Темир йул транспортида бошкаришнинг


IV-BO’LIM. AXBOROTLARNI YIG’ISH, UZATISH VA QAYTA ISHLASH AVTOMATLASHTIRILGAN ТIZIMLARI


Download 1.97 Mb.
bet34/44
Sana18.06.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1595734
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
IV-BO’LIM. AXBOROTLARNI YIG’ISH, UZATISH VA QAYTA ISHLASH AVTOMATLASHTIRILGAN ТIZIMLARI


4.1. Temir yo‘l transportida aloqa tarmoqlari

Temir yo‘llarda tashishlarni boshqarishning axborot texnologiyalari axborot etkazib berilishiga asoslangan aloqa tarmoqlari asosiga qurilganlar.


Mamlakat temir yo‘llaridagi texnologik aloqa tarmog‘i tuzilmasi temir yo‘l transportini boshqarish ierarxiyasi (tuzumi)ga muvofiq kelib, u o‘z ichiga quyidagi tarmoqlarni olgan:
- magistral, temir yo‘llar boshqarmalari, shuningdek qo‘shni (yondosh) temir yo‘llar boshqarmalari o‘rtasidagi axborot almashinuvini ta’minlaydi;
- yo‘l, temir yo‘l miqyosida, boshqarmalar, bo‘linmalar va temir yo‘l stansiyalari orasida axborot uzatish uchun mo‘ljallangan;
- bo‘linma, temir yo‘l bo‘linmasining stansiyalar, liniya bo‘linmalari (depo, masofalar va h.k.) hamda shu kabi boshqa boshqaruv ob’ektlari (o‘tish joylari, tortuv podstansiyalari va sh.k.) bilan axborot almashinuvi uchun mo‘ljallangan;
- stansiya yoki mahalliy, bir stansiya, korxona, tashkilot chegarasidagi abonentlar o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlaydigan.
Ushbu tarmoqlarning texnik asosi bo‘lib havo (VLS), metrli kabelli (KLS), radioreleli (RLS) va optik-tolali (VOLS) aloqa liniyalari xizmat qiladilar. Havo, kabel va radioreleli aloqa liniyalari asosan axborotni analogli uzatishga asoslanadilar.optik-tolali liniyalar esa raqamli aloqa tizimidan foydalanadilar.
Havo aloqa liniyalarining kamchiliklari – kanallar sig‘imining cheklanganligi, tashqi elektr magnit maydonlari ta’siridan yaxshi himoyalanmaganligi, yog‘in-sochinlar ta’siriga moyilligi, texnik jihatdan saqlash uchun ko‘p mehnat talab qilishi ularning istiqbolini belgilab, 1960 yildan boshlab asta-sekin kabelli liniyalar bilan almashtirilishini belgilab berdi. Biroq Rossiya temir yo‘llarida hamon VLS lar ancha katta o‘rin tutib, uzunligi taxminan 30 ming km ni tashkil etadi.
Kabelli aloqa liniyalari bir, ikki va uch kabelli liniyalar ko‘rinishida ishlatiladilar. Kabellar nechtaligi tashish jarayonining tig‘izligi, temir yo‘l uchastkalarining avtomatika, telemexanika, hisoblash texnikasi bilan jihozlanganlik darajasiga bog‘liq. ular orasida ikki kabelli liniyalar eng ko‘p qo‘llanadi. Uch kabelli liniyalar esa temir yo‘llarning yuk eng ko‘p tashiladigan uchastkalarida qo‘llanadilar.
Optik tolali axborot uzatish tizimi mahalliy va xorijiy kabel mahsulotlari va unimontaj qilishuchun komponentlari, tarmoq uskunalari apparat-dastur vositalari, o‘lchash texnikasi va tarmoq texnik ekspluatatsiyasi tizimini yaratish uchun transport vositalarini (mobil laboratoriyalar) ishlab chiqaruvchilarining so‘nggi yutuqlarini ro‘yobga chiqarish natijasida shakllanib boradi.
VOLS ning yuqori darajadagi ishonchliligi ishonchli uskunalardan foydalanish, shuningdek ko‘p darajali rezervlash, shu jumladan kichik tarmoqqa ulanishlarni hamda liniyalarni rezervlash yo‘li bilan ham ta’minlanadi. Tarmoq elementi tarkibida ma’lumotlarni uzatadigan barcha almashinadigan platalar ikkitadan o‘rnatilib, bu uskuna ishdan chiqqanida axborot yo‘qotilishining oldini olish imkonini beradi.
Analogli tarmoqdan to‘lig‘icha raqamli tarmoqqa o‘tish anchagina davomli jarayon bo‘lganligi sababli, bu holda temir yo‘l va bo‘linma tarmoqlari o‘tish davriga analogli va yangi yaratilayotgan raqamli aloqa tarmoqlarini o‘z ichiga oladilar.



Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling