Тема: Аtmоsfеrаgа bаrchа tехnоlоgik mаnbаlаrdаn chiqаrilаdigаn iflоslоvchi mоddаlаr. Аtrоf muhitni muhоfаzа qilishdа iqtisоdiy mехаnizmlаrni tаkоmilаshtirish


Тема: O‘zbekistonda ekologik talim va aholining ekologik madaniyatini, tabiatga masuliyatli munosabatini shakllantirish


Download 103.75 Kb.
bet6/16
Sana04.02.2023
Hajmi103.75 Kb.
#1162956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Семинар иши

Тема: O‘zbekistonda ekologik talim va aholining ekologik madaniyatini, tabiatga masuliyatli munosabatini shakllantirish.
Ekologik ta’lim-tarbiya tizimi asoslariga tabiat yaxlitligi hamda atrof muxitning inson tomonidan o’zgartirilishi haqidagi tasavvurlar quyilgan. Bunda tabiatni muxofaza qilishga yo’naltirilgan ta’lim jarayoni oliy o’quv yurtlarida hozirgi zamon ommaviy axborot vositalaridagi uzluksiz jarayon sifatida karaladi. U umumiy vazifalar bilan uyg’unlashadi hamda mutaxassislik tayyorgarligi bilan bog’liq xolda tabakalashtiriladi. Uning umumiy nazariy ko’rsatmalari o’quv rejasining turli qismlarida aks etgan bo’lib, ma’ruza matnlari, elektron darsliklar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari mazmunida uz ifodasini topadi.
Yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish jarayoni har bir tomonlama rivojlangan shahs ma’naviy qiyofasini kamol topish jarayonining muhim va tarkibiy qismidir. U yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida tabiatga ongli munosabat, tabiat zaxiralarini saqlash va ko’paytirishga oid mas’uliyat tuyg’usi, ekologik muammolarni amaliy xal qilishdagi kunikmalarning rivojlantirilishini uzida qamrab oladi.
Respublika xududida vujudga kelgan ekologik vaziyat ta’lim-tarbiya tizimi oldiga quyidagilarni xal etishni muhim vazifa etib kuyadi, ular:

  1. yoshlarning tabiatga ongli munosabatlari, tabiat komponent-larini yaxlitlikda va o’zaro aloqadaligini xis etish;

  2. tabiatning yoshlar ekologik madaniyatini belgilab beradigan vosita sifatida namoyon bo’lishi;

  3. atrof muxitga munosabatni ma’naviy madaniyatning ajralmas qismi ekanligini anglash;

  4. tabiat yoshning ekologik madaniyatini shakllantirishi uchun asosiy omil ekanligini tushunish;

  5. atrof muxitga nisbatan ekologik madaniyatni shakllantirishda yoshlarning individual xususiyatlarini hisobga olgan xolda ta’lim- tarbiya jarayonida atrof muxitni muxofaza qilishni ekologik qadriyat sifatida anglab yetishlariga ilmiy-amaliy jixatdan sharoit yaratish;

  6. ekologik madaniyatni shakllantirishning maqsad va vazifalarini aniq belgilab olish, uning amaliyotga yo’naltirilganligini tushunish;

  7. ekologik muammoga umummilliy, umuminsoniy, ijtimoiy muammo sifatida yondashish kabilar.

Shular asosida yoshning ekologik madaniyatini shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya tizimini didaktik jixatdan ta’minlanishiga erishamiz. Buning uchun ekologiyaga oid o’quv materiallarini tanlash, tabiatni muxofaza qilishga oid faoliyat turlari va ular moxiyatini yoshlar ongiga singdirish, insonning tabiat xodisalarini anglashi, mazkur xodisalarning hayotiyligi, mukammalliligini tushunish lozimligining ustuvorligini anglashi zarur.
Yoshlarga urgatiladigan ekologik bilim mazmuni uz ichiga quyidagilarni qamrab olishi lozim:

  • yoshlar ongida olamning ilmiy manzarasini shakllantirish;

  • tabiat va jamiyat o’rtasidagi ma’lum bo’lgan ekologik bilimlar ahamiyatini ilmiy-amaliy jixatdan yoritib berish;

  • yoshlar tomonidan ekologik qonuniyatlarning uzlashtirilishiga erishish;

  • tabiatda sodir buladigan turli xildagi fojialarni anglash, ularning moxiyatini bilib olish, ekologiyaga oid ta’lim vazifalarini ifodalash, kuzatish va tajribalarni rejalashtirish hamda amalga oshirish, ekologiyaga oid nazariy-amaliy G’оyalarni oydinlashtira olish, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalana olish malakalarini xosil qilish;

  • tabiatga qadriyat sifatida qarash tuyg’usini uyg’0tish va madaniyatini shakllantirish, tabiatni muxofaza qilish va uning boyliklaridan unumli foydalanishni takomillashtirish;

  • Respublika xududidagi biologik xilma - xillikni bilishga imkon beradigan nazariya va g’оyalarni o’rganishni tashkil etish;

  • ekologiya sohasidagi muayyan bilimlar xajmini, tasavvur va tushunchalar doirasini ilmiy-amaliy jixatdan ishlab chiqish;

  • atrof muxitni muxofaza qilish, uning zaxiralaridan unumli foydalanishga urgatish;

  • yoshlarni atrof muxit bilan mulokot davrida ekologik amaliyotni kengaytirish, ularda atrof muxitga nisbatan faol ta’sir etuvchi ekologik munosabatni tarkib toptirish.

Ekologik ta’lim mazmuni: psixologik, pedagogik, shahs faoliyatiga yo’naltirilgan omillarga tayanadi:

  • tabiatga nisbatan ekologik ongli munosabatda bo’lish zaruriyatini anglab yetish;

  • tabiat baG’rida yashash, rivojlanish va milliy boylik ekanligini xis kila bilish;

  • atrof muxit bilan mulokotlarning turini tanlashga oid xulosalar chiqarishda tabiiy-ilmiy, texnik va gumanitar bilimlarga tayanish;

  • tabiat bilan mulokotda bo’lganda milliy tarixiy taraqqiyotga, umuminsoniy qadriyatlarga tayanish zarur.

Shunday kilib, yoshlar ekologik madaniyatini shakllantirish uchun ular ekologiyaga oid quyidagi kunikmalarga ega bo’lishlari lozim:

  • ekologik muammolarning paydo bo’lish sababini ilmiy-amaliy jixat- dan aniqlay olish;

  • tasodifan xosil buladigan antropogen omillar xolatini hamda uning salbiy oqibatlarini anglash va undan ximoyalanish;

  • tabiat zaxiralaridan foydalanishga oid amaliy, aniq ma’lumotlarni olish, taxlil qilish va undan xulosa chiqarish;

  • ekologiyaga oid oddiy tadqiqot ishlarini o’tkaza olish, olingan natijalarni taxlil etib, xulosa chiqarish;

  • maxalliy, xududiy, umumbashariy ekologik muammolarni ilmiy-amaliy jixatdan o’rganish, taxlil etish va bartaraf qilishda faollik ko’rsata olish.

Ekologiya o’z mazmuniga ko’ra insoniyatning tabiat obyektlari bilan buladigan barcha xilma-xil aloqalari moxiyatini aks ettiradi. Shunga ko’ra, endilikda shahar bir, ishlab chiqarish, texnika, kishlok xo’jaligi, suv xavzalari, o’simliklar, xayvonot olami, inson, maxalla ekologiyasi kabi tushunchalar mavjud.
Ekologik tushunchalarni ekologiya fani uz ichiga qamrab oladi. Bu umumiylik, shahs dunyoqarashiga oid xalqaro, xukukiy, siyosiy, estetik yo’nalishlarni ham qamrab oluvchi tizimli mazmunni uzida aks ettiradi. Shu sababdan ham ekologik ta’lim mazmuni tabiiy, aniq, ijtimoiy o’quv fanlariga oid bilimlar sintezini uzida ifodalaydi va aksincha, barcha o’quv fanlari umumiy ekologiya o’quv fani mazmunini uzida singdiradi va ekologiya fani amalda o’rganiladigan o’quv fanlarini ongli ravishda uzlashtirishga imkon yaratib, yoshda fan asoslarini o’rganishga qiziqish uyg’0tadi. Ularning integrallashgan xolati yoshda ekologik madaniyatni shakllantiradi. Shunga ko’ra ekologik ta’lim ko’p kirrali hisoblanaib, yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish uchun ularning mutaxassisligiga karab ma’ruzalarni tashkil etish yaxshi natija berdi.
Xulosa qilib aytganda, ekologik tarbiya, ekologik madaniyat, ekologik ma’naviyat tarixan inson xulqi me’yorlarini, uning jamiyat va tabiatga bo’lgan munosabatlaridagi mas’uliyatini aniqlaydigan mezon bo’lgan. O’zbek xalqi tarixi yosh avlodlarda ekologik madaniyatni shakllantirishga doir boy ijodiy merosga ega bo’lib, bu merosni o’rganish, hayotga tatbik etish hamda kelajak avlodlarga yetkazish shu kunning eng muhim vazifasidir.

5 Seminar ishi



Download 103.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling