Mavzu: yangilanayotgan o’zbekistonda amalga oshirilayotgan isloxatlar reja


Download 35.54 Kb.
bet9/9
Sana29.03.2023
Hajmi35.54 Kb.
#1308327
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
YANGILANAYOTGAN O\'ZBEKISTON REFERAT

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov o‘z chiqishida sud tizimida amalga oshirilgan bir qator islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. Unda e’tirof etilishicha, 2018 yilda fuqarolarning huquqlari va tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (yoki harakatsizligi) ishlarini ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudlar tuzildi. Ma’muriy sudlar tomonidan 2017 yildan 2021 yilning sentyabriga qadar 68 mingta ariza ko‘rib chiqilib, 44,3 mingtasi qondirildi, xususan hokimlarning 5,3 mingta qarori noqonuniy deb topildi.
2017–2020 yillarda respublikaning tashqi savdo aylanmasi 1,4 barobarga o‘sdi, inflyasiya darajasi 18,8% dan 11,1% gacha pasaydi, oltin-valyuta rezervlari 26,4 mlrd. dollardan 34,9 mlrd. dollargacha oshdi.
O‘zbekiston barcha eksport qilinadigan tovarlar va xizmatlar bo‘yicha bojxona bojlarini bekor qildi, eksport va lisenziyalash tartibi amallarini soddalashtirdi, 60% import qilinuvchi tovarlar uchun bojxona bojlarining «nol» stavkalarini belgiladi va import bojxona bojlari stavkalarini 6,45% gacha kamaytirdi. Islohotlar natijasida kichik biznes sektori sezilarli darajada o‘sdi: 2016 yilda respublikada 27 ming, 2020 yilda esa – 93 ming kichik tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
2017–2020 yillarda O‘zbekiston dori-darmonlar va tibbiy maqsadli buyumlar uchun 1618 mlrd. so‘m ajratdi (1991-2016 yillarda 227 mlrd. so‘m bo‘lgan). Ulardan 61,6 mlrd. so‘m qismi onkologik kasalliklarni davolash uchun dorilarga (1991-2016 yillarda 8,3 mlrd. so‘m), 217,4 mlrd. so‘m – gematologiya va onkogematologiya uchun dorilarga (1991-2016 yillarda 2,8 mlrd. so‘m) yo‘naltirilgan.
Xalq ta’limi tizimidagi islohotlar natijasida 2017–2020 yillarda 328 ta yangi maktab barpo etildi va 11 yillik majburiy maktab ta’limi tiklandi.
Maktabgacha ta’lim tizimida ham katta o‘zgarishlar yuz berdi. 2016 yilda 5,2 ming bolalar bog‘chalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2020 yida ular 18,3 mingga yetdi (shu jumladan davlat bog‘chalari soni 5 mingdan 6,2 minggacha oshdi). Bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi darajasi 2020 yilda 61% ga yetdi, 2016 yilda esa 27,7% bo‘lgan edi.
O‘zbekistonda qambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda: qambag‘allik darajasi 2000 yildagi 28% dan 2020 yilda 11% gacha qisqardi. Kam ta’minlangan oilalar bolalar bog‘chalari uchun to‘lovlardan ozod etilgan, kam ta’minlangan oilalarning bolalari bo‘lgan maktab o‘quvchilari mavsumiy kiyim bilan ta’minlanmoqda.
Tadbirda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish borasida amalga oshirilgan ishlarga ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Jumladan, O‘zbekiston birinchi marta diniy masalalar bo‘yicha «alohida xavotir uyg‘otuvchi» davlatlar ro‘yxatidan chiqarildi. Qo‘shni davlatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalar mustahkamlanib, chegaralar hamda suv-energetik resurslardan foydalanishga oid masalalar tartibga solindi.
O‘zbekistonning mudofaa salohiyati mustahkamlandi: kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilarning ulushi 68% gacha o‘sdi (2016 yilda 37%), qo‘shinlarning zamonaviy qurol-yarog‘ bilan jihozlanishi darajasi 5 barobarga ortdi.
Shuningdek, xalqaro konferensiya ishtirokchilari tomonidan “Harakatlar strategiyasi” bugungi globallashuv sharoitida jahonda tub o‘zgarishlar kechayotgan murakkab bir vaziyatda, O‘zbekiston uchun siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning eng muhim besh ustuvor yo‘nalishini amalga oshirishning yaqin istiqbolga mo‘ljallangan muhim milliy strategik hujjati ekanligi amalda to‘laqonli o‘z aksini topganligi e’tirof etildi.



1


Download 35.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling