Temir-uglerod holat diagrammasidagi strukturalar


Download 27.01 Kb.
bet3/3
Sana11.09.2023
Hajmi27.01 Kb.
#1675653
1   2   3
Bog'liq
Temir-uglerod strukturalari

Ledeburit - sementit va austenit evtektik aralashmasi boʻlib, 1147 °C da hosil boʻladi. Harorat 727 °C dan pastga tushsa, sementit bilan perlit aralashmasiga oʻtadi. Tarkibida uglerod 4,3% boʻlib, moʻrt, HB 700 ga teng, oq choʻyan strukturasida boʻladi.



Martensit [nemis metallshunosi A. Martensit (1850 — 1914) nomidan] — 1) poʻlatning tarkibiy qismi; past temperaturali modifikatsiyadagi alfatemirga xos uglerodning oʻta toʻyingan qattiq eritmasidan iborat. Poʻlatni toblash paytida austenitshn hosil boʻladi. M. tuzilishli poʻlat juda mustahkam va qattiq. Metallni boʻshatish yoʻli bilan M.ning plastikligi oshiriladi. M., koʻpincha, temir-uglerodli qotishmalarning asosini tashkil qiladi; 2) kristall qattiq jismlar (toza metallar, metall asosli qattiq qotishmalar) ning asosiy strukturaviy tashkil etuvchisi; past temperaturali polimorf modifikatsiyadan iborat. Ignalar, plastinalar va linzalar shaklidagi ayrim kristallar koʻrinishiga ega. Oʻziga xos fazaviy oʻzgarishlar oqibatida hosil boʻladi.



Sorbit (ingliz olimi G. K. Sorbi nomidan), metallshunoslikda — poʻlat va choʻyan strukturasini tashkil etuvchilardan biri; sementit va ferrit aralashmasi. Sovitilganda yuz beradigan diffuzion oʻzgarishlar natijasida austenitlsh hosil boʻladi. S.ning mikrostrukturasi plastinkasimon (normallash, yaʼni sorbitlash natijasida hosil qilinadi) yoki donador (termik yaxshilash natijasida hosil qilinadi) boʻladi. S. strukturali poʻlatning plastikligi va zarbiy qovushoqligi yuqori, juda mustahkam, shuning uchun mashinalarning koʻpgina detallari, relyelar, bandajlar va boshqa sorbitlanadi.



Troostit (metallurgiyada) — poʻlat va choʻyanning tarkibiy kismlaridan biri. Fransuz olimi L. J. Trust (L.J. Troost; 1825—1911) nomi bilan atalgan. Perlitning yuqori dispersli turi. Austenitning 600° dan past trada parchalanishi natijasida hosil boʻladi. Elektr mikroskop yordamida T.ning plastinali tuzilishda ekanligini koʻrish, optik mikroskopda T.ning yorugʻ martensit sohalari fonidagi qora sohalarni kuzatish mumkin. T.dagi plastinalar orasidagi masofa <0,1 mkm. T.ning kattikligi perlit va sorbitnshtan yuqori.







Download 27.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling