Mavzu: Operatsion tizim xavfsizligi haqida tushuncha
Download 1.42 Mb.
|
Islombek mustaqil ish O.T.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Linux OT bilan ishlash va Tizim xavfsizligi
- Operatsion tizim nima
Mavzu: Operatsion tizim xavfsizligi haqida tushuncha. Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism: 1.Operatsion tizim nima? 2.Operatsion tizim turlari 3. Opеratsion tizim xavfsizligini ta’minlash masalalari 4. Linux OT bilan ishlash va Tizim xavfsizligi III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Birinchi shaxsiy kompyuterlar OT ga ega emas edilar. Kompyuter tarmoqqa ulanishi bilan prosessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab bo’lmagan dasturlash tili, masalan, Beysik yoki shunga o’xshash tilni qo’llovchi, ya'ni uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur yozilgan bo’lar edi. Ushbu til buyruqlarini o’rganish uchun bir necha soat kifoyaqilar, so’ngra kompyuterga uncha murakkab bo’lmagan dasturlarni kiritish va ularbilan ishlash mumkin bo’lar edi. Kompyuterga magnitofon ulangach, chet dasturni ham yuklash imkoniyati yaratildi. Buning uchun bitta, LOAD buyrug’i kifoya edi, xolos. Kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan OTga bo’lgan zaruriyat paydo bo’ldi. Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan farq qiladiki, bu qurilmaga erkin murojaat etish mumkin. Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali yuklash imkonini beruvchi operatsion tizim ishlab chiqildi va u disk operatsion sistemasi (DOS) deb nom oldi. DOS nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka yozish, ikkita faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bo’lgan paytda fayllarni o’chirib tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga ko’chirish (nusxa olish) kabi ishlarni xam bajara oladi. Umuman olganda, DOS foydalanuvchini alohida qog’ozlarda ko’plab yozuvlarni saqlashdan xalos etdi,disk yurituvchilar bilan ishlashni soddalashtirdi va xatolar sonini sezilarli darajada kamaytirdi. Operatsion tizim nima? Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir. Ufoydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira,disklardagi joylar va hokazolar)ni boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning qulay usuli(interfeys)ni ta’minlaydi. Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari bilan ishlash va resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu eng quyi darajadagi amallardir, shuning uchun foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga zarur bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki minglab shunday amallardan iboratbo‘ladi. Masalan, magnit disklardagi axborot to‘plovchi diskovodning dvigatelini qanday qilib yoqish, o‘chirishni, ma’lum silindrga o‘quvchi boshchani o‘rnatish, ma’lum o‘quvchi boshchani tanlash, kompyuterdagi diskning yo‘lakchasidagi axborotni o‘qish va hokazo kabi amallarni "tushunadi". OT lar tizimli dasturiy ta’minot asosi hisoblanadi. Operatsion tizimsiz kompyuter apparaturasi va dasturlari bilan bog‘lanish mumkin emas. Hamma apparat va dastur vositalari bilan faqat «dallol» dasturi — operatsion tizim yordamida bog‘lanish mumkin Foydalanuvchining kompyuter apparat va dasturiy vositalari bilan bog‘lanishi. OT ning asosiy funksiyalari quyidagilardir: dasturlarni operativ xotiraga yuklash va ularning bajarilishini boshqarish; tashqi qurilmalar va bajarilayotgan dasturlar orasida ma’lu- motlarni almashish amallarini ta’minlash; dasturlar bajarilishi vaqtida nostandart holatlarga xizmat qilish; bajarilib bo‘lingan dasturlarni operativ xotiradan olib tashlash va yangi dasturlarni yuklash uchun joy bo‘shatish; dasturlar va ma’lumotlarni tashqi qurilmalarda qidirish va saqlashni tashkil etish; foydalanuvchi va operatsion tizim o‘zaro bog‘lanishini tashkil etish — foydalanuvchi buyruqlarini qabul qilish va bajarish; bir disk qurilmasidan boshqasiga nusxa olish, disk qurilmalarini formatlash va boshqa turli yordamchi (servis-xizmat- chi) funksiyalarni bajarish. Operatsion tizimning kiritish-chiqarish asosiy tarkibiy qismi, odatda, kompyuter doimiy xotirasiga yoziladi, qolgan qismlari esa lazer, vinchester diski yoki yumshoq diskda joylashtiriladi, u shuning uchun ham tizimli disk deb ataladi. Tizimli disksiz kompyuter prinsip jihatdan ishlamaydi. Operatsion tizim kompyuter ishlash jarayonida doimo ishchi holatda bo‘ladi. OT ishi kompyuter yoqilganda boshlanadi va u o‘chirilganda tugaydi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling