Tema: Xalıq ámeliy sanaatı milliy baylıǵımız


Tema: Keksesi bar úydiń perishtesi bar


Download 1.99 Mb.
bet3/7
Sana06.04.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1335696
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarbiya saat 2 smestr

Tema: Keksesi bar úydiń perishtesi bar.
Xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bor uyning zari bor”, “Qari uyning farishtasi, saranjomi, sarishtasi” degan hikmatona naqllar yuradi. Haqiqatan, keksalari bor xonadon fayzli va barakali xonadondir. Ular davrasida ulg‘ayayotgan yosh avlodning ma’naviyatiyu ta’lim-tarbiyasi yuksak bo‘ladi. Shu ma’noda, keksalarga boy va ular e’zozlangan yurtda ham ezgulik, mehr-oqibat va farovonlik hukm suradi. Azal-azaldan yurtimizda keksalar e’zozda bo‘lib, ularga alohida hurmat va ehtirom ko‘rsatib kelinadi. Bu yoshlar zimmasidagi mas’uliyat va farzga aylangan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, joriy yilning 27 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Qarorga ko‘ra, keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, turmush sharoitini yaxshilash, faol va mazmunli hayot kechirishlarini ta’minlash, ularning boy hayotiy tajribasidan keng foydalanish maqsadida BMT Bosh Assambleyasining 1990 yil 14 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan e’lon qilingan 1 oktabr – “Xalqaro keksalar kuni”ni mamlakatimizda ham har yili mazkur sanada keng nishonlash maqsadida oktabr oyining birinchi haftasi “keksalar haftaligi” etib belgilandi. Shuningdek, qarorda yana ko‘plab o‘zgarishlar va yangiliklar keltirilgan. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mazkur qaror va haftalikni yuqori saviyada va faol o‘tkazish maqsadida kasaba uyushmalari tizimlarida ham tadbirlar rejalari ishlab chiqilib, mazkur rejaga asosan, mehnat jamoalarida mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar uyushtirilmoqda, ularning uylariga tashrif buyurib, hol-ahvolidan xabar olinmoqda, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi asosida keksa avlod vakillarining respublika ko‘plab tarixiy shahar va ziyoratgohlariga sayohatlari tashkillashtirilmoqda. Bundan tashqari, joylarda yoshi ulug‘lar o‘rtasida turli sport tadbirlari, xususan, piyoda yurish marafonlari bo‘lib o‘tmoqda, ularning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida kinoteatrlarga olib borilmoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi tomonidan ham mazkur haftalik davomida bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, pensiya yoshidagi shaxslarga pensiyaga chiqishidan oldin bir yo‘la moddiy yordam berish va ularni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash maqsadida 47 ta korxonada 48 nafar xodimga jami 9800,0 so‘m miqdorida moddiy yordam ajratildi. Shuningdek, xodimlarga yubiley sanalari munosabati bilan 35 ta korxonadagi 32 nafar xodimga jami 4470,0 so‘m miqdorida (shundan, 2490,0 so‘m mablag‘ kasaba uyushmasi hisobidan) qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Qolaversa, o‘z vaqtida korxona rivojiga o‘z mehnati bilan hissa qo‘shgan va ayni paytda keksalik gashtini surayotgan 106 ta korxonaning 180 nafar sobiq xodimlariga ham jami 21927,2 so‘m miqdorida moddiy yordam berildi. Xususan, 36 ta korxonaning 42 nafar sobiq xodimlari, ya’ni nogironligi bo‘lgan shaxslar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj kishilarga jami 6555, 5 so‘m miqdorida turli bayramlar arafasida moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, kasaba uyushmasi tizimlarida keksa avlod vakillariga moddiy yordam ko‘rsatish, ularning vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi turli chora-tadbirlar birgina “keksalar haftaligi” doirasida emas, aksincha, yil davomida olib boriladi. Xulosa o‘rnida aytganda, keksalarimizning duoga ochgan qo‘llari, yuzlaridagi mamnunlik ifodasini ko‘rib, ularni qancha ko‘p qadrlab e’zozlasak, hurmat va ehtirom ko‘rsatsak ham shu qadar kam ekanligini yana bir karra his etasan kishi. Zero, bugungi farovon hayot va shodumon kunlarga yetishimizda ularning beminnat hissasi bor, mehnati singgan. Shunday ekan, keksa avlod vakillarining duosini olib yurish barchamizga nasib aylasin.




Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling