Rasm-1. Bolalarning jins bo‘yicha taqsimlanishi
Birlamchi tibbiyot muassasalariga bolalar temir tanqisligi kamqonligining og‘ir darajalarida murojaaat qilganlar. Ular barcha kasalliklar bo‘yicha murojaatlarning 12% ni tashkil qilganlar. Asosan bolalarda (85-90%da) yondosh kasalliklarda temir tanqisligi kamqonligi deb tashxislangan.
O‘tkazilgan tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, 41% 0-3 yoshli bolalarga, 43% 4-7 bolalarga, 9 % dan 8-11 yoshli bolalarga va 7% 12-14 yoshli bolalarga to‘g‘ri kelgan. Barcha yoshlarda qiz bolalar soni ustunlik qilgan (2-jadval).
Jadval-2
Temir tanqisligi kamqonligining yoshlar va jinslar
bo‘yicha tarqalganligi (%)
Jinsi
|
Yoshlar
|
0 - 3
|
4- 7
|
8- 11
|
12- 14
|
O‘g‘il bolalar
|
25
|
18
|
6
|
11
|
Qiz
bolalar
|
23
|
28
|
16
|
17
|
Jami
|
41%
|
43%
|
9%
|
7%
|
Baʼzan temir tanqisligi kamqonligi chaqaloqlarda va emizikli bolalarda ko‘p qon yo‘qotish tufayli sodir bo‘ladi. Bolalar kattalarga qaraganda qon yo‘qotishga juda sezgir bo‘lishadi, va kasalliklik tezda rivojlanadi. Chaqaloqlarda qon yo‘qotish platsentaning noto‘g‘ri joylashuvi, kesarcha jarrohlikda uning shikastlanishi natijasida kelib chiqadi. Chaqaloqlarda qiyin tashxislanadigan sabablardan biri bu yuqumli kasalliklarda oshqozon ichak traktidan qon ketishdir. Kam hollarda organizmga temir moddasining kam tushishi oqibatida zaga keladi.
Bolalik davrda anemiya rivojlanishining barcha variantlarini uchraydi. Biroq normal qon yaratish jarayoniga taaluqli moddalar yetishmasligi oqibatida yuzaga kelish sabablari asosiy o‘rinlarni egallaydi.
O‘smirlar qondagi gemoglabin miqdorini nazorat qilish turishlari maqsadga muvofiqdir, ayniqsa 12–18 yoshli qizlar. Og‘ir sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘smir yigitlar ham yiliga 1 marta gemoglabin miqdorini tekshirib turishlari kerak.
Temir tanqisligi kamqonligining og‘irlik darajalariga qarab ularning taqsimlanishi quyidagicha: qondagi gemoglabin miqdori 90 g\litrgacha bo‘lganlar 9 tani, 90–110gacha 147 tani, 110 – 120 g\l gacha bo‘lganlar 44 tani tashqil etdi (3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |