Kurs ishining maqsadi: “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari’ shiori ostida Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilib, yoritib berish.
Kurs ishining vazifasi:
Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi.
Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi - milliy tаrаqqiyotimizning yangi bоsqishi.
O’zbekiston taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichi.
Yangilanayotgan O‘zbekiston: “Harakatlar strategiyasi” xalqchil, demokratik davlat va jamiyatni shakllantirish yo’lida.
Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari qo’yilayotgan odim qadamlar
Kurs ishining obekti: O’zbekiston Respublikasi
Kurs ishining predmeti: Mustaqil O’zbekiston Respublikasida “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari’ shiori ostida Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar.
Kurs ishining hajmi: Kurs ishimiz kirish, asosiy qism, ikki bob, to’rt paragref, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi.
2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Shu yilning sentabr oyida Bosh vazirning (pm.gov.uz manzilida) virtual qabulxonasi ochildi. 2017-yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinishi bu sohadagi ishlarni faollashtirdi. Ana shu muloqotni amalda yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta'minlash maqsadida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etildi.
Ijtimoiy adolat ta’minlangan davlatda xalqning bunyodkorlik salohiyati, yaratuvchanlikka intilishi va ishtiyoqi hosil beraveradi.Shu ma’noda mustaqil Vatanimiz tarixida, xalqimiz hayotida yana bir yangi davr, yangi taraqqiyot bosqichi boshlandi, deyishga barcha asosimiz bor. Strategik maqsadlarimiz aniq va ravshan – demokratik, insonparvar davlat qurish, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, pirovardida, xalqimizni hayotdan rozi qilish, uning yanada farovon yashashi uchun barcha shart-sharoitni yaratish. Bunday yuksak marralarga xalq bilan muloqot qilib, odamlarning ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash, inson manfaatlarini ta’minlash orqaligina erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |