Temir yo’l avtomatik va telemexanika tizimlaridagi datchiklar


Ⅲ bob. 3.Svetoforlar tasnifi


Download 143.35 Kb.
bet3/4
Sana14.05.2023
Hajmi143.35 Kb.
#1462224
1   2   3   4
Bog'liq
Tolmas Tatosh

Ⅲ bob.

3.Svetoforlar tasnifi:


- vazifasi boʻyicha – kirish, chiqish, marshrut, oʻtish, toʻsiq, berkitish, ogohlantiruvchi, takrorlovchi, lokomotiv, manevr, tepalik; bunda bitta svetofor bir nechta vazifani birgalikda bajarishi mumkin: kirish va chiqish, chiqish va manevr, marshrut va chiqish va b.;
- ishlash usuli boʻyicha (avtomat, yarim avtomat);
- ta’qiqlovchi koʻrsatkichdan oʻtish tartibi boʻyicha (absolyut, toʻxtab ruxsat beruvchi, shartli ruxsat beruvchi);
- tuzilishi boʻyicha – machtali va karlik (pakana), shuningdek koʻpriklar va konsollarda oʻrnariladigan;
- optik tizimi qurilmasi boʻyicha – linzali, projektorli va svetodiodli;
- signal koʻrsatkichlarini uzatish boʻyicha – me’yoriy yonuvchi (poyezd holatidan qatʻiy nazar doimiy yonivchi) va me’yoriy yonmaydigan (svetofor oldidagi hududga poyezd harakat tarkibi kirishi bilan ishga tushadi va ushbu hududdan poyezd chiqishi bilan oʻchadi), miltillamaydigan va miltillovchi (davriy 1s yonuvchi va 0,5s oʻchuvchi).
Vazifasi bo‘yicha svetoforlar quyidagilarga bo‘linadi:
kirish – poyezdni peregondan stansiyaga harakatlanishiga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor;
chiqish – poyezdni stansiyadan peregonga jo‘natishga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor;
marshrut – poyezdni stansiyaning bir hududidan boshqasiga harakatlanishiga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor;
manevr – manevr ishlarini amalga oshirishga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor;
o‘tish svetofori – poyezdni bir blok-uchastkadan (peregon o‘rtasidagi post) boshqasiga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor;
yo‘lni berkitish svetofori – temir yo‘lni bir xil sathda boshqa temir yo‘l, tramvay yo‘llari va trolleybus liniyalari, ajraladigan ko‘priklar va uchastkalar bilan kesishish joyini to‘sish uchun ishlatiladi;
to‘suvchi svetofor – pereyezd, katta sun’iy inshootlar va o‘pirilish xavfi bor yerlarda harakat uchun xavf paydo bo‘lganda to‘xtashni talab qiluvchi svetofor, shuningdek stansiyada vagonni nazoratdan o‘tkazish va ta’mirlash uchun harakat tarkibini to‘sishda qo‘llaniladi;
ogohlantiruvchi svetofor – asosiy svetofor (kirish, o‘tish, to‘siq va yo‘lni berkitish svetoforlari) ko‘rsatkichi haqida oldindan ogohlantiruvchi svetofor;
takrorlovchi svetofor – mahalliy sharoit tufayli asosiy svetofor ko‘rinishi ta’minlanmanganda, chiqish, marshrut svetoforlari ruxsat beruvchi ko‘rsatkichi va tepalik svetofori ko‘rsatkichi haqida xabar beruvchi svetofor;
tepalik svetofori – tepalikdan vagonni tushirishga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor;
lokomotiv svetofori – poyezdni peregonning bir blok-uchastkasidan boshqasiga harakatlanishiga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor, shuningdek poyezd yaqinlashayotgan yo‘l svetofori ko‘rsatkichi haqida ogohlantiradi.
Kirish svetoforining koʻrsatkichlarini koʻrib chiqamiz.
Kirish svetoforlari quyidagi signallarni ko‘rsatadi:
− bitta yashil – poyezdni belgilangan tezlik bilan stansiyaning asosiy yo‘li bo‘yicha harakatlanishiga ruxsat beriladi; keying svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq (svetofor ko‘rsatkichi ruxsat beruvchi);
− bitta sariq miltillovchi – poyezdni stansiya asosiy yo‘l bo‘yicha belgilangan tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat beradi; keying svetofor ochiq (svetofor ko‘rsatkichi ruxsat beruvchi) va kamaytirilgan tezlik bilan harakatlanishga ruxsat beradi;
− bitta sariq – poyezdni stansiya asosiy yo‘li bo‘yicha to‘xtashga shay holda harakatlanishiga ruxsat beradi; keying svetofor yopiq (svetofor ko‘rsatkichi ta’qiqlovchi);
ikkita sariq, yuqorisidagi miltillovchi – poyezdni stansiya yon yo‘liga sekinlashgan tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat beradi; keying svetofor ochiq;
− ikkita sariq – poyezdni stansiya yon yo‘liga sekinlashgan tezlik bilan to‘xtashga shay holda harakatlanishiga ruxsat beradi; keyingi svetofor yopiq;
− bitta qizil – To‘xta! Signaldan o‘tish ta’qiqlanadi;
− bitta miltillovchi oydin-oq – poyezdni qizil ko‘rsatkichli (yoki o‘chgan) svetoforda harakatlanishi, keyingi svetoforgacha 20km/s dan oshmagan tezlik bilan alohida xushyorlikda va keyinchalik harakat uchun to‘siq uchrasa darxol to‘xtashga tayyor holda harakatlanishga ruxsar beradi.


Download 143.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling