Tema: Xalıq ámeliy sanaatı milliy baylıǵımız


Tema: Úlkemiz tariyxı. 18 may múzeyler kúni


Download 1.99 Mb.
bet5/7
Sana06.04.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1335696
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarbiya saat 2 smestr

Tema: Úlkemiz tariyxı. 18 may múzeyler kúni.
18 may – Xalqaro muzeylar kuni bo‘lib, u 1977 yildan beri nishonlab kelinadi. Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, 18 may kuni barcha muzeylarda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi, o‘nlab yangi ko‘rgazmalar ochiladi. Bu kunda barcha muzeylar tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi. Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 105tani tashkil etgan. Hududlar kesimida eng ko‘p muzey Toshkent shahrida joylashgan (29ta), eng kami esa Sirdaryo viloyatida (1ta). Bundan tashqari, Buxoro viloyatida 19ta, Farg‘onada 13ta, Samarqandda 12ta, Toshkent, Navoiy, Jizzax viloyatlarida 5 tadan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4ta, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida 2tadan muzey joylashgan. Ma'lumot uchun, 2021 yilda butun dunyo bo‘yicha eng mashhur muzeylar reytingida Parijdagi (Fransiya) Luvr muzeyi 9,6 million tashrif buyuruvchi bilan 1-o‘rinni egallaydi. Ushbu reytingning ikkinchi o‘rnida 7,3 million tashrif buyuruvchi bilan Xitoydagi Milliy Muzey (Beijing shahri), uchinchi o‘rinda esa 6,8 million tashrif buyuruvchi bilan Vatikan muzeyi (Vatikan shahri) turadi. Kuchli beshlikka Nyu-Yorkdagi Metropolitan San'at muzeyi (6,7 million tashrif buyuruvchi) va Londondagi Britaniya muzeyi (6,2 million mehmon) yakun yasaydi.

Har qanday davlat taraqqiyot sari intilar ekan, doimo tarixga nazar tashlab, mavjud urf-odatlar, anʼanalar va qadimiy yodgorliklarni oʻrganish va saqlab qolishga intilishi tabiiy. Ayniqsa, bu borada muzeylarning oʻrni beqiyosdir. Chunki muzeylar oʻtmishdan kelgan tarixiy madaniyatning yaxlit tizimiga solingan yigʻindisi boʻlib, amaldagi qonun-qoidaga muvofiq ravishda saqlanadi va namoyish qilinadi. Bugungi kunda mamlakatimizda turli yoʻnalishda 1200 dan ortiq davlat va nodavlat muzeylari faoliyat koʻrsatmoqda. Ushbu madaniyat maskanlari ajdodlarimizdan bizga meros boʻlgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy xazina boʻlib kelmoqda. Muzeylar yillar davomida tarixdan meros qolgan ashyolar, insoniyat ijodi mahsuli sifatida yaratilgan sanʼat asarlari bilan boyitilib, muzeylardan joy olgan ekspozitsiyalar umuminsoniy boylikka aylantirilmoqda. Bugun, 18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosobati bilan Qurolli Kuchlar faxriylari, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining mintaqaviy boʻlimi xodimlari ishtirokida Sharqiy harbiy okrug Fargʻona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun Fargʻona viloyati oʻlkashunoslik muzeyi boʻylab ekskursiya tashkil etildi.


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling