Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Kasalхоna (nоzоkоmial) infеktsiya


Download 249.89 Kb.
bet4/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Kasalхоna (nоzоkоmial) infеktsiya - bеmоrning kasalхоnada qоlish vaqtida kasalхоnada mikrоflоrani yuqtirishdan kеlib chiqqan yuqumli kasalliklar va asоratlar, shifохоnada rivоjlangan yuqumli kasalliklarning barcha hоllarini ham qamrab оladi, yatrоgеnik infеktsiyalari - tibbiy manipulyatsiya natijasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri rivоjlanadi. Shifохоna ichi infеktsiyalarining оrasida kеng tarqalganlari:

  • Streptococcus aureus et pyogenous,

  • Klebsielaa pneumoniae,

  • Enterobacter specles,

  • E. Coli,  Proteus species,

  • Candida albicans, viruslar.

Infеktsiya manbalari bo‘lishi mumkin: • bеmоrlar, • tashrif buyuruvchilar, • muassasaning tibbiyot хоdimlari.
Operatsiya bloki va uning jihozlanishi. Operatsiya bloki — xirurgik bo‘limning ,,yuragi“ hisoblanib, quyidagi guruhlami o‘z ichiga oladi:
Operatsiya o‘tkaziladigan xonalar (operatsiya zali, narkoz ap- paratlari va boshqa asbob-uskunalar turadigan xona, operatsiyadan oldingi va bemor narkozdan uyg‘ongandan keyingi xonalar.
Ho‘jalik xonalari (kiyim-kechak, asboblarni saqlash, qon va qon o'rnini bosuvchi suyuq preparatlar saqlanadigan xona
Tibbiyot xodimlari xonasi (operatsiya va bog‘lov materiallarini tayyorlash, avtoklav, markaziy sterillash xonalari
Operatsiya bloki maxsus ajratilgan joyda bo‘lib, xirurgik hamda intensiv terapiya bo‘limlari bilan koridor orqali tutashgan va xirurgiya bo‘limi hamda oziq-ovqat shoxobchasidan uzoqda bolishi lozim. Uning derazalari shimol va shimoli-g‘arb tomonga qaratilgan bolishi kerak.
Zamonaviy operatsiya xonalarining devorlariga oq yoki pushti rangli maxsus kafel plitalar yopishtiriladi. Hozirgi paytda tuman xirurgiya boiimlarida, odatda, ikkita bir-biridan ajratilgan toza va yiringli kasalliklarni operatsiya qiladigan zallar mavjud. Operatsiya zali bevosita operatsiya o‘tkaziladigan joy bo‘lib, taxminan 100 o‘rinli xirurgiya boiimi uchun 40 m2 li, keng, yorug1 xona ajratilishi lozim.
Isitish. Xonalarni radiatorlar bilan bug'da isitgan yaxshi. Radiatorlarda chang to‘planib qolishiga yoi qo'ymaslik uchun ularning ustini o‘rash lozim. Operatsiya xonasining harorati bir me’yorda — 22—24°C atrofida bolishi shart.
Yoritish sistemasi. Operatsiya xonalariga shimoli-g‘arbga yo'nal- gan, och rangli bo‘yoq bilan bo‘yalgan keng deraza qurish tavsiya qilinadi. Ba’zi mintaqalarda operatsiya xonalari derazasiz bo'lib, ularda operatsiyalar sun’iy yorug‘likda o‘tkaziladi. Ammo sun’iy yorug‘lik xirurgni tez charchatib, unga salbiy ta’sir qiladi. Operatsiya xonasida umumiy va mahalliy sun’iy yorug‘likdan foydalaniladi. Umumiy yoritish uchun 400 lk li panelli luminessent lampalar yoki 200 lk li lampalar qo‘llaniladi. Mahalliy yoritish umumiy yoritishdan 100 marta ortiq bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda shipga o‘rnatiladigan, statsionar, 4— 7—9 va 12 reflektorli, soyasiz yoritish sistemalari mavjud.
Shamollatish. Operatsiya xonasi yaxshi shamollatilishi kerak. Buning uchun ko‘proq havo oqib keladigan havo almashtirgich moslamalar qo'llagan yaxshi. Sovitadigan, isitadigan, havoni namlab beradigan emas, balki sterilizatsiya ham qiladigan maxsus konditsionerlar ma’qul hisoblanadi.
Operatsiya brigadasiga bakteriya va suyuqlik kirmaydigan qalin impregnatsiya qilingan paxtali ashyo (legilen)dan tayyorlangan bakteritsid kiyim beriladi. Operatsiya kiyimi faqat shu yerda kiyiladi, shuning uchun operatsiya kiyimining rangi boshqa kiyimlardan farq qilishi (masalan, yashil rangda bo‘lishi) kerak. Tibbiy qalpoq sochni bekitib turishi kerak. Burun, og‘iz, iyakni bekitib turadigan niqob filtr vazifasini bajaradi. Burun chekkalarini o‘rab turishi uchun niqobning maxsus metallik moslamasi bo‘ladi. Niqob to‘rt qavatli dokadan tayyorlanadi. Burun va og‘izni bekitib turadigan niqobdan tashqari, xodimlar hayot faoliyati chiqindilarini chiqarib tashlaydigan maxsus moslamalar ixtiro qilingan. Ayrim o‘ta toza operatsiyalarda (yurakni ko‘chirib o'tkazish, yurakka klapanlar qo‘yish) operatsiya qiladigan xirurglar va hamshiralar maxsus kiyim va shlemlar kiyishadi, ulaming peshanalariga doimo yengil shabada kelib turadi. Nafas bilan chiqarilayotgan havo va ter xodimlar yuzi va bo‘ynidan vakuum nasoslar yordamida tortib olinib, xonadan tashqariga uzatiladi. Shlemga operatsiya qiluvchilar bilan gaplashish, aloqa qilish uchun moslama o‘rnatilgan. Bu sistema ishonchli aseptikani vujudga keltiradi.



Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling