Mavzu: yangilanayotgan o’zbekistonda amalga oshirilayotgan isloxatlar reja


Download 35.54 Kb.
bet3/9
Sana29.03.2023
Hajmi35.54 Kb.
#1308327
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
YANGILANAYOTGAN O\'ZBEKISTON REFERAT

2016-yil 24-sentabrda O‘zbekiston hukumati portalida Bosh vazirning virtual qabulxonasi pm.gov.uz ochilishi murojaatlar bilan ishlash tizimini bugungi shiddatli XXI asr talablariga mos holda takomillashtirish imkonini berdi. Hukumat rahbari bilan oddiy odamlar o‘rtasida hech qanday vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yildi. Shu bois ham mazkur virtual qabulxona ishga tushgan kuniyoq mamlakatimizning turli joylaridan mingga yaqin ariza, shikoyat va takliflar kelib tushdi.1
Virtual qabulxona ochilgunga qadar ham mamlakatimizda davlat organlarining «Ishonch telefoni», Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mavjud edi. Bu sohada maxsus “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining (keyinchalik Prezident Administratsiyasi) Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan mamlakatimizning barcha shahar hamda tumanlarida, chekka-chekka qishloqlarda, mahallalarda ommaviy qabullar, xalq bilan yuzma-yuz suhbatlar tashkil etildi. Qisqacha qilib aytganda, xalq ichiga kirib borildi. Odamlarning yuraklarida yig‘ilib qolgan dardlari, allaqachon hal qilinishi mumkin bo‘lgan-u, lekin to‘rachilik, o‘zibo‘larchilik, sansolarlik oqibatida yillar davomida yechilmay kelgan muammolar yuzaga chiqa boshladi. Eng muhimi, odamlar dardlarini aytishi, kattayu kichik idoralar rahbarlari bilan yuzma-yuz gaplashishi, muammolariga qisqa fursatda yechim topishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilib, Prezidentning virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, qator muammolar bilan birga, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish borasida ham ko‘plab yechimini kutayotgan muammolar mavjudligi aniqlandi. Holbuki, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2003-yildan boshlab tadbirkorlik subyektlarini “Yagona darcha” tamoyili asosida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun shahar, tuman hokimliklari huzurida maxsus inspeksiyalar tashkil etilgan. 2016-yildan esa ular negizida Davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlari ish olib borgan. Ammo ushbu sa’y-harakatlar ham aholining bugungi talab va ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli emasligi ayon bo‘ldi. Binobarin, odamlarning har bitta hujjat uchun turli-tuman idoralarga murojaat qilishi, soatlab navbat kutishlar, qog‘ozbozlik, turli ovoragarchiliklar barham topmadi. Shu boisdan mamlakatimizda davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish borasida keng ko‘lamli ishlar boshlandi.
Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a`zolariga Murojaatnomasida demokratiyaning ilg`or mexanizmi sifatida jamoa bo`lib elektron murojaat kiritish tartibini joriy etishni taklif etdi.Ya`ni, bir guruh fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni Oliy Majlis yoki xalq deputatlari kengashlari ko`rib chiqishi majburiy ekani qonunda belgilab qo`yilishi lozim.
Shu munosabat bilan mamlakatimiz fuqarolari davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalar bo`yicha o`z fikrlarini bildirishlari uchun internet tarmog`ida “Mening fikrim” deb nomlangan maxsus veb-sahifa tashkil etish maqsadga muvofiqligi ta`kidlandi. 2018-yilda O’zbekistonda jamoaviy murojaatlar uchun yagona mahalliy portal paydo bo’ldi. U yerda fuqarolar davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo’lgan masalalar bo’yicha o’z fikr va tashabbuslarini e’lon qilishlari mumkin. “Mening fikrim” veb-portali mamlakatimizda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining ochiqligi, qabul qilinayotgan qonunlarning hayotiy va samarali bo’lishini ta’minlash maqsadida yaratildi.
Portal quyidagi tartibda ishlaydi:
1. Fuqarolar o’z tashabbuslarini portalga yozishadi
2. Ekspertlar ko’rib chiqqanidan so’ng ushbu tashabbus portalda e’lon qilinadi
3. Portalda ushbu tashabbuslarga jamoatchilik tomonidan ovoz beriladi
4. Ovozlar yetarli darjaga yetgach tashabbus Oliy Majlis yoki Xalq deputatlari Kengashlari e’tiboriga taqdim etiladi


Download 35.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling