishlari kerak deb o’ylayman. Chunki dasturchilikda rivojlanish juda ham katta deb hisoblayman. Shuning uchun dasturchilik sohasiga kirayotgan do’stlarimiz uchun shu foydali maslahatlarni berib boramiz. 2. Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-dekabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Axborot texnologiyalari barcha sohalarda samaradorlik va qulaylikka xizmat qiladi. Shu bois bu borada ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Joylarda 100 dan ortiq IT-maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 500 mingdan ziyod yoshlar dasturlashni o‘rgandi. IT-parklar tashkil etilganidan buyon sohada eksport hajmi 50 barobarga ko‘payib, 40 million dollarga yetdi. Rezidentlar soni 147 tadan 500 taga oshdi, 300 dan ziyod yangi kompaniyalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. IT-parklarda 8 ming 500 ta yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratildi. Hozirda Prezidentimiz tomonidan PDP IT Academy o’quvchlari uchun “Unicorn” loyihasit tashkil etilgani ham bu quvonarli holatlardan biri hisoblanadi. Ya’ni bu loyiha orqali 1000 dan ortiq bilimli lekin mablag’I yo’q bolalar uchun tekin o’qishlari uchun juda katta imkoniyatlardan bir bo’ldi. Ular hozirda O’zbekiston moliya tizimini 2% ga oshirishga yordam berishmoqda. Bunday ishlarni davom ettirib, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha rejalar ishlab chiqilgan. Xususan, yirik eksportyorlar bilan ishlab, IT-parklarda xizmatlar eksporti hajmini 80 million dollarga yetkazish mo‘ljallangan. Yalpi ichki mahsulotda raqamli iqtisodiyot ulushini oshirish, elektron xizmatlar uchun yengilliklar yaratish nazarda tutilgan. Taqdimotda shu borada taklif etilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari kelgusi yilda IT xizmatlar hajmini 35 foiz oshirib, 21 trillion so‘mga yetkazish, dasturlash xizmatlarini ko‘paytirish uchun barcha imkoniyat borligini ta’kidladi. Sun’iy intellekt markazini ishga tushirishni jadallashtirish, xorijdan IT mutaxassislar jalb etish tartibini soddalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kelgusi yilda IT tarmoqlar tezligini 1,8 barobar oshirish hamda 1 million qo‘shimcha keng polosali tarmoqlar o‘rnatish vazifasi qo‘yildi. Bu orqali aholi punktlarining barchasi mobil aloqa va keng polosali internet bilan ta’minlanadi. Prezident yangi texnologiyalar, avvalo, odamlarga xizmat qilishi, qulaylik yaratishi zarurligini ta’kidladi. Oxirgi yillarda 300 dan ortiq davlat xizmati elektron shaklga o‘tkazilib, shu yilning o‘zida ulardan 16 million marotaba foydalanilgan. Download 86.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling