Темир йул транспортида бошкаришнинг
Mahalliy ishlarni boshqarish tuzilmasi va uning funksiyalari
Download 1.97 Mb.
|
5.4. Mahalliy ishlarni boshqarish tuzilmasi va uning funksiyalari
Nazorat va tahlil qilish kichik tizimining vazifalari mahalliy ishlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridagi (MI ABT) tizim foydalanuvchilariga, ularning lavozim majburiyatlaridan kelib chiqib, bo‘linma mahalliy ishi sutkalik va smenalik rejalarining bajarilish jarayonini uzluksiz nazorat qilib borish imkonini beradi. Ularga har bir vagon, stansiya, yuk fronti, yuk jo‘natuvchi yoki yuk qabul qilib oluvchiga qadar rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar, shuningdek ana shunday tafsilotlari bilan birga ularning amalda bajarilganligi haqidagi ma’lumotlar taqdim etiladi. Bo‘linmada poezdlar va vagonlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalarga oid ma’lumotlarni maksimal darajada detallashtirish, hamda ularning o‘z vaqtida kelib tushishi real vaqt ko‘lamida tashish jarayoniga ta’sir ko‘rsatish, muvofiqlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqib, ularni liniya darajasidagi ABT orqali amalga oshirish imkonini beradi. Mahalliy ishlarni boshqarish markazlari (MIBM) temir yo‘llar bo‘linmalari poligonlarida tashishlarni boshqarish tizimini isloh qilish dasturiga muvofiq yaratilib, u temir yo‘lning quyi texnologik tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lib hisoblanadi. Hududiy jihatdan MIBM temir yo‘llar bo‘linmalarida joylashadi. Axborot jihatidan MIBM temir yo‘l, stansiyalar va yo‘l bo‘linmasi infratuzilmasi xo‘jaliklari bo‘linmalari operativ ishchi-xizmatchilari bilan bog‘liq bo‘ladilar. Ko‘pincha MIBMlar temir yo‘llar bo‘linmalarining tashish bo‘limi asosida tashkil etiladigan mahalliy ishlarni boshqarish direksiyalari tarkibiga kiritiladilar. Direksiyalarning asosiy vazifasi MIBM ni qo‘llagan holda bo‘linma poligonida mahalliy ishlarni operativ (tezkor) boshqarib borishdan iborat bo‘ladi. O‘z faoliyatida MIBM amaldagi qonun hujjatlari, MIBM uning tarkibidan o‘rin olgan temir yo‘l boshlig‘i hamda temir yo‘l bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida faoliyat yuritadi. MIBM (direksiya) apparati esa vazifasi tashishlar bo‘limi boshlig‘ining operativ ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (NODN) tomonidan bajariladigan MIBM boshlig‘i va dispetcherlik ishchi-xodimlaridan iborat bo‘ladi: - MIBM katta dispetcheri (DNSS); - bo‘linma bo‘yicha navbatchi – smena boshlig‘i (DNSO); - liniya tumanlari mahalliy ishini tashkillashtiradigan dispetcherlar (DNSU); - vagon taqsimlovchi funksiyalariga ega bo‘lgan mahalliy ishlari bo‘yicha dispetcher (DNSM). MIBM ni boshqarish poligoni sifatida MIBM dispetcherlari boshqarish tumanlari bo‘lgan liniya tumanlari yig‘indisi sifatida taqdim etilgan, temir yo‘l bo‘linmasi o‘z chegaralarida ishtirok etadi. Har bir liniya tumani mahalliy yukni tarqatishda tumanning tayanch stansiyalari bo‘lgan stansiyalariga mahalliy poezdlarni shakllantirib boradigan bir yirik texnik stansiyasiga ega bo‘ladi. ana shunday yirik va oraliq stansiyalarida mazkur tayanch stansiyasi yuk frontlariga xizmat ko‘rsatadigan, shuningdek mahalliy yukni biriktirilgan oraliq stansiyalariga tarqatib, ularning yuk frontlariga xizmat ko‘rsatadigan manyovr lokomotivlari doimiy ravishda joylashadilar. Liniya tumanlari ABTlari dinamik modellari ma’lumotlariga asoslangan tizimning funksional tarkibi bo‘linma mahalliy ishini operativ boshqarish jarayonining barcha tarkibiy qismlarini qamrab olishi ko‘zda tutilgan. Tizim 1-navbatini ro‘yobga chiqarish yuk ortish-tushirish, mahalliy poezdlar tayinlanmalarini joriy rejalashtirish va mahalliy yuklarni tarqatishni smena-sutkalik rejalashtirish vazifalari, bo‘linmada operativ rejalarning bajarilishi va mahalliy ishlar borishini nazorat va tahlil qilish vazifalari majmuini yaratishga qaratilgan. Tizimda yaratilayotgan AIJlar nazorat qilinayotgan ob’ektlar haqida dialog rejimida zarur ishonarli va batafsil boshlang‘ich ma’lumotlarni olish, boshqaruv qarorlarini shakllantirish, bir ierarxiya darajasi, hamda MIBM, yo‘l va liniyalar darajalari orasidagi boshqaruv ta’sirlarining o‘tuvchanligini ta’minlash imkonini beradilar. Temir yo‘l bo‘linmasida MI ABT tuzilish bosqichlari quyidagi vazifalarning hal qilinishini aks ettiradilar: - poligondagi mahalliy ishning mavjud texnologiyasini ABTni joriy qilish sharoitlarida takomillashtirish maqsadida tahlil qilish va tuzatishlar kiritish; - liniya, bazaviy, tayanch va birikkan stansiyalar chegaralarini belgilab olish; - yalpi kasblar ishchi-xizmatchilari AIJlarini o‘rnatish bilan liniya tumanlari poligonlarini qoplash; - AIJlarni dasturiy ta’minot bilan to‘ldirish; - MI ABT foydalanuvchilarini o‘qitish (o‘rgatish); Tugallovchi bosqich MIBMni yaratishdan iborat bo‘lib, bunda MIBMning ishlash texnologiyasi ishlab chiqiladi, operativ-dispetcherlik xodimlari tarkibi va lavozim majburiyatlari aniqlashtiriladi, AIJ, MIBM, MI ABT loyihalashtirilib, funksional jihatdan aniqlashtirilib, avval tajriba sifatidagi, so‘ng sanoat ekspluatatsiyasiga topshiriladilar. Tizimning ishlashi MI ABT ma’lumotlar bazalari, hamda, odatda, temir yo‘llar bo‘linmalari ning hisoblash markazlarida o‘rnatiladigan ilova serverlarida ta’minlanadi. MI ABTni ishlab chiqish, yaratish va joriy etishni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash bo‘linmada mahalliy vagonlar oborotini 16% ko‘proq qisqartirish, istiqbolda esa, manevr, olib chiqadigan va uzatadigan lokomotivlar parki va lokomotiv brigadalari sonini kamaytirish, shuningdek yuklarni etkazib berish muddatlariga rioya qilinmaganligi uchun to‘lanadigan jarimalar o‘lchamlarini qisqartirish imkoni mavjudligini ko‘rsatadi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling