Temir tanqisligi kamqonligining bolalar orasida jins bo‘yicha tarqalganlig qo‘rsatkichi


Download 40.03 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi40.03 Kb.
#1495439
  1   2   3   4
Bog'liq
kamqonlik to\'liq uz-assistant.uz



TEMIR TANQISLIGI KAMQONLIGINING BOLALAR ORASIDA JINS BO‘YICHA TARQALGANLIG QO‘RSATKICHI (TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA)
Xayitkulova Parvinoz Sobir qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati tumanlari va Termiz shahrida yashovchi bolalar orasida temir tanqisligi kamqonligini jins bo‘yicha tarqalganlig qo‘rsatkichini, kelib chiqish sabablarini o‘rganish hamda oldi olinishining zamonaviy usullari ilmiy jixatdan asoslangan va xulosalar berilgan.
Kalit so‘zlar: kamqonlik, temir tanqisligi, ratsional ovqatlanish, gyemoglobin kamayishi, qon aylanish.
Tadqiqotning dolzarbligi.
Respublikamizdagi tug‘ish yoshidagi xotin-kizlar hamda xomiladorlar orasida temir tanqisligi kamqonligi keng tarqalgan bo‘lib, tug‘ish jarayonida salbiy taʼsir etib turli og‘ir asoratlar keltirib chiqarishga sabab bo‘lmoqda. Bu kasallik 47,3 % xollarda tug‘ish jarayonida turli asoratlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu raqamlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida 90% ni, Buxoro biloyatida 74,8% ni, Toshkent shahrida 72,1% ni, Farg‘ona viloyatida 60,7% ni tashkil etadi.
Respublikamiz Sog‘liqni Saqlash xodimlarining muhim vazifalaridan biri, bu temir tanqisligi kamqonligining oldini olish, o‘z vaqtida xavfli guruhlar orasida temir preparatlarini profilaktik miqdorda tavsiya etish, temir bilan boyitilgan oziq-ovqatlarni tavsiya etish, ratsional ovqatlanishni tushuntirishdir. Gemoglobin kamayishidan avvalroq chora-tadbirlar o‘tkazish, temir yetishmovchiligini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir darajali kamqonlik rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik har bir oila va jamiyat uchun iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biridir.
Temir organizmda almashtirib bo‘lmaydigan biometal bo‘lib, organizmning turli tizimlari xujayralari faoliyati uchun zarurdir. Uning biologik ahamiyati shundan iboratki, u hujayralardagi oksidlanish qaytarilish jarayonlari uchun zarurdir. Uning bu xususiyati to‘qimalarda modda almashinuvida ishtirokini taʼminlaydi. Temir organizmning 0,0065% ini tashkil etadi. 70 kglik erkaklar organizmida taxminan 3,5 г (50 mg/kg tana vazniga) temir bo‘ladi. 60kglik ayol organizmida esa taxminan 2,1 г (35 mg/kg tana vazniga) temir moddasi bo‘ldai. Temir birikmalari turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib, nafaqat funksional jihatdan aktiv bo‘lmasdan, balki muhim biologik faollikka egadir.
Kamqonlik muammosini yechish va uning oldini olish maqsadida quyidagi masalalarga keng eʼtibor berish lozim. Aholi orasida keng miqyosda targ‘ibot ishlarini olib borish, tibbiyot xodimlarining kamqonlik to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish, jamoatchilikning kamqonlik muammosiga bo‘lgan eʼtiborlarini kuchaytirish.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, bolalar orasda temir tanqisligi kamqonligi tarqalganligi, xavf omillarini o‘rganish, ularni bartaraf etish, bolalar salomatligini yaxshilash, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Download 40.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling