Тема Логистическая система, звенья логистической системы, логистическая цепь


Download 16.33 Kb.
bet2/6
Sana03.11.2023
Hajmi16.33 Kb.
#1743685
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yoshlarga oid davlat siyosati va uning mazmun mohiyati

O‘zbekistonda qurilayotgan fuqarolik jamiyati, hayotimizga kirib kelayotgan modernizatsiya jarayonlari va islohotlar samarasi eng avvalo yoshlarni qo‘llabquvvatlash, ularning intellektual salohiyatini oshirish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga qaratilgan. Globallashuv jarayonida demokratik nuqtai-nazardan yangilanayotgan, o‘zgarayotgan hayot yoshlarimizni o‘ziga xos sinovdan o‘tkazmoqda. Jamiyatning kelajagi yoshlar bilan bog‘liq va ular taraqqiyotning asosiy kuchi hisoblanadi. O‘z navbatida yoshlarimiz ham ilm-fan va boshqa sohalarda erishayotgan

yutuqlari bilan davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikka munosib javob bermoqdalar. Shu bois mamlakatimizda jamiyatni demokratlashtirish, modernizatsiyalash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida yoshlarning o‘rni kuchayib bormoqda. Yoshlarga doir olib borilayotgan davlat siyosati:bu borada mavjud qonunchilik, yangi qarorlarning qabul qilinishi va islohotlarning amalga oshirilishi mustahkam kuchli tayanch bo‘lmoqda. O‘zbekistonda yoshlarga mamlakatning kelajagi sifatida e’tibor berilib, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratib kelinmoqda.


O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi:
— millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar yoshlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish;
— yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish;
— milliy, madaniy an’analarning avloddan-avlodga o‘tishi, avlodlarning ma’naviy aloqasi;
— yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o‘z manfaatlarini amalga oshirish yo‘llarini erkin tanlab olishlariga kafolat berish;
— jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika yoshlari hayotiga oid siyosat va
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishi;
huquq va burchlarning, erkinlik va fuqarolik mas’uliyatining birligini ta’minlash.
Yoshlarga oid davlat siyosati yuqoridagi qoidalarga binoan o‘z mazmunini doimiy
takomillashtirish, muntazam ravishda o‘z e’tiborini jamiyat hayotining eng murakkab
jihatlariga qaratish yo‘nalishlarida keng rivojlantirilmoqda.

Download 16.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling