Tema: Qog’irshoq teatri personajlarini yasash orqali badiy ijodkorlik qobilyatin shakllantirish mazmuni va qoǵirshoq yasash usullari


Download 92.43 Kb.
bet6/8
Sana04.02.2023
Hajmi92.43 Kb.
#1160531
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-ma\'ruza sahna

6-bosqich. Bezash.
Pardozdan chiqqan qo`g`irchoqni bezash uchun tasvirda ko`rsatilgandek kiyintirilib, qo`l-oyoqlar ulanib, kiprik, soch-soqol, dumlar, umaman, kerakli narsalar yopishtiriladi. Bo` qg`irchoq qo`lda kiyib o`ynatilgani bois ikki barmoq sig`adigan moslama (patron) qo`g`irchoqning panjasiga qo`shib tikiladi. Qo`g`irchoq harakatlanishi uchun tayyor holatga keltiriladi.
7. Sim (tros`tovыe) bilan boshqariladigan qo`g`irchoqlarni yasash.
Kerakli jihozlar: po`lat sim, qo`g`irchoqni kiyintirish uchun har xil mato, qaychi, har xil qog`ozlar, yupqa doka, jilvir qog`oz, kulollar ishlatadigan loy yoki plastilin, gips, alebastr, vazelin yog`i, vatman qog`oz, karton qog`oz, har xil rangli bo`yoqlar, yog`och parchalari, yog`och ustasining asbob-anjomlari.
1-5 gacha bo`lgan bosqichlar qo`lga kiyib o`ynatiladigan qo`g`irchoqlar kabi bo`ladi.
6-bosqich. Bezash ishlari.
Pardozdan chiqqan qo`g`irchoqning bosh qismini endi tayoqcha (gabit)ga emas, balki, mexanizator usta tayyorlagan moslamaga qotiriladi. Bu moslamada qo`g`irchoqning qo`llarini qatirish elka qismida bo`lai. Ya`ni qo`g`irchoqning panjalari simga o`rnatilgan moslamaga, moslama esa qo`g`irchoqning elkasiga mahkamlanadi.
Agarda zaruriyat tug`ilsa qo`g`irchoqning oyoqlariga ham sim o`rnatish mumkin. Sim bilan boshqariladigan qo`g`irchoqlarning boshqa qo`g`irchoqlardan farqi – uning oyoq va qo`llari sim bilan boshqariladi.
8. Ip (marionetka) bilan boshqariladigan qo`g`irchoqlarni yasash.
Kerakli jihozlar: kosiblar ishlatadigan qora rangli ip, qo`g`irchoqni kiyintirish uchun har xil mato, qaychi, har xil qog`ozlar, yupqa doka, jilvir qog`oz, loy yoki plastilin, gips, alebastr, vazelin yog`i, vatman qog`oz, karton qog`oz, har xil rangli bo`yoqlar, yog`och parchalari, yog`och ustasining asbob-anjomlari.
1-5 gacha bo`lgan bosqichlar qo`lga kiyib o`ynatiladigan qo`g`irchoqlar kabi bo`ladi.
6-bosqich. Bezash ishlari.
Pardozdan chiqqan qo`g`irchoqning bosh qismini mexanizator tayyorlagan qo`g`irchoqning gavda qismiga qatiriladi. Qo`g`irchoqning qo`l-oyog`i, gavdasi va bosh qismidan ip tortib qo`g`irchoqni boshqarish uchun tayyorlangan moslamaga qotiriladi. Ip bilan boshqariladigan qo`g`irchoqning o`ziga xos xususiyati shundaki, uning harakatlari boshqa qo`g`irchoqlar harakatiga nisbatan hayotiyroq yoki qiziqarliroq bo`ladi. Bu esa tomoshabinni o`ziga yanada jalb qiladi.

Download 92.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling