Mavzu: yangilanayotgan o’zbekistonda amalga oshirilayotgan isloxatlar reja
Download 35.54 Kb.
|
YANGILANAYOTGAN O\'ZBEKISTON REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangilanayotgan O‘zbekiston: “Harakatlar strategiyasi” xalqchil, demokratik davlat va jamiyatni shakllantirish yo’lida KIRISH
MAVZU: YANGILANAYOTGAN O’ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOXATLAR REJA: Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi - milliy tаrаqqiyotimizning yangi bоsqishi Yangilanayotgan O‘zbekiston: “Harakatlar strategiyasi” xalqchil, demokratik davlat va jamiyatni shakllantirish yo’lida KIRISH Milliy g‘oyamizning bosh g‘oyasi “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”. Yuksalish – harakatni talab qiladi. Demak, milliy g‘oyamiz harakatlar mafkurasi bo‘ladi. Milliy g‘oya odamlarga islohotlar kim uchun, nima uchunligini, ahamiyatini tushuntiradi. YOtganni – o‘tqazadi, o‘tirganni – turg‘izadi, turganni – yurgizadi, yurganni – yugurishga undaydi. Tushuntiradi. CHunki shularni tushunmagan odamlar birlashmaydi, ko‘r-ko‘rona, yuzaki ishlaydi. Biri ishlasa, ikkisi tomoshabin bo‘ladi. Tushunganlar birlashib, ixtiyoriy, zavq bilan ishlaydi. Natijada hayotidan rozi bo‘ladi.G‘oyaviy birlik odamlarning qaysi xattiharakatlarida ko‘rinadi? O‘zaro mehribon, hamfikr va bir-birini qo‘llabquvvatlayotganida, ishda, o‘qishda, innovatorlikda, tadbirkorlik, ilm, ijodda faolliklarida va buni milliy g‘oyaga bog‘lab tushunishlarida, oila, ishxona, real va virtual hayotda o‘zaro ahilliklarida namoyon bo‘ladi. SHu bilan birga, milliy g‘oya ro‘yobiga xalaqit beruvchi buzg‘unchi g‘oyaga qarshi tez va uyushishlarida. Masalan, 2019 yil aprel-may oylarida davlat tili bo‘yicha boshlangan bahsmunozaralar bizning birlasha olishimizni ko‘rsatdi. Baxtli, hayotdan rozi bo‘lishiga ishonchida, so‘z va amal birligida ham milliy g‘oya yaqqol ko‘zga tashlanadi. Milliy g‘oyamizning mohiyatini bitta so‘zda aytish mumkin bo‘lsa, bu so‘z – rozilik. Bu fikr davlatimiz rahbarining xalqimiz bilan samimiy suhbatlarida takror va takror ta’kidlab, tushuntirilmoqda. Zero, milliy g‘oya ro‘yobi xalqning muayyan vaqt va makonda o‘zini baxtli deb his qilishida, bu esa uning shukronalarida – hayotdan roziligida namoyon bo‘ladi. Aslida bu jarayon boshlanib ketdi.Milliy g‘oya har bir o‘zbekistonlikning, oddiy odamlarning mana shunday shukronasiga vosita bo‘ladi. Mamlakatimizda rozilik, baxtiyorlik foizi borgan sari oshib boraveradi. Ertaga odamlar bugungidan yaxshiroq baxtni orzu qiladi. Bu esa milliy g‘oyamizni boyitadi, yangilaydi. Demak, xalqimizning o‘z hayotidan rozilik darajasi – milliy g‘oyamiz ro‘yobining darajasini ko‘rsatadi. Davlatimiz rahbari “Ma’naviyat – eng ta’sirchan qurolimizdir”, degan qat’iy fikrni bildirdi. Bu – bejiz emas. CHunki “Biz nima uchun o‘zgarishimiz, birlashishimiz, kurashishimiz kerak?”. Bu savolga yakdil g‘oyaviy javobi yo‘q jamiyat – quroli yo‘q qo‘shinga o‘xshab qoladi. Ma’naviyat va ma’rifat, mafkuraviy tarbiya O‘zbekistonning turli millat, din, kasb, yoshlarga mansub xalqini g‘oyaviy qurollantiradi. Islohotlar nima uchun, kim uchun kerakligini xalqqa uning orzulari bilan bog‘lab uqtiradi, ko‘rsatadi. Tushungan xalq – g‘oya bilan qurollangan xalqqa aylanadi. Har birimizdan Vatanning bir o‘g‘il-qizi sifatida o‘z lavozimimizga munosib bo‘lib ishlash va yashash burchini eslatadi. O‘z milliy g‘oyasini anglagan xalqni to‘xtatib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida barcha sohalardagi muhim masalalarga birma-bir to‘xtalib o‘tib, jamiyatimizda aholi, ayniqsa, yosh yigit va qizlarimizning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, shu bois, “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” dasturiy g‘oya asosida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish o‘ta sharafli vazifaligini alohida ta’kidladilar. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan 2020 yilga «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb nom berilishi har bir fuqaroni qay lavozimda bo‘lmasin, o‘z ustida tinmay ishlashi, ilm-ma’rifatni o‘rganishi, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda faoliyatini yanada rivojlantirib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Download 35.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling