Temir yo’l avtomatika va telemexanika asoslari
Download 405.15 Kb.
|
2,2-maqola nashirga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
“Temir yo’l avtomatika va telemexanika asoslari” fanida virtual trenajerdan foydalanishning samaradorligi. Virtual trenajer yordamida o’rganish jarayoni. Annotatsiya: Ushbu maqolada virtual trenajer,virtual ta’lim muhiti,masofaviy o’qitishning o’rni va qulayliklari,samaradorligi haqida fikir yuritiladi. Kalit so’zlar: virtual trenajer,virtual ta’lim muhiti,masofaviy o’qitish. Hozirgi kunda zamonaviy ta’lim jarayoni faol o’qitish usullarini ta’minlovchi interaktiv,multimediyaga boy ta’lim resurslaridan foydalanishda yanada samarali bo’lishiga erishildi. Ta’lim resurslari va virtual haqiqat tizimlari ushbu talablarga eng yaxshi tarzda javob beradi. Bunday elektron resurslarga kompyuterdagi real ob’ektlarning xatti-harakatlarini simmulyatsiya qila oladigan virtual trenajerlar misol bo’la oladi.Virtual trenajerlarni yaratish maqsadlaridan biri bu o’rganilayaotgan jarayonlarni har tomonlama vizuallashtirishga intilish va asosiy vazifalardan biri talabani ularning mohiyatini to’liq idrok etish va tushunish imkoniyatini taminlashdir.Virtual trenajerlar ko’rish qobilyatini,interaktivlikni oshirishga,shuningdek,talabalarning bilim va ijodiy faolligini shakillantirishga yordam beradi. Virtual trenajerlarni ,,Temir yo’l avtomatika va telemexanika asoslari’’ fani uchun ishlab chiqish,bu fan ob’yektlari va jarayonlarini simulyatsiya qilishga,haqiqiy laboratoriya uskunalariga kirishni tashkil etishga yordam beradi. “Temir yo’l avtomatika va telemexanika asoslari”fanida virtual trenajerdan foydalanish masofaviy talim shaklida quydagilarga imkon beradi. talabalar uchun qulaylik bilan birga yetarlicha katta qiziqish uyg’otish; o’quv mashg’ulotlari samaradorligini oshirishga hissa qo’shish; darslarga tayyorgarlik ko’rish vaqtini qisqartirish; nazariy bilimlarni amaliyot bilan uzviy bog’lash; dars davomida amaliyotda bajarib bo’lmaydigan tajribalarni namoyish etish; talabalarga individual munosabatni tashkil etish; relelarning statik va dinamik ko’rinishini namoyish etish; tajriba haqiqiy laboratoriya uskunalarining ishlashini simulyatsiya qiladi. Talabada haqiqiy qurulmalar va uskunalar bilan ishlaganlik taassurotini qoldiradi. Talaba turli xil operatsion xususiyatlarni o’rnatish,tegishli qurulmalar (relelar)ni yoqish / o’chirish,boshqarilayotgan qurulmalardan ma’lumotlarni olish va qayta ishlash uchun o’z kompyuterida saqlash imkoniyatini beradi. Mustaqillik va ijodkorlikni rivojlantirish pedagogikaning dalzarb vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda.Ta’limning zamonaviy yo’nalishi insoning harakat qilish va muomala qilishga tayyorligi,o’quvchi bilim faoliyati,o’zining shaxsiy ijtimoiy xolatini namoyish etishi va o’zini o’rganish sub’ekti sifatida namoyon qilishi munkin bo’lgan didaktik va psixologik sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. “Temir yo’l avtomatika va telemexanika asoslari” fanida virtual trenajer afzalliklari. Interaktivlik Ma’lum bir laboratoriyadan mustaqillik (kompyuter mavjud bo’lgan joylarda o’tkazish qobilyati). Ta’lim muassasasi sharoitida ko’paytirish munkin bo’lmagan yoki haqiqatda kuzatilishi mumkin bo’lmagan hodisa va jarayonlarni modellashtirish qobilyati. Internetdan foydalanib masofadan turib vazifalarni bajarish qobilyati. Jarayonlar dinamikasi kompyuter animatsiyasi orqali amalga oshiriladi. 1-rasm. Virtual trenajer yordamida o’quv jarayoni. 1-rasmda virtual trenajer yordamida o’quv jarayonining sxematik diagrammasi ko’rsatilgan.Diagrammada ko’rsatilganidek,kompyuter simulyatori o’quv jarayonini odamlarning bevosita ta’sirisiz amalga oshirishga imkon beradigan dasturiy va texnik vositalar to’plamini o’z ichiga oladi.Virtual trenajerning texnik imkoniyatlari - bu yuqori sifatli kirish / chiqish moslamalari bilan jihozlangan zamonaviy shaxsiy kompyuterdir.Dasturiy taminot matematik asoslangan virtual model bo’lib,u grafik vizualizatsiya tizimini va matn ma’lumotlarini o’z ichiga oladi.Axborotni kiritish va chiqarish jarayoni ishlab chiqilgan algaritim virtual modelning dastur kodi bo’yicha amalga oshadi [1]. O’quv jarayonida o’quvchi kognitiv faoliyatning asosiy bosqichlaridan o’tadi: idrok; bilimlarni to’liq egallash; takrorlash; kasbiy yo’naltirilgan ko’nikmalar olish; diqqatni jamlash. 2-rasm virtual trenajerlarni qo’llash sohalari. 2-rasmda bir nechta katta maydonlarni o’z ichiga olgan virtual trenajerlar doirasi ko’rsatilgan.Virtual trenajerlar an’anaviy o’qitish usulining yana bir kamchiliklaridan biri bo’lgan amaliyot va laboratoriya ishlarining maruzalarga mos holda emas,balki mavjud stendlar nuqtai nazaridan olib borilishini bartaraf etishga imkon beradi. Shuningdek vitual trenajerlar ma’ruza paytida ham namoyish etilishi munkin,yani ma’ruza materiallaridan tashqari. Bu esa nafaqat fan bo’yicha o’rganilayotgan mavzular ketma-ketligiga erishish,balki ma’ruza va amaliyot darslari o’rtasida vaqt to’sig’ini yo’q qiladi,bu esa ta’lim samaradorligi va sifatini oshirishga yordam beradi.Shuning bilan bir qatorda ta’lim jarayonida virtual trenajerlardan foydalanish nafaqat ta’lim sifatini oshirishga,balki muhum moliyaviy resurslarni tejashga,xavfsiz,ekologik toza muhitni yaratishga yordam beradi. Yuqoridagi aytilganlarni barchasini xulosa qilib shuni aytishimiz munkinki,virtual trenajerlardan maruzalarda ham,mustaqil tayorgarlok ko’rishda ham,masofaviy ta’limda ham foydalanish munkin. Ular fanni chuqurroq o’rganishga,temir yo’l avtomatika va telemexanika qurulmalari ishini aniq va ravshan bilishga va ularga amaliyotda texnik xizmat ko’rsata olish imkonini yaratib beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Афанасъев, В.О. Иследования и разработка системы интерактивного наблюдения индуцированной виртуалъной среды (системы виртуалъного присутствия) // Космонавтика и ракетостроение.2001.№20 Truxin A.V. Virtual kompyuter laboratoriyalari turlari // Ochiq masofaviy ta’lim.-2003.№3 D.N. Kudinov T-FLEX dasturiy ta’minot to’plami asosida virtual ishlarni rivojlantirish istiqbollari // Zamonaviy muanmolar fan va ta’lim.-2009.№6 Download 405.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling