Tema: Avtomatlastirilg’an informatsiya dizimi ha’m onin’ jaratiliw pratsesi


Download 0.57 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1559250
Bog'liq
Halmuratova E. Gidroekologiya


Mavzu: Dengizlar haqida tushuncha
  • Dengizlar va ularning tuzilishi.
  • Dengizlarning ekologik omillari, ifloslanishi va hayvonat dunyosi.
  • Dengizlarning ahamiyati.

Rеjа:
Yerning suv resurslari hayotning qimmatli va noyob manbalari hisoblanadi, shuning uchun tabiatning ushbu ne’matlarining ahamiyatini bilish va anglash juda muhimdir. Bugungi kunda yer yuzida 81 dengiz mavjud deb ishoniladi. Barcha dengizlar joylashgan joylariga qarab quyidagi yo’nalishlarda bo’linadi: Atlantika, Tinch okeani, ichki dengizlar va Janubiy okean, Shimoliy Muz okeani va Hind okeani bilan chegaradosh dengizlar.
Dengiz — Dunyo okeanining bir qismi; okeandan quruqlik yoki orollar, yarim orollar va suv osti relyefining ko’tarilgan joylari bilan ajralib turadi (1.1-rasm). O’zining gidrologik, meteorologik va iqlimiy rejimi bilan okeanning ochiq qismidan farq qiladi. Dengiz quruqlik bilan qancha ko’p o’ralgan bo’lsa, okeandan tafovuti shuncha ko’p bo’ladi. Okeanlarning ayrim ochiq qismlari shartli ravishda Dengiz deyiladi, masalan: Sargasso Dengiz va Filippin Dengiz Aslida kul (masalan, Orol, Kaspiy, O’lik dengizlari), lekin maydoni ancha katta bo’lganligidan Dengiz deb atalgan, baʼzi Dengizlarga esa qo’ltiq deyiladi (masalan, Gudzon qo’ltig’i, Fors qo’ltig’i).
materiklar orasidagi Dengizlar
materik ichkarisidagi Dengizlar
chekka Dengizlar
Dengizlar geografik o’rni va gidrologik rejimi xususiyatlariga ko’ra 3 guruhga bo’linadi:
Dengiz suvining sho’rligi Dunyo okeanidan anchagina farq qiladi. Bug’lanish quyiladigan chuchuk suvdan kam bo’lsa, sho’rlik darajasi past bo’ladi (masalan, Boltiq dengizida 6-8 %). Bunda bug’lanmay qolgan ortiqcha suv Dengiz yuzasidan okeanga chiqib ketadi. Agar bug’lanish chuchuk suvdan ortiq bo’lsa, Dengizlarning sho’rlik darajasi yuqori bo’ladi (masalan, Qizil dengizda 41,5 %). Bunda ortiqcha bug’lanish natijasida Dengiz sathi pasayadi. Natijada okeandan suv oqib keladi.
Dengizlarda sho’rlik va temperatura turlicha taqsimlanganligi sababli suvning zichligi ham turlicha, masalan, Boltiq dengizida 1,0100, Qizil dengizda 1,0287 (ochiq okeanda zichlik 1,0210-1,02725). Dengiz yuzasida suvning zichligi mavsum-larga qarab sezilarli darajada o’zgarib turadi.
Dunyo dengizlari – biosferani me’yorlashtiruvchi eng muhim manbalaridan biri. Shuningdek, ularda juda katta biologik va mineral boyliklar zahiralari mavjud-dir Dengiz va daryolardagi suvning umumiy hajmi 1362200 ming km3. Dengizning atmosfera bilan o’zaro ta’siri Yerdagi ob-havo sharoiti va iqlimning shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Dengiz suvi turli mineral moddalarga boy chuchuk suv olish manbai sifatida xizmat qiladi. Dunyo dengizi – juda katta miqdordagi osh tuzi zahirasiga ega bo’lib, unda 180 mingga yaqin organizm turlari – kichik bakteriyadan tortib, yirik kitlargacha panoh topgan. Dengizda yashovchilarning biomassasi tadqiqotchilar-ning ma’lumotiga ko’ra 60 milliard tonna (quruqlikda yashovchilarning umumiy biomassasi taxminan 10 milliard tonna). Bugungi kunda inson oziq-ovqatidagi oqsillarning 10 % iga yaqini dengizlardan olinadi. Ko’pgina mamlakat aholisi uchun dengiz mahsulotlari asosiy taom hisoblanadi.
Dunyodagi dengizlarning ifloslanishi ko’plab mamlakatlar neft mahsulot-larini dengiz orqali tashishni keng yo’lga qo’yishi bilan ham bog’liqdir. Suvning neft va uning mahsulotlari bilan ifloslanishi hayvonot va o’simlik dunyosi uchun juda xatarlidir. Neft, mazut bilan qoplangan Atlantika okeani, O’rta Yer dengizi, Fors ko’rfazi va boshqa dengizlarda o’n va hatto yuz minglab qushlar halok bo’ladi. To’g’ri, odamlar ularga yordam berishib, yuzlab qushlarni qutqarishga muvofiq bo’lishadi, ammo minglab jonzotlar qirilib ketadi.
XULOSA
Dengiz atrofidagi quruqdik Dengizning iqlimi, suv rejimi va suv osti yotqiziqlariga o’z taʼsirini ko’rsatadi. Bunday taʼsir materik ichkarisidagi va materiklar orasidagi Dengizlarda ayniqsa katta bo’ladi. Dengiz atrofidagi daryolar Dengizga chuchuk suv bilan birga loyqa (oqiziq) jinslarni keltiradi. Dengizlar geologik nuqtai nazardan yosh hosillardir. Ular uchlamchi davrda vujudga kelgan, to’rtlamchi davrda to’liq shakllangan. Eng chuqur Dengizlar Yer po’stining o’pirilgan — yorilgan joylarida hosil bo’lgan. Masalan, O’rta dengiz (eng chuqur joyi 5121 m), Karib dengizi (eng chuqur joyi 7090 m) va boshqa Sayoz Dengizlar materik chekkalarining cho’kkan qismlarini okean suvining bosishidan yoki okean sathining ko’tarilishidan paydo bo’lgan. Bunday Dengizlar ko’pincha materik sayozliklarda joylashgan. Masalan, Sharqiy Sibir dengizi, Shimoliy dengiz va boshqa.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  • Константинов А.С.Обшая гидробиология-Москва:Висшая школа, 1979 И 1986 -480
  • Otaboev Sh. Nabiev M. “Inson va biosfera” Oqiw qollanba “Toshkent” -1995
  • Turdiqulоv T.: “O’simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari” fаnidаn o’quv - uslubiy mаjmuа. Gulistоn-2012 y.
  • A.E.Ergashev T.E. Gidroekologiya (Suv ekologiyasi) Oquv qo’llanma, “Toshkent”. 2002.
  • Ильичев В.Д.,Бочаров Б.В.,Горленко М.В. “Экологические основы защиты от биоповреждений”. М-1985.
  • R.S. Sultanov “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish” Oquv qo’llanma, Т-2007
  • Xalilova R.X. “Ekologiya” Oquv qo’llanma Т-2020.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling