Темир йул транспортида бошкаришнинг


Vаgоn pаrkini bоshqаrishning аvtоmаtlаshtirilgаn tizimi


Download 1.97 Mb.
bet16/44
Sana18.06.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1595734
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
1.2. Vаgоn pаrkini bоshqаrishning аvtоmаtlаshtirilgаn tizimi

Тemir yo’l trаnspоrtidа tаshish jаrаyonlаrini bоshqаrishining muhim mаsаlаlаridаn biri – temir yo’ldа vа umumаn tаrmоqdа vаgоnlаrning hоlаti vа hаrаkаtlаnishining qаttiq nаzоrаtidir.


Ittifоqning tаrqаtilishidаn so’ng vаgоn pаrkining MDH vа Bоltiq bo’yi dаvlаtlаri o’rtаsidа tаqsimlаnishi vаqtidаn buyon vаgоnlаr аnchа еskirdi, tа’mirlаsh turlаri bilаn qаmrаb оlinmаgаn vаgоnlаr vа nоsоz vаgоnlаr ulushi оrtdi, yangi vаgоnlаrning qo’shilishi kаmаydi. Pаrk tаqsimlаngаnidаn so’ng yuk vаgоnlаridаn birgаlikdа fоydаlаnilgаndа yuzаgа kelgаn hоlаt tez vа muvоfiqlаshtirilgаn chоrаdа ko’rishni tаlаb еtаdi. "Begоnа" vаgоnlаrni kuzаtish meхаnizmi yetаrli еmаs еdi. Vаgоnlаrning ko’pi yo’qоlаrdi yoki tа’mirlаsh vаqtini o’tkаzib qаytib kelаr еdi. Vаgоnlаrdаn еgаsiz, demаk хo’jаsizlаrchа fоydаlаnishlаrgа chek qo’yish zаrurаti tug’ildi. Buning uchun belgilаngаn kvоtаdаn оshib ketgаnlik uchun o’zаrо хisоblаrdаn vоz kechish vа bоshqа dаvlаtlаrgа tegishli hаr bir vаgоndаn fоydаlаngаnlik uchun хisоblаrgа o’tish kerаk еdi.
Bundаn tаshqаri, vаgоn pаrkini bоshqаrish usullаrini o’zgаrtirib, rаqаmli hisоbgа, dislоkаtsiyasi nаzоrаtigа, vаgоn pаrkidаn fоydаlаnish vа rоstlаsh tаhliligа o’tishgа еhtiyoj tug’ildi.
Bu vа bоshqа mаqsаdlаrdа vagonlar parkini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimida (VPABT) yarаtildi. Mаjmuаning to’liq nоmi –"MDH dаvlаtlаri temir yo’llаridа vаgоn pаrkining rаqаmli hisоbi, dislоkаtsiyasi nаzоrаti, fоydаlаnish vа rоstlаsh tаhlilining аvtоmаtlаshtirilgаn tizimi". Bu tizim bоsqichmа-bоsqich 1995 yildаn bоshlаb yarаtilа bоshlаndi.
Tizimning tuzilmaviy xususiyatlari. VPABT quyidagi axborot texnologiyalari qo‘llanib, ular ishlab turibdi:
- vagonlar parkini boshqarish;
- harakatlanuvchi tarkibning ajratilgan tiplarini boshqarish;
- boshqa ma’muriyatlar vagon parklarini boshqarish;
- rezervdagi vagonlarning mashina hisobi;
- zaxiradagi vagonlarning mashina hisobi;
- nosoz vagonlarning mashina hisobi;
- yuk vagonlari parki mavjudligi va holatini nazorat qilish;
- yuklarni etkazib berish muddatlari buzilishlarini raqamma-raqam hisobga olish asosida operativ nazorat qilinishi va tahlilini ta’minlash;
- yuk tushirib olinish stansiyasi kodini bo‘sh vagonlar natura varag‘iga avtomat tarzda qo‘yish;
- amalda bajarilgan ishlar hajmiga ko‘ra yuk vagonlari ta’mirlanishini nazorat qilish;
- raqamma-raqam kuzatish asosida ishchi vagonlar parkining bo‘sh vagonlaridan foydalanish tahlili;
- nosoz vagonlar mavjudligining mashina hisobi va ular bilan ishlashni hisobga olish, o‘z hamda ijaraga olingan vagonlar bo‘yicha axborotni ajratib olgan, ular joylashishi va holatini hisobga olgan holda;
- yarimvagonlar va sisternalarni yuk ortishga talabnomalarga raqamma-raqam tirkash (biriktirish);
- ijaraga olingan vagonlarni qayd etish, hisobga olish va ulardan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim;
- o‘z vagonlarini qayd etish, hisobga olish va ulardan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim;
- davlatlararo va temir yo‘llararo almashinuv bo‘yicha texnologiyalar majmui va dasturiy ta’minoti, temir yo‘l va tarmoq darajalari ma’lumotlari asosida o‘zaro hisob-kitoblar va ana shu bazalar ma’lumotlari tekshirilishini ta’minlash;
- vagonlar uzatilishi to‘g‘risidagi hisobiy ma’lumotlarni kelishgan holda taqdim etish;
- davlatlararo ulanmalar bo‘yicha vagonlarni uzatish stansiyasini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi;
- raqamli vagon modellarini umumiy tizim bo‘yicha yuritish vositalari;
- vagon parklariga oid hisobotlar tuzilishini avtomatlashtirish;
- vagonlarni tashishga tayyorlashni nazorat qilish tizimi;
- sisternalar parkini boshqarish;
- TTBAT bazasida temir yo‘llar texnik va saralash stansiyalari uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
- vagon parklari ishining sifat ko‘rsatkichlari hisobi;
- bo‘sh yarim vagonlar, sisternalar, usti yopiq vagonlar, platformalar texnik holatini va ularning yuk ortishga yaroqliligini aniqlash tizimi;
- yo‘l darajasi vagon modellarining holatini nazorat qilish bo‘yicha axborot-ma’lumot tizimi;
- tashishga doir hujjatlarni elektron shiempellash tizimi;
- tashqi savdo yuklarini dengiz portlari va chegara o‘tish joylari orqali tashishga oid axborot texnologiyalari;
- chegara stansiyalarida tutib qolingan vagonlarni nazorat qilish tizimi;
- yo‘l-tarmoq darajasida shoxobcha yo‘llarining vagon modelini yaratish bilanshoxobcha yo‘llarida vagonlar mavjudligining, shuningdek yukni ortish-tushirib olishstansiyalarida vagonlarning turib qolishlarini avtomatlashgan raqamma-raqam nazorat qilish tizimi;
- vagonlar bilan ishlash bo‘yicha dispetcherning avtomatlashgan ish joyi;
- ajratilgan vagon turlari va ayrim poezd toifalarining jilib borishini nazorat qilish avtomatlashgan tizimi;
- yuk vagonlari parkining avtomatlashgan ma’lumotlar banki.
Tizimda yuk ishlari, yuk vagonlari parkining vagonlar umumiy va raqamma-raqam mavjudligi va uni tashkil etuvchi elementlar bo‘yicha ma’lumotlarning o‘zaro to‘liq mos kelishini ta’minlaydigan yo‘l va tarmoqning dinamik vagon modellari dolzarb holda saqlab turiladi.
Tizimda poezdlar, vagonlar va yuklar bilan amalga oshirilgan operatsiyalarga doir ma’lumotlar bir marta kiritilganida ulardan ko‘p marotaba foydalanilishini ta’minlaydigan yagona dinamik vagon modeli shakllantirilib, saqlab turiladi va bu axborot ishonarliligini va uning turli ilovalarda o‘zaro muvofiqligini yaxshilaydi.
Texnik vositalarni foydalanuvchi AIJida qo‘llash. VPABT tizimi SAS-texnologiyalar asosida rivojlanadi. Tizim foydalanuvchilari tarmoq darajasida u bilan qudratli ishlov berish va ma’lumotlar bazalarini (mainframe) yuritish vositalari, serverlar va foydalanuvchilar AIJlarini telekommunikatsiyalarning dasturiy-texnik vositalari yordamida birlashtirgan “RJD” OAJ kompleks axborot-hisoblash tarmog‘i orqali aloqa bog‘lab (birga ishlab) turadilar.
VPABT tizimi foydalanuvchi AIJi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: IBM bilan uyg‘unlikda (birikib) ishlay oladigan kompyuter (RS), rangli monitor, A3 formatida chop etadigan printer, Windows XR operatsion tizimi.
Tizim samaradorligi. Rossiya temir yo‘llarida 2000 yilning yozida tatbiq etilgan VPABT tizimi tarmoqda bir yilda 794 million rublgacha mablag‘ tejash imkonini beradi. Tizim real vaqt ko‘lamida ishlab, shartli ravishda 849 uchastkaga bo‘lingan, taxminan 4 mingta texnik va yuk stansiyalari, ularga kirib boradigan taxminan 20 ming shoxobcha yo‘llar va 174 ta’minlash vagon ta’mirlash depolarini ajratib olgan holda butun Rossiya temir yo‘llari tarmog‘ini qamrab olgan. VPABT ana shu vagon bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yuzga yaqin operatsiyalarni qamrab olgan har vagon haqidagi ma’lumotlarga ega. Bu vagonlar parki ishiga aniqroq baho berish imkonini berib, shu bilan yuk tashishlar sifatini avtomatlashgan holda boshqarish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Tizim 1-navbati axborot texnologiyalarini sanost ekspluatatsiyasiga tatbiq etish noto‘g‘ri yoki noaniq raqamlangan to‘rt mingga yaqin vagonlarni muomaladan chiqarish hisobiga avvalroq amal qilgan texnologiyalarga nisbatan kattagina ishlab chiqarish samarasini berdi. Bu, xususan, yuklar yo‘qotilishidan ko‘riladigan yo‘qotishlarning (yiliga 400 mln. rublgacha) oldini olish imkonini berdi. Bundan tashqari, yuklarni etkazib berish muddatlari uzaytirib yuborilganligi uchun jarimalar 1,5 barobar qisqarib, shuningdek tarmoq bo‘yicha vagonlarini ta’mirlash hajmlari 20% ga kamayib, buni yiliga tejalgan 794 iln. rubl mablag‘ga tenglashtirish mumkin.
VPABT tizimi samaradorligi quyidagilar hisobiga ta’minlanadi:
- vagonlarni yuk ortishga berilgan talabnomalarga avtomat tarzda raqamma-raqam biriktirish yo‘li bilan ularning bo‘sh bosib o‘tadigan yo‘lini qisqartirish;
- yuk jo‘natuvchilar va yuk qabul qiluvchilarni vagonlarning joylashgan joyi, etib kelish vaqvtidan xabardor qilishdan tushadigan daromadni oshirish;
- vagonlarni ijaraga va operator-kompaniyalarga berishdan tushadigan daromadni ko‘paytirish;
- etkazib berish muddatlari va tashishda yuklar saqlanib qolmasligi tufayli yo‘qotishlarni qisqarntirish;
- mavjud parkdag foydalanishni yaxshilash hisobiga yangi vagonlarni xarid qilishga qo‘shiladigan kapital kiritmalar hajmini qisqartirish;
- vagonlar parkini optimal muvofiqlashtirish natijasida “begona” vagonlardan foydalanish uchun to‘lanadigan haq hajmini qisqartirish.



Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling